Янгиликлар
25
#ADLIYA_ARALASHGACH...
Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro K.Olimovning tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan noreal qarzdorlik hisoblanganligi va ushbu qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam berishni so‘rab, qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisobkitoblar tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda hisob-kitob davri – kalendar oyi ekanligi va uning doirasida gaz yetkazish hajmi belgilanishi hamda yetkazib berilgan gaz uchun yetkazib beruvchi bilan tabiiy gaz iste’molchisi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerakligi ko‘rsatilgan.
Biroq, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro K.Olimovning shaxsiy hisob raqamiga “Billingaz” dasturi orqali 12.794 m3 yani, 4 mln 861ming 932 so‘m asossiz qarzdorlik kiritganligi ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, O’rganish davomida, fuqaro K.Olimov tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganda 432 ming 880 so‘m qarzdorlik mavjud ekanligi aniqlandi.
Tuman adliya bo’limi aralashuvi bilan tuman “Sharof Rashidovtumangaz” tomonidan fuqaroga nibatan ortiqcha hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.