Янгиликлар
28
Xodim nohaq ishdan boʻshatildimi?
Fuqarolar huquqlari tiklanmoqda...
Respublikamizda soʻnggi yillarda ishsizlikka barham berish, ishsiz fuqarolarni bandligini taminlash, ularning sonini kamaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nechogʻlik samara berayotganligi birgina fuqarolar tomonidan berilgan arizalar natijasi misolida koʻrishimiz mumkin. Xususan, joriy yilnig 2-mart kuni fuqaro Z.Qarshiyev bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishida mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinmaganligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga shikoyat qilinishiga sabab boʻldi. Murojaat yuzasidan, “Inson xuquqlarini himoya qilish” boʻlimi tomonidan shikoyatda keltirilgan vajlar tegishli tartibda oʻrganib chiqildi. Oʻrganish jarayonida fuqaro haqiqatdan ham Jizzax viloyat musiqali drama teatri ish beruvchisi tomonidan boʻshatilganligi malum boʻldi. Aniqlanishicha, viloyat musiqali drama teatri kasaba uyushmasining 2021-yil 21-yanvar kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida Z.Qarshiyev bilan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi koʻrib chiqilib, xodimning malakasi yetarli emasligi toʻgʻrisida xulosa qilingan.Vaxolanki, bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 100-moddasi 2 qismida koʻrsatilgan tartibda hamda 102-modda 2-qismiga koʻra xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligida ish beruvchi tomonidan 2 hafta oldin ogohlantirilishi yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuviga binoan ushbu modda birinchi qismining 1 va 2 bandalrida nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi lozimligi qayd qilingan. Holat boʻyicha, xodimga nisbatan ishdan boʻshashi haqida ogohlantirish berilmaganligi, shuningdek, xodim tomonidan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozilmaganligi qolaversa, mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi pochta orqali yuborilganligi malum boʻldi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oʻtgan oyning 27-mart kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatri nomiga qonun xujjatlari buzilishi, ularning sabablari va unga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilishiga olib keldi. Ushbu taqdimnoma viloyat musiqali drama teatrining 2021-yil 1-aprel kungi umumiy yigʻilishida muhokama qilinib, teatr direktorining fuqaro Z.Qarshiyevni ishdan ozod etish boʻyicha 2021-yil 28-yanvardagi 14k-sonli buyrugʻi bekor qilinib, Z.Qarshiyev lavozimiga tiklanganligi va qonun buzilish holatlariga yul qoʻygan aybdor shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi taminlandi. Hulosa oʻrnida aytish mumkinki, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash, himoya qilish ularning qonuniy manfaatlarini taminlash vakolatiga ega boʻlgan har bir davlat organi tomonidan qattiy nazorat qilib borilishi shart.