Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

20

Adliya aralashuvi bilan...


Baxmal tumani "Yangibog’" MFY Loyqa qishlog’ida yashovchi fuqaro O.Norqulova tuman adliya bo'limiga murojaat qilib, xonodoniga elektr tokini o‘tkazish uchun tuman elektr ta’minoti korxonasiga tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan holda elektr hisoblagichni sotib olganligi, biroq shu kunga qadar TETK xodimlari xonodonini elektr tarmog‘iga ulab bermayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu muamoni hal etishda amaliy yordam so‘ragan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2021-yildagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 555-sonli qarorga asosan hududiy elektr ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzilganligi, unga ko‘ra yashash xonodoniga  elektr hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lib, biroq xonodonni tarmoqqa ulash uchun kerakli jihozlar bo‘lmaganligi sababli ulanmasdan qolganligi ma’lum bo’ldi.

Tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan Baxmal TETK mutaxassislari ishtirokida fuqaroning xonadoni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlanlandi.