Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

05
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas'ul xodimlarining “E-HUQUQSHUNOS” dasturida ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalari oshirilmoqda

Joriy yilning 28-iyul kuni Paxtakor tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari tominidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi tizimga yangi ulangan tashkilotlar jumladan  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas'ul xodimlarining “e-huquqshunos” tizimida ishlash ko`nikmalarini oshirish yuzasidan amaliy seminar tashkil qilindi.

04
"Qizil" toifaga kiritilgan hududlarda targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Ma'lumki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakillantirishga alohida e'tibor qaratimoqda.
Xususan, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro maqsadli hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga oʻz faoliyatini «Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor gʻoya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Tahlillarga koʻra, tumanda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash maqsadida olib borilgan ishlarni aynan shunday yondashuvda tashkil etish natijasida, 2022 yilning 6 oyida oʻtgan yilning shu davriga qadar sodir etilgan ayrim turdagi jinoyatlar yaʼni, qotillik va nomusga tegish kabi jinoyatlar umuman sodir etilmadi, qolaversa oʻgʻirlik va tan jaroxati yetkazish, oʻzlashtirish jinoyatlari kamayishiga erishilgan.
Natijada, joriy yilning 4 oyida qizil hududga tushgan mahallalar “Buyuk Ipak yoʻli”, “Paxtakor”, “Doʻstlik” va “Oltinkoʻl” MFYlarni tashkil qilsa, 5 oyda “Buyuk Ipak yoʻli”, “Doʻstlik” va “Oltinkoʻl” MFYlar, 6 oyida “Buyuk Ipak yoʻli” , “Doʻstlik” va Oltinkoʻl” MFYlar qizil hududga tushgan. Ushbu hududlarda tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman IIB, mahalla va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 3 marta tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.

03
“30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan seminarlar tashkil etilmoqda

Yangiobod tumani 9225-“Z”-son harbiy qismiga qarashli Balandchaqir chegara postida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun hamda “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 24-iyul kuni esa Yangiobod tuman adliya bo`limi tomonidan tumandagi 9225-“Z”-son harbiy qismiga qarashli Xo’jamushkent chegara postida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasi hamda “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir","Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi" mavzular hamda yangi Konstitutsiya loyihasi yuzasidan berilgan takliflar yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan keng muhokamalar qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga chet elda harbiy xizmatga yollanganlik uchun javobgarlik belgilanganligi haqida hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarini mazmun-mohiyat yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

02
Biz odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashamiz!

Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.    
Aytish lozimki, bugungi kunga kelib odam savdosining avj olishiga, ya'ni insonni qandaydir bir buyum sifatida, ta'bir joiz bo'lsa insonni oldi-sotdining ob'ekti sifatida foydalanilishi, ularning huquq va erkinliklarining poymol etilishiga quyidagilar sabab bo'lmoqda:

odam savdosi kabi noqonuniy faoliyat turi bir yoki bir necha a'zolardan iborat guruhlarning serdaromad manbasiga aylanib borayotgani, ya'ni ularning hech qanday og'ir va mashaqqatli mehnatlarsiz mo'may daromad olishga urinayotganligi;

odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning soddaligi, o'zining, yaqinlarining taqdiriga va kelajagiga befarqligi, loqaydligida. Ya'ni eng oliy ne'mat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga nisbatan yengil va beparvolik bilan qarashlari oqibatida ushbu odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchilarning o'ljasiga, aniqrog'i ularning oson daromad manbaiga aylanib qolmoqdalar.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikni hamda xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borishga mo‘ljallangan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha media-reja”ning 2-5-bandlari, Jizzax viloyati Odam savdosiga va majburiy mexnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasining 2022-yil 26-iyundagi 01-1235-sonli, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi yig‘ilishining 2022-yil 6-maydagi 13-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan “30 kun – hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI” ning 40.45 –bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning iyul oyiga mo‘ljallangan targ‘ibot REJA-GRAFIGI tasdiqlangan.
Shuningdek tadbirda nazorat rejasining 31.35 bandi yuzasidan Sh.Rashidov tuman hokimligi binosida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda boshqa tashkilot orgonlari bilan birgalikda  Xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari to‘g‘risida keng tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Odam savdosi qurboniga aylangan 2 nafar fuqaroning umumiy holati o'rganildi hamda ularga amaliy yordam ko'rsatildi.

01
Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.


Jizzax viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

30
Huquqiy targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Joriy yilning 26-iyul sanasida Jizzax shahar Adliya bo'limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdulaziz Raxmatov tomonidan Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Jizzax shahar bo'limida qonunchilikdagi so'ngi o'zgarishlar yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri o`tkazildi.
Abdulaziz Raxmatov yig'ilish ishtirokchilariga qonunchilikdagi eng so`ngi o'zgarishlar yuzasidan, jumladan; Joriy yilning 22-iyul sanasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida” gi VMQ-399 sonli qarori qabul qilinganligi, Prezident “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to’g’risida”gi qonunni imzolaganligi. Endilikda ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanayotganida aholiga ichimlik suvi transportda yetkazib berilishi yo’lga qo’yilishi bo'yicha atroflicha ma'lumotlarni taqdim etdi.
  Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga huquqiy maslahatlar oldilar.

29
"Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun hamda"Giyohvandlikka qarshi birga kurashamiz" mavzularida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Mamlakatimizda ulkan o'zgarishlar ro'y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan bir vatda ayrim irodasi sust o'smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo'layotgani barchamizni tashvishga soladi. Zero og'u inson jismini qanchalik harob qilsa, huddi shunday jamiyatga ham misilsiz darajada zarar yetkazadi. Shu sababli barcha tumanlarda ushbu Asr Vabosiga qarshi targ'ibot tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Forish tumani adliya bo'limi tomonidan reja-grafik asosida Osmonsoy MFY, Farhod dehqon bozori hamda Forish tuman tibbiyot birlashmasida "Giyohvandlik Asr Vabosi", "Giyohvandlikka qarshi birga kurashamiz" mavzularida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Shuningdek tadbirda "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunning mazmun-mohiyati ham tadbir ishtirokchilariga tushuntirib o'tildi. Tadbirda fuqarolarga ko'rgazmali targ'ibot materiallari tarqatildi.

28
"O'zimiz keldik" loyihasi doirasidagi sayyor qabullar davom etmoqda

Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, xalq farovonligi saqlash, xalq dardiga malham bo'lish, xalq dardini tinglash har bir mansabdor organlarning burchidir.
Joriy yilning 26-iyul kuni Zomin tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari, 20 km uzoqlikda joylashgan Turkman MFYda 4-sektor faollari bilan birgalikda "O'zimiz keldik" loyihasi doirasida sayyor qabul o'tkazildi. Qabul davomida Davlat xizmatlari xodimlari tomonidan tumanda yashovchi fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi.

27
Ro‘yxatga olishni tuzish va uni tasdiqlash tartibi

Ro‘yxatga olish yalpi hisobga olish asosida aholining, uy-joyning soni va tarkibi, iktisodiy birliklarning tarkibi hamda holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar olishini ta’minlaydigan tadbirdir.
Ro‘yxatga olish mamlakatni demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning  ayrim xususiyatlar hamda yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida amalga oshirilishi mumkin.
Respondentlarning induvidual ma’lumotlarini yig‘ish O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sanasi va muddati, shuningdek moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
«Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo aholini ro‘yxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ro‘yxatga olinadi.
Respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ishda ro‘yxatga olish sanasidan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. 2023 yil 1 noyabrdan keyin tug‘ilgan bolalar uchun ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari to‘ldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun to‘ldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila a’zolari yoki mahalla idorasidagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2022 yil 1 iyul holatiga viloyatning doimiy  aholi soni 1457,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 14,3 ming kishiga yoki 101,0 foizga ko‘paydi. Shundan shahar joylarida  684,2 ming kishi (jami aholining 46,9%) va qishloq joylarida  773,5 ming kishi (jami aholining 53,1%) istiqomat qiladi. Viloyat bo‘yicha tirik tug‘lganlar soni 18330 nafarni tashkil etgan, ko‘chib kelganlar soni 3455 nafarni tashkil etib, ko‘chib ketganlar soni esa 4372 nafarni tashkil etdi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                         Viloyat statistika boshqarmasi

26
O`zimiz keldik loyihasi G`allarolda.

G`allarol tuman adliya bo‘lim tomonidan Qo‘ytosh shahar fuqarolar yig’inida sayyor qabul tashkil etilib, unda tuman Davlat xizmatlari markazi, Davlat soliq inspeksiyasi, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, Mahalla va nuroniylar bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi ma’sul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 10 ta murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun bayonlashtirildi, 3 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.