Янгиликлар
13
Ustama pullari to'landi
Baxmal tumani “Qutlug‘obod” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Jo‘rayev Baxmal tuman SEO va JS bo‘limida sanitariya vrach yordamchi xodimi lavozimida ishlab kelayotganligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yildagi 276-sonli qaroriga muvofiq ish haqqiga 15 foiz ustama pullari to‘langanligi biroq, 2022-yil noyabr oyidan boshlab oylik ish haqqiga ustama pullari qo‘shib berilmayotganligidan norozi bo‘lib, ustama pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi va yana bir qancha qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xususan tuman SEO va JS sanitariya bo‘limida faoliyat olib kelayotgan yana 11 nafar xodimlarning ham oylik ish haqqiga belgilangan miqdorda ustama pullari 2022-yil noyabr oyidan buyon to‘lanmasdan kelingan.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida tuman SEO va JS bosh xisobchisi U.Meliboyevdan so‘ralganda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yildagi 276-sonli qaroriga muvofiq tuman SEO va JS sanitariya bo‘limida faoliyat olib kelayotgan jami 12 nafar xodimlaring oylik ish haqqiga belgilangan tartibda ustama pullari to‘lab kelinganligi, biroq O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Jizzax viloyat boshqarmasining 18.11.2022-yildagi 17/3244-sonli topshiriq xatiga asosan tuman SEO va JS sanitariya bo‘limida faoliyat olib kelayotgan 12 nafar xodimlarning 2022-yil noyabr-dekabr oylari uchun jami 9.071.264 so‘m miqdorda oylik ish haqiga ustama pullari ajratish to‘xtatilganligini o‘z tushuntirish xatida ma’lum qilgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlardan kelib chiqib Baxmal tuman SEO va JS bo‘limiga adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnomaga asosan xodimlarning to‘lanmay kelinayotgan ustama pullari to‘lib berilishiga erishildi.
Nabi Qodirov
Baxmal tuman adliya bo‘lim boshlig'i