Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

23

Arnasoy tumani Bobur MFYda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni vakillarini sayyor qabuli oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish boʻyicha 

2021-yil 1-yarim yillik uchun tasdiqlangan rejasiga asosan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari E.Maxammadiyev tomonidan 2021-yil 20-aprel kuni Arnasoy tumani Bobur MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.

Murojaat boʻyicha Arnasoy tuman adliya boʻlimiga barcha vajlarni fuqaroning ishtirokida oʻrganib chiqish boʻyicha topshiriq berildi.

Bundan tashqari, sayyor qabul vaqtida fuqarolarga bepul yuridik va davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda murojaat qilish tartibi, jumladan ishonch telefonlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish usullari toʻgʻrisida va ularni qiziqtirgan boshqa savollari yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berildi va 11 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.