Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

24

Yuzma-yuz muloqotlar muammolar yechim


Boshqarma boshlig’i tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-yarim yilligi uchun boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning 24-yanvar kuni Baxmal tumani, Oqtosh mahallasida boshqarma boshlig’i o’rinbosari B.Pirxalov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.

Qabulda ishtirok etgan 30 nafardan ortiq fuqarolarning 15 nafaridan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal qilindi.

6 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 6 nafar fuqarolarning murojaatlari ko’rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Bundan tashqari, sayyor qabul davomida o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–447-son qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

/Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi/