Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

26

Adliya aralashgach...


Yangiobod tuman adliya bo’limiga H.Mamarasulov va I.Mamurboyev murojaat qilib, 2021-yil aprel oyidan buyon Yangiobod tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qorovul bo’lib ishlab kelayotganligini, 2022-yil dekabr oyida esa boshqa xodimning mehnatga layoqatsizlik ta’tiliga chiqishi munosabati bilan uning vazifasi bu ikki xodimga yuklanganligi va ushbu qo’shimcha ish uchun ish haqi to’lab berilmaganligini ta’kidlab, amaliy yordam so’ragan.

Adliya bo’limi tomonidan murojaat yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo’limida o’rganish o’tkazildi.

Tuman adliya bo’limi maktabgacha ta’lim bo’limiga taqdimnoma kiritdi va xodimlarga jami 920 000 so’m ish haqlari to’lab berilishi ta’minlandi.