Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

04

Adliya aralashgach...


Malumki, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini  himoya qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Shunga ko‘ra, Do‘stlik tuman adliya bo‘limiga tumandagi xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlab kelayotgan 6 nafar xodimlarning “1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ularga mukofot pullari belgilangan bo‘lsa-da, biroq hanuzgacha olmaganliklaridan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari bo‘lim tomonidan ish yurituviga olindi.

O‘rganish natijasida, murojaatchi fuqarolar Do‘stlik tuman XTBga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlab kelayotganliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandiga asosan tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabining direktor jamg‘armasi hisobidan joriy yilning 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida bir martalik mukofot tayinlanganligi, biroq ushbu mukofot pullarini olmaganliklari aniqlanib, Tuman xalq ta’lim bo‘limiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritildi.

Natijada adliya aralashuvi bilan fuqarolarga 16 million 850 ming miqdoridagi to‘lanmay kelgan mukofot pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.