Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

18

Adliya insonlar taqdiriga befarq еmas


Forish tumani Osmonsoy MFYda yashovchi fuqaro Bobir Baybutayev 1990-yil 27-noyabrdan 1999-yil 1-oktyabrga qadar Uchquloch ruda konida Belaz-548,7509 avtomobili haydovchisi lavozimida ishlaganligi, 57 yoshga to’lganligi, zararli kasb va lavozimlarda ishlagan bo’lsada pensiya tayinlanmaganligini ma’lum qilib, amaliy yordam berish to’grisda Forish tuman adliya bo’limiga murojaat qilgan.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha Byudjetdan tashqari pensiya jamga’rmasi Forish  tuman bo’limi B.Baybutayevni Uchquloch ruda konida ishlagan vaqtida ish o’rinlari attestatsiyadan o’tkazilmaganligi uchun imtiyozli ravishda pensiya tayinlashni rad etgan.

Adliya bo’limi tomonidan B.Baybutayevning murojaati atroflicha o’rganilib, uning manfaatida Fuqarolik ishlari bo’yicha Forish tuman sudiga zararli mehnat sharoitida ishlaganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritilgan va ariza sud tomonidan to’liq qanoatlantirildi. Endilikda fuqaro B.Baybutayevda imtiyozli ravishda pensiyaga chiqish huquqi yuzaga keldi.