Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

05

PREZIDENT HUJJATLARI HAYOTDA, IJROSI ADLIYA NAZORATIDA


“27 yil davomida odamlar uchun uy-joylar qurilmagani juda katta muammolarning yigʻilishiga sabab boʻlgan. Odamlarning uy olishga imkoniyati boʻlmagan. Bizda qurilish industriyasi ham yoʻqolib ketgandi.

Biz odamlarning mana shu ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun eng ogʻir inqirozli yildan chiqsak ham ipoteka, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish uchun 31,5 trln soʻm mablagʻ, yaʼni 3 mlrd 50 mln AQSH dollari ajratyapmiz. Faqat bu katta mablagʻ ehtiyojlar oʻrganilgan holda, loyiha asosida odamlar hayotini yaxshilash uchun halol, pok yetkazilishi kerak.

Eng muhimi, bu mablagʻlar tashqi qarzimiz koʻpaymagan holda ajratilyapti.”

Sh. M. Mirziyoyev

Hozir uy-joyga talab yuqoriligiga sabablardan biri mentalitetimiz bilan bogʻliq: serfarzandmiz, ular tez ulgʻayishadi va ularni uy-joy bilan taʼminlashni oʻylaymiz. Bunday oʻylab qarasak, chet davlatlarda hammaning ham oʻzining shaxsiy uyi yoʻq. Ular koʻproq ijarada yashashadi. Ijara tizimi ham ularda yaxshi rivojlangan. Bizda ijara tushunchasi sal boshqacharoq. Hamma “oʻz uy-joyim boʻlsin”, deydi. Uy-joy butun dunyoda qimmat. Chet davlatda koʻpchilik topayotgan mablagʻiga qarab, ijarada yashaydi va undan orttirganini uy sotib olib pulni muzlatgandan koʻra, biznes qiladi yoki bankka qoʻyib, pulini aylantiradi. Chunki uyga juda katta mablagʻ ketib qoladi. Ular ijarada yashaganda ham nimadir toʻgʻri kelmay qoldimi, ijara joyini oʻzgartiraveradi.

Bir uyda koʻp oila yashaganda mojaro kelib chiqmoqda. Ilgari, koʻp oilalar serfarzand, aka-ukalar hozirgidek bir-biri bilan ajrimgacha olib keladigan darajada urishib yoki boshqa koʻngilsiz voqealar kam sodir boʻlardi. Hozir, aholi ham ish bilan taʼminlanib, ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Shundan kelib chiqib, uy-joyga talab oshib bormoqda. Ipoteka soʻrashmoqda yoki mablagʻi borlar uy sotib olishmoqda. Toshkent shahri ulkan qurilish maydoniga aylangan. Nafaqat poytaxt balki butun respublika viloyatlari, tuman markazlari ham shunday, koʻp uylar qurilmoqda. Bunga sabab—uy-joyga talab oshgani va juda koʻp tadbirkorlar qurilish sohasiga kirib, oʻz biznesini rivojlantiryapti».
Shu bois, 2021-yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–6186-son Farmoni imzolandi.
Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida koʻp kvartirali uy-joylar quriladi.
Farmon bilan 2021-yilda yangi tartib doirasida:
respublika boʻyicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;
qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat koʻp qavatli arzon uy-joylar;
fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat koʻp qavatli uy-joylar quriladi.
Shuningdek, 2021-yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng koʻp miqdori tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida joriy etilgan edi).
Bunda:
kreditlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiyaqilish) uchun ajratiladi;
kreditlar ipoteka kreditining eng koʻp miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) muddatga ajratiladi;
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki 5 yilmobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi;
subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiyaqilingan) yakkatartibdagi uy joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab toʻlanadi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-iyundan boshlab ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar toʻlashning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi.

Unga muvofiq:fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin;
subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin;
subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali olish mumkin boʻlgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) talab qilish man etiladi;
uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylar sotib olinadi (1 000 ta kvartira).

2021-yil 1-iyundan Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 6 oy davomida oylik ijara toʻlovining 50 foizi miqdorida, biroq BHMning ikki yarim baravaridan oshmagan holda oylik pul kompensatsiyasini toʻlash tartibi joriy qilinadi.

Farmonga koʻra, ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida “Xalqparvar” komissiyalari tashkil etiladi.

Shuningdek, 2021-yil 1-maygacha aholiga qulay shaklda maʼlumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi.

Farmonga koʻra, uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida 2021-yil 1-apreldan yangi tartib doirasida:

koʻp kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida massiv shaklida quriladi;
uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun moʻljallangan sement hamda metall prokati boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;
2021-yil 1-oktyabrgacha sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

Shu bilan birga 2021-yil 1-maygacha yakka tartibdagi uy-joylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtirilishi koʻzda tutilgan.

Albatta, vazifa yuklatilgan masʼullar ushbu hujjatning ijrosini halol va pok, adolatli taʼminlasa, ehtiyojmand oilalarning ehtiyoji qondirilgan, Davlat Rahbarining yuqorida taʼkidlagan soʻzlari oʻz isbotini topgan boʻlar edi. 

Oʻlmas ABDIYEV
Mirzachoʻl tuman adliya
boʻlimi boshligʻi