Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

03
Muammolarni o'rganamiz va ularga yechim qidiramiz

Insonlar dardiga darmon bo'lish, ularning muammolarini hal etish yo'lida harakat qilishning o'zi ham insoniy fazilatdir. Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari xalq orasiga tobora yaqindan kirib bormoqda. Sababi yog'in sochinli, qish-qirovli mavsum kirib kelishi bilan aholi orasida muammolar ham ko'payib boradi, ularga yechim topish esa xalqning roziligiga erishish demak.
Yangiobod tumani markazdan 120 km uzoqlikda joylashgan olis hudud isoblanadi. Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximovning navbatdagi sayyor qabuli tumanning "Sarmich" qishlog'ida tashkil etildi. Qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Muammolarning aksariyati mavsum bilan bog'liq bo'lgan suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, suv ta'minoti masalalarida yechimini kutayotgan murojaatlar bo'lib, bularni mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko'rib chiqish yuzasidan rejalar belgilandi. Shu bilan birga ijtimoiy yordam va mehnat munosabatlariga oid masalalar bilan murojaat qilishgan fuqarolargam tegishli tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berildi. Fuqarolarning uzog'ini yaqin, og'irini yengil qilishda davom etayotgan davlat xizmatlari markazi xodimlari ham aholiga beminnat yordam berishdi. Turli yo'nalishlarda davlat xizmatlarini olishga kelgan fuqarolarga sayyor tartibda, sifatli xizmat ko'rsatilishi ta'minlandi.

03
#Bosma_nashrlarda_huquqiy_targ'ibot

"Jizzax haqiqati" gazetasining bugungi sonida adliya boshqarmasi bo'lim yetakchi maslahatchisi Shuxrat Sulaymonovning "Maktablarda yana yangilik" nomli hamda Baxmal tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Anvar Ergashevning "Fuqarolar manfaati doimo himoyada" nomli maqolalari chop etildi.                                                                                                                                                                                

03
#Sayyor_qabul

Sharof Rashidov tumanidagi "Qahramon" va "Istiqlol" MFYlarda Adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari E.Muxammadiyevning sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabulda tuman hokimi M.Xolbutayev va tegishli soha vakillari ham ishtirok etishdi. Qabul davomida 50 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati mavsumga mos holda suv, gaz, elektr energiyasi va yo‘l ta’miriga oid masalalar. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar berildi. Murojaatlarning ijobiy yechim topishi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, fuqarolarga turli yo'nalishlarda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

03
Huquqiy_axborot_kunlari

Forish tumanining "Garasha" MFY hududida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Uyma-uy kirgan holda aholi bilan suhbatlar olib borildi. Huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, targ'ibot tadbiri davomida O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi togrisida ham tushuntirishlar berib otildi. Targ'ibot tadbiri davomida Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 yildagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tumandagi sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan ham ma'lumotlar berib otildi.

02
#Sayyor_qabul

Haftaning har dushanba kuni Do'stlik tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida aholi murojaatlari qabul qilinadi.
Bu galgi qabul kunida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Begzod Pirxalov ham ishtirok etdi.
Shu kuni 24 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar shu yerning o'zida tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o'rganildi. Aksariyati ijobiy yechimini topdi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olindi.                                                                                                                                                                                 Shu bilan birga turli yo'nalishdagi muammolar echimi uchun huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.                                                                          

01
Qonunlar amaliyotda qo'llangandagina o'z kuchiga ega bo'ladi

Arnasoy tuman "Bobur" MFYda tuman adliya bo'limi tomonidan sayyor qabul tashkil etilli. Jizzax viloyati adliya boshqarmasi ma'sul xodimlari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda fuqarolarga keng aholi qatlamiga tegishli bo'lgan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati  tushuntirib o'tildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Hududdagi muammolarni bartaraf etishda ular tomonidan berilgan takliflar ham inobatga olindi. Yo'llangan murojatlarning 2 tasi joyida xal qilindi, qolganlariga huquqiy tushunchalar berildi.
Muddat talab etiladigan 3 ta murojat ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullar zimmasiga yuklatildi.

31
#O'zimiz_keldik

Zarbdor tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan olisda joylashgan "Adirobod" MFYda sayor tartibda  davlat xizmatlari ko'rsatildi.
40 dan oshiq fuqarolar dehqon xo'jaligi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi. Shu bilan birga 30 dan oshiq fuqarolar "Mobil ID" tizimidan ro'yhatdan o'tkazildi hamda fuqarolarga davlat xizmatlari sohasiga oid huquqiy tushunchalar berildi.

28
Xalq ishonchi va roziligi yo'lida harakatdamiz

Forish tuman adliya bo`limiga fuqaro X.Ro`ziqulovaning tuman kasb-hunar maktabi tomonidan martabda kutubxonachi vazifasida ishlasada qo‘shimcha haq to`lab berilmayotganidan norozi bo`lib yo`llagan murojaati o`rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Forish tuman kasb-hunar maktabi tomonidan 2022-yil 16-sentyabr holatiga O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi 490-sonli “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 1 991 291 (bir million to`qqiz yuz to`qson bir ming ikki yuz to`qson bir) so'm qo`simcha haqi to'lab berilmagan. Mazkur masala yuzasidan fuqaro manfaatida adliya bo'limi tomonidan fuqarolik ishlari bo'yicha Forish tuman sudiga da'vo arizasi kiritilib, ijobiy qanoatlantirilishi ta'minlandi.

27
#Adliya_tanlov

Avval xabar berilganidek, Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talaba-o‘quvchilar uchun ta’sis etilgan  “Jadid tafakkuri” stipendiyasi uchun tanlovning hududiy bosqichlari bugun bo'lib o'tdi.
Tanlovning Jizzax viloyat hududiy bosqichida quyidagicha natija ko'rinish oldi:
1-o‘rin Farxotova Dilzoda Farxot qiz 224 ball
2-o‘rin Nasimova Sevinch Umid qizi 216 ball
3-o‘rin Normuratova Muxlisa 198 ball

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi barcha g'olib ishtirokchilarni muborakbod etib, tanlovning respublika bosqichida omad tilaydi!

Ma'lumot uchun: Tanlovning respublika bosqichiga faqatgina 1-o'rinni egallaganlar ishtirok etadi!

27
Ish beruvchining adolati xodimlarning roziligi bilan o'lchanadi

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro L.Muzaffarovaning qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro L.Muzapparova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2020 yil 21 avgustdagi 223-sonli buyrug‘iga asosan Mehnat kodeksining 99-moddasi bilan bekor qilingan.

Biroq, fuqaro L.Muzaffarova bilan o‘z vaqtida (2022 yilning 16 sentyabr kuniga qadar 4 103 261 so‘m miqdorda) hisob-kitob qilinmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining

99-moddasiga asosan xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqli ekanligi, ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shartligi ko‘rsatilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan Maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdimnoma tasir chorasi kiritilib, to'lanmay qolingan ish haqi undirib berilishi ta'minlandi.