Янгиликлар
14
Harbiy xizmatchilarga imtiyozlar
Baxmal tumani Adlyai bo‘limi xodimlari tomonidan 9255-sonli harbiy qismda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga qanday imtiyozlar bor?” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur muhim sana oldidan yurt tinchligi yo‘lida sharafli xizmatni ado etayotgan harbiy xizmatchilar bayram bilan tabriklanib, ular uchun qonunchilikda belgilangan ayrim imtiyozlar xaqida to‘xtalib o‘tildi.
Targ‘ibot davomida harbiy xizmatchilarga “Oliy ta’limga beriladigan tavsiyalar”, “Oilasiga imtiyozlar”, “Ko‘p muddat xizmat qilganlik uchun ta’tillar imtiyozlar”, “Bepul tibbiy ta’minot”, “Boshlang‘ich badalsiz ipoteka krediti” va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida harbiy xizmatchilarning vaqtincha yashash uchun ijara shartlari, farzandarini bog‘chalarga navbatsiz qabul qilish, farzandarining o‘qishini ko‘chirish kabi va boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha savol-javoblar o'tkazildi.
Baxmal tumani Adliya bo‘limi