Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

08

Adliya aralashgach...


Paxtakor tuman “Doʻstlik” MFYda yashovchi fuqaro K.Oʻrinova 2014-yil 1-avgustda vafot etgan farzandi R.Zeripovning oʻlim guvohnomasini olish uchun 8 yildan buyon ovora boʻlib yurganligi, oʻlim xaqidagi tibbiy malumotnomasini yoʻqolganligini bayon etib, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani tibbiyot muassasasidan oʻlim xaqida tibbiy malumotnomani olib berishda amaliy yordam soʻrab murojat qilgan.

Fuqaro K.Oʻrinova murojati asosida tuman adliya boʻlimi tomonidan Qoraqolpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga murojaatchi oʻgʻlining oʻlimi xaqida tibbiy maʼlumotnoma berishni soʻrab murojat qilindi va murojaatga asosan oʻlim xaqida tibbiy maʼlumotnoma olib berilishi taʼminlandi.
Mazkur hujjat asosida Paxtakor tumani FXDY boʻlimi tomonidan oʻlim xaqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berilib, fuqaroning 8 yildan buyon hal etilmagan muommosi oʻz yechimini topdi.