Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

16

Adliya aralashgach fuqaroning murojaati hal etildi.


Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tumandagi A.Navoiy MFY, Gʻishtkoʻprik koʻchasi 46-uyda yashovchi fuqaro T.Raximovning elektr energiyasi uchun toʻlangan toʻlovlar abanent xisob raqamiga tushirilmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati kelib tushgan.

Murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida, fuqaro T.Raximovning turmush oʻrtogʻi S.Raximova aynan shu masalada 2020-yilda Doʻstlik tuman elektr taʼminoti korxonasi qilgan murojaati tashkilot tomonidan oʻrganilganda fuqaroning elektr energiyasi uchun toʻlagan toʻlovlari PK “Elektrhisob” dasturiga notoʻgʻri xatlov qilinishi natijasida 3597 kVt kam kiritilganligi aniqlangan boʻlib, avgust oyida xatlov qilish yoʻli bilan toʻgʻirlab berilishi fuqaroga tushintirilgan.

 Biroq, avgust oyida toʻgʻirlab berilmaganligi sababli T.Raximov dekabr oyida ushbu masala yuzasidan murojaat qiladi. Murojaat Doʻstlik tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 2016-2017-yillarda toʻlagan toʻlov pattalari PK “Elektrhisob” dasturiga texnik sabablarga koʻra kiritilmaganligi aniqlandi.

 Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan mazkur holatlarni bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadadi taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma natijasi boʻyicha fuqaro T.Raximovning PK “Elektrhisob” dasturiga kiritilmay qolgan toʻlov pattalarini dasturga kiritilishi hamda qaytadan xisob-kitob ishlari amalga oshirilib, murojaat toʻliq qanoatlantirildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi