Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

25
Forish tumanidagi barcha" Qizil hudud" doirasiga kirgan MFYlarda targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

Forish tumani adliya bo'limi, ichki ishlar xodimlari, "Yoshlar ishlar agentligi" MFY raislari va boshqa mas'ul xodimlar tumandagi barcha MFYlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o'rtasida vujudga kelayotgan baxsli munozaralarga yechim topish hamda yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish, huquqiy madaniyatni shakillantirish maqsadida targ'ibot tadbirlarini tashkil qilishdi. Jonkuyar xodimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o'z natijalarini ko'rsatmoqda.
Har bir tadbir davomida tumanda yashovchi fuqarolarning murojaatlari ham tinglanib, muammolarga yechim topilmoqda. Shuningdek, mas'ul xodimlar tomonidan olib borilayotgan tadbirlar qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fuqarolar o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Asosan olib borilayotgan tabirlar "qizil hudud" doirasiga kirgan tumandagi MFYlarda tashkil qilinib, ushbu hududda yashovchi aholilarga tushuntirishlar olib borilmoqda. Xususan, Uchma, Bog`don, Osmonsoy, Egizbuloq, Nurak MFYlarida targ`ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad tumanda joylashgan MFYlarda jinoyatchilik, o'g'rilik, talonchilik, zo'ravonlik, qotillik kabi yuz berayotgan qonunbuzarliklarning oldini olish hamda xalq farovonligi taminlashdir.

24
"O'zimiz keldik" loyihasi viloyatimizning hamma tumanlarida tashkil qilinmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 31-maydagi 02-RA1/1-793-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Oliy Sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Din ishlari qo’mitasi bilan xamkorlikda "Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashda mutasaddi vazirlik va idoralarning o'zaro hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qo’shma qaror tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan ushbu Qo’shma qaror bilan tasdiqlangan "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish bo'yicha mutasaddi vazirlik va idoralarning 2022- yilning iyun-dekabr oylariga mo'ljallangan hamkorlik dasturi"ning 3-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi Sarmich MFYda tuman adliya bo'limi, DXM, FXDY hamda mahalla raisining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi bilan birgalikda nikohi qonuniy rasmiylashtirilmagan oilalarga uyma-uy yurgan holda nikohni qonuniy rasmiylashtirish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek Sarmich MFYdagi Dasht mahallasida sha’riy nikohda yashovchi fuqarolar Alimqulov Shodiqul va Jurayeva Yorkinoylarga nikohni qonuniy rasmiylashtirishda amaliy yordam ko’rsatildi.

23
Konstitutsiyaviy islohotlar keng muhokamada.

Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi hali ham davom etmoqda. Xususan, Paxtakor tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan joriy yilning 20-iyul sanasida "Konstitutsiya Bosh qomusimiz" mavzusi doirasida seminar tashkil etildi. Ushbu seminar davomida Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarishlar mazmun-mohiyati hamda aholi tomomidan berilayotgan takliflar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Referendum o'tkazilishiz tartibi haqida atroflicha fikr almashildi.                                                                                                                    

22
Huquqbuzarliklarning oldini olish borasida seminar tashkil etildi.

Mirzacho'l tumanida tuman adliya bo'limi, Respublika P.Bobojonov boshchiligidagi ichki guruh vakillari, viloyat prokurori I.Ergashxodjayev, hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i G'.Qodirovlar  tomonidan aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalash borasida seminar o'tkazildi.
Tadbirda barcha huqubuzarliklarning negizida avvalo tarbiya hamda yoshlar vaqtini mazmunli tashkil etish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.  
Seminar davomida Mirzacho'l tumanida amalga oshirilgan ishlar ijobiy ekanligi takidlandi hamda aholi orasida huquqbuzarlikka qarshi, huquqiy tadbirlarni yanada ko'proq tashkil etish borasida takliflar ilgari surildi.

22
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonida mahalladagi hokim yordamchilari bilan ushrashuv bo‘lib o‘tdi.

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonida mahalladagi hokim yordamchilari bilan ushrashuv bo‘lib o‘tdi

Sharof Rashidov tuman hokimligi majlislar zalida Adliya vazirligining mas’ul xodimlari, tuman hokimi o‘rinbosari M.Ergashev tuman adliya bo‘limi boshlig‘i I.Rashidov va 48 ta mahallalarda tayinlangan hokim yordamchilari ishtirok etishdi, uchrashuv yakunida hokim yordamchilarini qiziqtirgan savollarga ishchi guruh ma’sullari tomonidan artoflicha javoblar berilib takliflar inobatga olindi.

22
Adliya xalq xizmatida!

Tug'ilish eng katta ne'mat, nikoh inson hayotidagi baxtli lahzalarning debochasidir. Bugun ma'lum bir sabablarga ko'ra ushbu jarayonlarni huquqiy hujjat shakliga muhrlolmay qolgan yurtdoshlarimiz ham oramizda bor. Xalq roziligiga erishish aslida mana shunday ko'z ilg'amas, ammo insonlarning yashashi va mehnat faoliyatida uchun o'ta muhim o'rinda turadigan muammolarni bartaraf etish orqali amalga oshiriladi. Tug'ilish, nikoh guvohnomalarini vaqtida olmaslik ham xuddi mana shunday vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Jizzax viloyati bo'yicha 8 ta tug'ilganlik, 21 ta o'lim va 11 ta nikoh guvohnomalari o'z vaqtida olinmaganligi aniqlandi. Barcha tuman fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan hudud kesimida aniqlangan mana shunday fuqarolarning guvohnomalar rasmiylashtirilib egalariga topshirildi.                                                                        

21
O'zimiz keldik loyihasi Baxmalda!

Baxmal tuman markazidan 30 km uzoklikdagi "Molguzar" MFYda sayyor xizmat kursatish jarayoni amalga oshirildi. Unda sudlanganlik, INPS, bog'chaga joylashtirish, nafaka tayinlash bo'yicha jami 9 ta xizmat ko'rsatildi.                                                                                                                          

21
O'zimiz keldik loyihasi har bir tumanda tashkil etilmoqda.

Arnasoy tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari markazdan 20 km uzokda joylashgan "Chinobod" MFYda aholiga o'z xizmatlarini ko'rsatishdi. Mazkur jarayon davomida FJBPTga 2 dona xabarnoma, suv tarmog'iga texnik shart olish bo'yicha 3 dona, suv tarmog'iga ulanish bo'yicha 6 dona shartnomalar tuzilib, boshka davlat xizmatlari bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.                                  

21
Mahallalar «qizil», «sariq», «yashil» toifalarga ajratilmoqda

Mahallalar kesimida hududlarda sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko'rsatkichi bo'yicha "qizil" hududga kiritilgan G'allaorol tumanidagi "Madaniyat","Do'stlik","Ko'kgumbaz" va "G'.G'ulom" MFYlarida G'allaorol tuman adliya bo'limi, IIB, Mahalla va Nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilash maqsadida davra suhbati, har bir mahalla kesimida tushuntirish va seminar ma'ruzalari tashkil etildi.
Shu bois aholining ijtimoiy holatini yaxshilash borasida mutasaddi idoralar bilan tegishli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ning yuritilishi nazorat qilinmoqda. Eng og‘ir va nizoli vaziyatlarning huquqbuzarlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun buni mahallalarning o‘zidayoq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Huquqbuzarliklarni «mahallabay» tarzda «qizil», «sariq», «yashil» toifalarga ajratish — manzilli profilaktikani qaysi hududdan boshlash kerakligiga oydinlik kiritadi.

21
"Xalq farovonligini saqlash har bir fuqaroning burchidir!"

"Xalq farovonligini saqlash har bir fuqaroning burchidir!","Qizil hududga qarshi kurashamiz!" mavzulari yuzasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish hamda uning oldini olish, aholining barcha qatlamlarida huquqiy savodxonlikni shakillantirish, o‘z huquqlarini biladigan va bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolarni tarbiyalash borasida  Sh.Rashidov tuman adliya bo'limi, ichki ishlar xodimlari, "Yoshlar ishlar agentligi", mahalla fuqarolar yig'ini raislari bilan birgalikda  tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu targ'ibot tadbirlari davomida katta e'tibor qizil toifaga kiritilgan hududlarga  qaratilmoqda. Hayrobot va Sharilloq MFYlari ham Qizil toifaga kiritilgan hududlar hisoblanib, ushbu hududlarda joylashgan umum ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ushbu toifa yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad tumanda yuzaga kelayotgan jinoyatchilik, qotillik, o'g'rilik, yoshlar orasida vujudaga kelayotgan huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat.