Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

23

#Matbuot_anjumani


Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yangi O'zbekistonda ma'muriy islohotlar jarayoni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur sohada qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalar, yangiliklar va o'zgarishlar tizim xodimlari tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi.

Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab ayni paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar, uning natijasida kuzatilayotgan o'zgarishlar, pirovard natijalar tahlil qilindi.

Boshqaruvni ixchamlashtirish orqali sifatli va samarali faoliyat bosh maqsad qilib olingan bugungi o'zgarishlarning bari inson qadri, xalq farovonligi, yashash sifatini oshirish bilan bog'liq ekanligi ta'kidlandi. Vazifa va funksiyalari bir-biriga yaqin, takrorlanuvchi yo'nalishlarning yaxlit tizim sifatida shakillantirilishi, shu orqali natijador faoliyat mexanizmlarini yaratish jarayonlarning dastlabki amaliy ifodasi bo'lmoqda.

Tadbir davomida bunday ma'muriy islohotlar 2022-yilda adliya tizimida ham kuzatilganligi, bu borada yana bir yangilik sifatida "E qaror" elektron tizimi orqali idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarning qabul qilinishi yo'lga qo'yilganligi haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Qizg'in muhokama, savol-javoblarga boy bo'lgan uchrashuvda jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan asosli javoblar qaytarildi. Ma'muriy islohotlar barchamizning hayotimizda, mehnat faoliyatimizda o'z aksini topadigan o'zgarishlarni, yangiliklarni va albatta imkoniyatlarni olib keladigan jarayonlardir. Shu sabab bu borada barchamiz yetarli darajada huquqiy va siyosiy bilimlarga ega bo'lishimiz lozim.