Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

19

Ta'lim turizmi tashkil etildi.


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Jizzax yuridik tehnikum talabalar uchun Toshkent davlat yuridik universitetiga sayohat uyushtirildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi tehnikum talabalarini universitet faoliyati bilan tanishtirish orqali oliy o'quv yurtlarida o'qishni davom ettirishga bo'lgan qiziqishini rivojlantirishdir.

Dastlab universitetning mas'ul xodimlari universitet tarixi, universitetning tashkiliy tuzilishi, tehnikum talabalariga beriladigan imtiyozlar to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi. Ular uchun universitetning tajribali o'qituvchilari tomonidan maxsus dars tashkil etildi.

Shuningdek, talabalar Yuridik Universitet faoliyati bilan tanishdilar.

Talabalar Axborot-resurs markazi bilan tanishdi. XIX arr oxiri ХХ asr boshlariga doir Yurisprudensiya yunalishiga oid nodir adabiyotlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

Bundan tashqari, talabalar yuridik klinika faoliyati bilan tanishdilar. Bunda fuqarolar bilan ishlash haqidagi ko'nikmalarini yanada mustahkamladi. Shu bilan birga tehnikum talabalari universitetning qator imkoniyatlari, sharoitlari bilan tanishib chiqishdi.

Талабалар uchun “Tikansiz tipratikanlar” spektakli namoyish etildi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ta'lim turizmi" talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi