Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

10

Davlat xizmatlari markazlari: Sifat va samaradorlik asosiy maqsad


Zomin tuman DXM zamonaviy ko’rinishda bo’lib, tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega. Markaz xodimlari aholiga tezkor, qulay, shaffof xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Fuqarolar bugungi kunda markazlar tomonidan 175 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanib kelmoqda.

Zomin tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir kunda oʻrtacha 80-100 nafar fuqaroga davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Yana bir eʼtiborli jihati, bu yerda tashrif buyuruvchilarning navbat kutish davomida vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida kafetery va kichik kutubxona tashkil qilingan. Shu bilan birga xorijga chiquvchi fuqarolar uchun xorijiy biometrik pasportini rasmiylashtirish xizmati ham yo’lga qo’yilgan. Bu aholiga davlat xizmatlarini qulay shakllarda va samarali koʻrsatish koʻlamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2022 yil davomidan 23.650 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi va qushimcha tadbirkorlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq 1500 dan ortiq xizmatlar kursatilgan. Bundan tashqari tumanga tutash Dashtabod shahar va Peshogor QFY hududlarida DXM filliallari 2 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Tashrif beruvchilar soni va ko’rsatilayotgan xizmat turlari kundan kun ortib bormoqda.