Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

27
"Chang" puli to'lab berildi

Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994 yildagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʼlash shartlarini tartibga solish toʼgʼrisida” 490-son qarorining 23-bandiga asosan maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shugʼullanganliklari uchun mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qoʼshimcha haq toʼlanishi hamda keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan koʼp boʼlmagan qoʼshimcha haq toʼlanishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Yangiobod tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 19 ta umumtaʼlim maktablarida ushbu qaror ijrosi taʼminlanganlik darajasi monitoring asosida oʼrganildi. Monitoring natijalariga koʼra tuman Xalq taʼlimi boʼlimi tomonidan kutubxonachilarga jami 80.734.171 soʼm qoʼshimcha haq toʼlanmaganligi aniqlandi va ushbu kutubxonachilarga toʼlanmasdan kelingan qoʼshimcha ish haqlari sud tartibida undirib berildi.

26
Murojaatlar bilan ishlash tartibi bo'yicha amaliy hamkorlik

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, ular bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirib bormoqda. Reja asosida davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, sohada uchrayotgan muammolarni o'rganish orqali bu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko'rilmoqda.
Bu galgi seminar mashg'ulotlari onlayn tarzda o'tkazildi, unda "Jizzaxsuvta'minoti" MCHJнинг tuman(shahar) bo’limlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova tomonidan murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Savol-javob tarzida olib borilgan onlayn uchrashuv davomida,  ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi. Fikr-mulohazalar almashindi.
Shu bilan birga boshqarmaning Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish bo'limi bosh maslahatchisi S.Abdualimov tomonidan "Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy regalmentiga asosan ko'rsatiladigan davlat xizmatlar to'g'risida"gi Nizom yuzasidan ham to'liq tushuntirishlar berib o'tildi.
Bundan tashqari tizimda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi bo'yicha amaliy chora-tadbirlar olib borishga ham kelishib olindi.


26
Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak

Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish ekanligidan kelib chiqib, qishloq hududlarida, ayniqsa birinchi navbatda olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ayollarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida sayyor qabullar o'tkazish, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan ayollarga amaliy yordam ko'rsatish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga ko'maklashish, shuningdek, qonunchilikda xotin-qizlar (shu jumladan, qishloq ayollari) uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar haqida huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish belgilangan.
Shunga ko'ra, Do'stlik tuman adliya bo'limi, FXDY bo'limi, tuman hokimligi hamkorligida Do'stlik tumani "Navro'z" MFYdagi fermer xo'jaligida paxta yig'im-terimida ishtirok etayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ayollarning muammolarini, xohish-istaklarini ayollargina yaxshi tushunadi. Shu sabab ularning holidan xabar olish bahonasida kamchiliklari, qiynab kelayotgan muammolari oydinlashadi. Bugun oila, ro'zg'or tashvishida tinim bilmay mehnat qilayotgan mana shunday ayollarning oz bo'lsada og'irini engil qilish orqali ulardagi katta xursandchilikka sabab bo'lish mumkin. Do'stlik tuman adliya bo'limi FHDY mudirasi tomonidan sohaga taalluqli bo'lgan muammolar o'rganildi, bir nechta masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

26
#Adliya_tanlov

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 28-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari talaba-o'quvchilari uchun "Jadid tafakkuri" nomli stipendiyani ta'sis etish to'g'risida"gi 228-um-son buyrug'i ijrosi yuzasidan Jizzax viloyat yuridik texnikumida tanlovning hududiy bosqichi o'tkazilmoqda.

Ushbu tanlovda g'olib bo'lgan bir nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi!

25
Sayyor_qabul

Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Raximov, tuman adliya bo'limi va hamkor tashkilotlar tomonidan Zarbdor tumani markazidan 60 km uzoqlikda joylashgan "Yoshlik" mahallasida Iqtisodiy jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibati, ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bir vaqtning o'zida fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil qilinib, 10 dan ortiq masalalar yuzasidan murojaatlarlar qabul qilindi va qonuniy hal etilishi belgilandi.  Qonunchilikdagi so'ngi yangiliklardan xabardor qilish orqali esa aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsad qilib olingan. Shu sabab xalq bilan yuzma-yuz muloqaotlar davomida adliya organlari xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati qisqacha tushuntirib boriladi.

24
#Bilasizmi

Arnasoy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimdari tomonidan  tuman hokimligi binosida tuman tashkilotlari xodimlari ishtirkida seminar tashkil qilindi. Seminar davomida   "Mobile id" tizimini keng targ'ib qilish maqsadida yig'ilish qatnashchilariga ushbu tizimning afzalliklari haqida tushunchalar hamda tizimdan foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi. Bundan tashqari davlat xizmatlarida ko'rsatilyotgan yangi xizmat turlari bo'yicha ham ma'lumotlar berib o'tildi.                                                                                

22
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISINING ODOB-AXLOQI QANDAY BO'LISHI KERAK?

Arnasoy tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori yuzasidan o'quv-seminar bo'lib o'tdi. Seminarda hokimlikning mas'ul xodimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
O'quv-seminarida davlat fuqarolik xizmatchilarining aholi muammolarini o'rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyatini oshirish, stressli va nizoli vaziyatlarda davlat xizmatchilarining psixologik barqarorligini ta'minlash, shaxslararo munosabatlar, ziddiyatli vaziyatlar va ularni oldini olish haqida so'z bordi. O'quv seminarida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan ham mazkur qarorning mazmun-mohiyati ko'rgazmali materiallar yordamida tushuntirib o'tildi.

21
#Davlat_xizmatlarida_qulaylik

Bugunda respublikamiz bo'ylab Davlat xizmatlari markazlarida eshitish va gapirish boʻyicha nuqsoni mavjud boʻlgan shaxslar uchun surdo-tarjimon hamda davlat xizmatini koʻrsatish natijasidan norozi boʻlgan shaxslar va ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushgan shaxslarga ruhiy koʻmak va maslahat beruvchi psixolog xizmati yoʻlga qoʻyilmoqda.                                                                                                                                        
Hozirda Jizzax shahar davlat xizmatlari markazida mazkur xizmat turlari tashkil etilgan.                                                                                                                    

20
"Adliya organlarining bir kuni"

"Adliya organlarining bir kuni" ko'rsatuvi Baxmal tuman adliya bo'limi faoliyati misolida tasvirga olindi.
Unda, Murojaatlar bilan ishlash
Huquqiy targ'ibot
FHDY yo'nalishi
Huquqiy xizmat ko'rsatish sifati
Sayyor davlat xizmatlari
Sayyor qabullar yo'nalishlari oritildi.

19
#Barcha islohotlar inson qadri uchun

Adliya boshqarmasida Jizzax viloyati tibbiyot muassasalarida faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodimlari ishtirokida "Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash tartibi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi boshlig'i M.Raximova murojaatni taqdim etish, ularni ko'rib chiqish va javob xatini jo'natish, murojaatlarni ko'rib chiqishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha yig'ilish ishtirokchilariga tushunchalar berib o'tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.