Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

25

#mamuriy _islohot


Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 12-sonli umumta’lim maktab binosida Yangiobod SHFY hududida yashovchi fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli Farmoni va “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  
447-sonli Qarorining mazmun mohiyati va ahamiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.

Shuningdek, seminarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hamda O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisining yangi tahriri yuzasidan ham fuqarolarga ma'ruzalar qilindi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.