Янгиликлар
14
Buyuk ajdodlarning munosib vorislarimiz
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda turli madaniy va maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Buyuk davlat arbobi Boburning bosib oʻtgan hayot yoʻli barchaga oʻrnakdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning adabiy merosi oʻzbek xalqi uchun bebahodir.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Rahimov talabalarni mana shunday ajoyib kun bilan tabriklab, oʻzining ham talabalik chogʻlarini esga olar ekan, ilm yoʻlidagi izlanishlari, adabiyotga boʻlgan qiziqishi, komil inson boʻlib yetishish uchun albatta Bobur, Alisher Navoiy asarlarini oʻqish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
Shu bilan birga tadbir davomida universitet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sheʼru qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.
Jizzax viloyati yudik texnikumida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Bobur nazm gulshanining bog’boni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimi Dildora Jo’raboyeva ishtirok e’tib, Bobur hayoti va ijodi hamda ma’naviy merosi haqida gapirib o’tdi.
Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari tomonidan Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, o’quvchilar tomonidan g’azallar, ruboiylar aytildi.
Shu bilan birga texnikum o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining navbatdagi turi bo’lib o’tdi. O'yinda 7 nafar jamoa o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Tadbir mehmoni intelektual o’yinining shaffof, adolatli o’tishini nazorat qilib bordi. “Zakovat” intellektual o’yinining ushbu turida bilimdonlar uchun mutafakkir hayoti va ijodidan savollar shakllantirildi.
Musobaqa yakuniy natijasiga ko’ra:
1-o’rin “Idrok” jamoasi.
2-o’rin Sud huquqiy faoliyat 13/22-guruh o’quvchilari
3-o’rin Davlat huquqiy faoliyati 10/22-guruh o'quvchilari qo'lga kiritishdi.