Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Янгиликлар

28

Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart sharoitlarni bartaraf etish


Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart sharoitlarni bartaraf etish

       

           Hurmatli Prezidentimiz joriy yilning 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilganligini, unda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berib, kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab berganligni, unga ko‘ra, ya’ni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini ta’kidlab, “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlashligi, Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat berishligi, Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanishi” to‘g‘risida fikr yuritib o‘tganligi alohida ta’kidlab o‘tdi.

           Yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi.

           Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va agentlik tashkil qilindi.

           Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotgani qayd etildi.

           Ilgari bu mavzu jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq edi. Hozirgi vaqtda mavjud holat ochiqlik va shaffoflik tomonga butunlay o‘zgardi.

           Ochiqlik bo‘yicha xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning o‘rni 138 pog‘onaga yaxshilanib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 30-o‘ringa ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

           O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham hurmatli Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tiborni beshta ustuvor yo‘nalishga qaratib, ulardan biri sifatida korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish masalasini davlat siyosati darajasida mustahkamlab qo‘ygandilar.

           Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.

– Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

           Shu o‘rinda, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish hamda sud hokimiyati tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida izchil ishlar olib borilmoqda.

           Fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sud hokimiyatining nufuzi va ta’sirchanligini kuchaytirishda sud hujjatlari ijrosining samaradorligi muhim hisoblanadi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Jizzax tumanlararo sudi sudyasi

Baybekov A’zam Abdurashitovich