Янгиликлар
27
Sayyor qabullar davom etmoqda...
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Zomin tumani Paxtakor MFY va Baxt MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish boʻyicha 2021-yil 1-yarim yillik uchun tasdiqlangan rejasiga asosan Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ergashev tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Zomin tumani Paxtakor MFY va Baxt MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilindi.
Qabul vaqtida Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi xodimi, tuman Gaz taʼminoti xodimi, Xalq banki xodimi, tuman Paxtakor va Baxt MFY raislari va boshqa tashkilot xodimlarining ishtiroki taʼminlanib, murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan masalalariga toʻliq javob qaytarish uchun sharoit yaratildi va muammolarni hal qilib berish choralari koʻrildi.
Murojaat qilgan fuqarolarning 3 nafariga joyida tushuntirish berilib, 13 nafari ijro uchun ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, sayyor qabul vaqtida fuqarolarga bepul yuridik va davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda murojaat qilish tartibi, jumladan ishonch telefonlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish usullari toʻgʻrisida va ularni qiziqtirgan boshqa savollari yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tushuntirishlar berildi.