Янгиликлар
29
Yoshlarning huquqiy bilimlari oshirildi.
Har bir mamlakatning kelajagi, ertangi kuni, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga, salohiyatiga bevosita bogʻliq. Shu bois yoshlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylanishi, oʻz iqtidor va isteʼdodini namoyon etishi uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida oʻz manfaatlarini mustaqil amalga oshirish yoʻllarini erkin tanlay olish koʻnikmalarini shakllantirishda targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman prokuraturasi bilan hamkorligida tuman tibbiyot texnikumida tashkil etilgan tadbir ana shu maqsadlarni oʻzida ifoda etdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini ”Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz bordi.
Uchrashuv davomida diniy ekstremizm, odam savdosi, korrupsiya singari illatlarning salbiy va ayanchli oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Bu borada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumotlar berildi.
Erkin muloqot maydoniga aylangan tadbirda oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi boshligʻi
Asatullayev Musaxon Neʼmatullayevich