Янгиликлар
Adliya munosabat
O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati MK a’zosi X.Qilichevning fuqaro T.Bobobekov manfaatida yo'llagan Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga murojaat.gov.uz orqali kelib tushgan 136112-r/25-sonli murojaatiga asosan Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar U.Abdujalilov, S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva va Sh.Shernazarovning xatti-harakatlari xizmat tekshiruvi o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganib chiqilgan.
O‘rganish davomida, 2025 yilning 12-13 may kunlari fuqaro T.Bobobekov Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar S.Abduraxmonov va Z.Habibullayevalarning qabuliga kelib fuqaro X.Qilichevga o‘zining nomidan tegishli tashkilot va muassasalarda hamda sud organlarida vakil sifatida qatnashish uchun ishonchnoma rasmiylashtirib berishni so‘rab murojaat qilganligi, notariuslar tomonidan vakil sifatida qatnashish huquqi berilayotgan fuqaroning kimligi va ishonchnoma berish uchun qonun hujjatlarida vakil sifatida ishtirok etishi mumkin yoki mumkin emasligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida qanday hujjatlari borligi so‘ralganda fuqaro T.Bobobekov tomonidan hech qanday hujjatlar taqdim qilinmaganligi, shuningdek fuqaro T.Bobobekovni notariuslar Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar qabuliga kirmasdan faqatgina notarius yordamchilariga uchrashib qaytib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida notariuslar S.Abduraxmanov, Z.Habibullayeva, Sh.Shernazarov va U.Abdujalilovlar xatti-harakatlarida Ma’muriy reglament talablari buzilmagan va fuqaro T.Bobobekovning ishonchnoma berish bilan bog‘liq murojaatini ko‘rib chiqishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan deb topilgan.