Янгиликлар
18
"E-qaror" tizimi amalda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yildagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son qaroriga asosan Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Shunga asosan, mazkur qaror ijrosini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni ZOOM platformasi orqali hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinishi bo‘yicha tizimdagi idoralar va keng jamoatchilikka (tashkilot xodimlari, jurnalist va blogerlar) tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi J.Karimov hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimida e’lon qilinish tartibini batafsil tushuntirib berish bilan birga davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga o‘tish uchun qilinayotgan say-harakatlar haqida ham ma'lumot berdi.