Янгиликлар
19
FORISH TUMAN HOKIMLIGIDA PREZIDENTIMIZ FARMON VA QARORLARI IJROSI YUZASIDAN O'QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
Forish tuman hokimligi katta majlislar zalida Forish tuman Adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni va “O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-447-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushintirish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarni tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Temur Bozorbekov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Seminarga tuman hokimligi mutaxassislari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari taklif etildi. Seminarda tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Begzod Turopov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-269-sonli Farmoni va “O'zbekiston ma'muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ 447-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil so'z yuritdi.