Янгиликлар
17
Adliyaga rahmat!
Fuqaro Sh.Bobomurodov 1963-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan, taqdir taqozasi bilan Jizzax viloyati Zafarobod tumaniga koʻchib kelgan. Oradan shuncha vaqt oʻtgan boʻlsada fuqaro tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olmagan. Ushbu holat unga fuqarolik pasportini olishda, qonuniy nikohdan oʻtishda va boshqa koʻplab masalalarni bajarishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgan edi.
Ushbu masala yuzasidan juda koʻp marotaba tugʻilgan joyi Nurota tumaniga borib, gohida Zafarobod tumanidagi turli idoralarga borgan boʻlsada, ishlari samarali yakunlanmagan edi. Fuqaro yashayotgan mahallasidagi qoʻni-qoʻshnilaridan "Tumandagi adliya idorasiga borib uchrashing, ushbu idora yordam beradi” degan masdahatni oladi va mazkur muammo yuzasidan tuman adliya boʻlimiga murojaat qiladi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaroning arizasi asosida xujjatlar toʻplanib, Sh.Bobomurodov manfaatida fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudiga “tugʻilganlik faktini belgilash” toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritildi. Daʼvo arizasi sud tomonidan toʻliq qanoatlantirildi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan Zafarobod tuman adliya boʻlimi FHDY tomonidan fuqaro Bobomurodov Shirin Qodirovichga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtirib berildi. Mazkur hujjatni qabul qilib olish jarayonida shuncha yillik muammosi tez va oson hal etilganidan xursandligini, bunga sabab boʻlgan adliya xodimlariga oʻz minnatdorchiligini va rahmatini aytdi.