Янгиликлар
09
Adliya aralashgach muammo hal bo'ldi
Mirzacho’l tumani "G’alaba" MFYda yashovchi fuqaro G.Oblaqulova 2021-2022-o’quv yilida amalda 11 soat dars o’tganiga qaramasdan shu o’quv yili davomida 7 dars soati uchun oylik ish haqi to’lab kelingan. Shuningdek, 2021-2022-o’quv yili uchun avgust oyida mehnat ta’tiliga chiqqan va mehnat ta’tili pullari ham 7 dars soati uchun to’langan.
Fuqaroning murojaati asosida Mirzacho’l tuman adliya bo’limi tomonidan tumandagi XTBga qarashli 2-umumta’lim maktabi direktoridan tushuntirish xati olindi va to’lanmay qolgan ish haqlarini to’lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Adliya bo’limining taqdimnomasiga asosan 30.01.2022-yil holatiga fuqaroga 3 200 000 (uch million ikki yuz ming) so’m to’lanmay qolgan ish haqlari to’lab berildi.