Янгиликлар
08
Intellektual mulk ob'ektlari davlat himoyasida
Jizzax shaxar davlat xizmatlari markazida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi xamkorlikda "Intellektual mulk ob'ektlarini roʼyxatdan oʼtkazish va ulardan qonuniy foydalanish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Ushbu davra suhbatida Jizzax shahar soliq qo'mitasi, Jizzax viloyat kadastr agentligi, Jizzax viloyat davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi bir qator tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida mas'ul hodimlar tomonidan Intellektual mulk ob'ektlarini roʼyxatdan oʼtkazish va ulardan qonuniy foydalanish, brendlar, kontrafakt maxsulotlarni original maxsulotlardan ajratish bo'yicha to'liq tushunchalar berildi hamda tinglovchilarga so'rovnomalar va tarqatma materiallar tarqatildi.
Davra suhbati so'ngida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga mas'ul hodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.