Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

07

Baxmal tumanida 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.


Bugun, tuman  hokimligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, oʻquvchi-yoshlar va keng jamoatchilik jam boʻlib, Motamsaro ona monumenti poyiga gullar qoʻyishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Musa Anarbayev barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz faxrimiz ekanligini taʼkidladi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.