Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

21

Deputatlar tomonidan Forish tuman adliya boʻlimining axboroti tinglandi.


Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Forish tuman adliya boʻlimi tomonidan olib borilgan huquqiy targʻibot va maʼrifat ishlarining ahvoli, qonun hujjatlarini tarqatish hamda ijrochilarga yetkazish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish ishlari boʻyicha 2021-yil 1 chorak mobaynidagi faoliyati yuzasidan tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sherzod Ermatov deputatlarga axborot berdi.

Boʻlimning 2021-yilga moʻljallangan ish rejasi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasidan kelgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi tashkilotlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi jarayonida aniqlangan 2600 dan ortiq qonunbuzilish holatlari, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi salbiy omillar, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha 14 ta taqdimnoma, turli tashkilot va muassasalarga 106 ta ogohnomalar, fuqarolarning manfaatida Forish tuman iqtisodiy sudiga 5 ta daʼvo ariza kiritilishi taʼminlandi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 26 nafar xodimlarga intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. 

Boʻlim tomonidan 2021-yil 1-chorakda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillaridan jami 80 ta murojaatlar qabul qilingan boʻlib, shundan 15 tasi qanoatlantirilgan, 23 ta murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 7 ta murojaatlar vakolatli tashkilotlarga taalluqliligi boʻyicha hal etish uchun yuborildi. Chorak oxirida sayyor qabullarda qabul qilingan, shuningdek qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan murojaatlar 2-chorakka qoldiq boʻlib oʻtgan.

Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish hamda fuqarolarning soʻrovlari natijasida aniqlangan huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tuman adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil 1-chorakda 8 ta takliflar berildi.