Янгиликлар
08
YANVAR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Jizzax viloyat adliya boshqarmasida 2023-yilning yanvar oyi uchun Huquqiy targ'ibot va ma`rifat bo'limi boshlig'i Karimov Jahongir Malik o'g'li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Ma'lumot uchun, Karimov Jahongir Malik o'g'li–1992-yilda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 2017-yil Toshkent davlat yuridik universitetining Yurisprudensiya yo'nalishini tamomlagan.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Karimov Jahongir Malik o'g'lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi