Янгиликлар
08
#Sayyor_qabul
Arnasoy tuman "Oltin vodiy" MFYda adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari E.Muhammadiyev tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 70 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolari bilan murojaat qilishdi.
Murojaatlar mazmunidan kelib chiqib joyida tegishli tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilib, 15 ta murojaat oʼrganish talab etilishi sababli ish yurituviga olindi.
Shu bilan birga tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan hududdagi yirik tikuv sexida sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlandi.