Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

22

Tadbirkorga adliya aralashuvi bilan 81.000.000 soʻm zarar undirildi.


Zafarobod tuman adliya boʻlimiga Zafarobod tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Shaxriniso Zilola dizayn” oilaviy korxonasi raxbari Z.Turdiqulova  oldi-sotdi shartnomasiga koʻra koʻrsatilgan xizmatlar uchun Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimidan 81.000.000 soʻm pul mablagʻini undirib ololmayotganligi, ushbu mablagʻni undirib berish boʻyicha amaliy yordam berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat tuman adliya boʻlimi tomonidan tegishli tartibda oʻrganib chiqildi va oʻrganish jarayonida Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qonun xujjatlarining buzilishi, ularning sabablarini va belgilangan qarzdorlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Belgilangan muddatlarda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, tuman adliya boʻlimi tomonidan “Shaxriniso Zilola dizayn” oilaviy korxonasi manfaatida javobgar Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga nisbatan Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudiga “yetkazilgan zararni undirish boʻyicha” daʼvo arizasi kiritildi. 

Joriy yilning 06-aprel kungi Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan oʻtkazilgan sud muhokamasida daʼvo arizasi toʻliq qanoatlantirildi va jaʼvobgar Zafarobod tuman maktabgacha taʼlim boʻlimidan daʼvogar “Shaxriniso Zilola dizayn” oilaviy korxonasi foydasiga 81.000.000 soʻm zarar undirildi.

Zafarobod tuman adliya boʻlimi 
bosh maslahatchisi X.Norxoʻjayev