Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

11
Yangiobod tumani mahallalarida notinch va muammoli oilalarda nizoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 6-avgust kuni Yangiobod tumani hokimligi binosida Yangiobod tuman adliya bo‘limi, tumani hokimligi, tuman IIB, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan va doimiy ravishda nizolashib kelayotgan oilalarning oilaviy munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan tushintirish ishlari olib borildi.
Jumladan: Yangiobod tumani Yangiobod ShFY, Tinchlik ko‘chasida yashovchi, 2000- yilda  Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi, Beknazarova Matluba bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida, u 2019-yilda fuqaro  Beknazarov Nizom bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini, turmushlari davomida 1 nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i doimiy ravishda tazyiq o‘tkazib kelayotganligi ma'lum bo‘lib, tuman adliya bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, hokim o‘rinbosari, imom xatib, otinoyilar ishtirokida muhokama etilib, yarashtirish choralari ko‘rildi. N.Beknazarov va  M.Beknazarovalarning muammolari va kelishmovchiliklarining sabablari o‘rganilishi uchun mahalla faollariga 1 oy muddat berildi va shu muddat o‘tgandan so‘ng oilaviy masalalari qaytadan ko‘rib chiqilib, qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ularga tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangiobod tumani  Do‘stlik MFY,  Nurli yo‘l  ko‘chasida yashovchi, 1987-yilda  Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, fuqaro Sultonova Xadicha bilan olib borilgan suhbat jarayonida, u  2018-yilda  Sirdaryo viloyatining  Xovos tumani   Xovotog‘ QFYda 1976- yilda tug‘ilgan Azimov Asad  bilan  qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini,  turmushlari davomida bir nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i bilan turli masalalarda kelisholmasdan otasining uyiga qaytib kelganligiga 1 oydan oshganligini otasi va onasi bilan olib borilgan suhbatlar davomida qizi  X.Sultonova yarashishiga qarshi emasliklarini, ammo qizi  X.Sultonova qaynonasi bilan oralari yaxshimasligini, turli masalalarda kelisholmasdan yurganligini, arzimagan narsalarga janjallar bo‘lib kelayotganligi malum qildi, muhokama etilib  A.Azimov bilan imom xatib, adliya bo‘limi va  tuman IIB boshlig‘i tushuntirish ishlari olib borishdi, oila yarashtirilib, nazoratga olindi.
Yangiobod tumani  Shodlik MFY,  Meliobod qishlog‘ida yashovchi, 1978-yilda  Yangiobod  tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali 3 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, nizo oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro  Nazarov Rasul va Nazarova Fazilat  bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, turmush o‘rtog‘i F.Nazarovaga jismoniy va ruxiy tazyiq o‘tkazib kelayotganligi oilaviy nizolar tufayli kelisholmay qolganligini, F.Nazarova  va  R.Nazarov turli masalalar janjallar kelib chiqqanligini malum qilishdi, ularning muammolari atroflicha o‘rganish jarayonida ularning janjallashishiga yetarlicha asos mavjudmasligini va arzimagan masalalarda janjallashib ajrimga qaror qilganliklarini tushuntirishib, ularga mahalladan murabbiy biriktirib nizolari o‘rganilishi uchun muhlat berildi.
Yangiobod  tumani  Do‘stlik MFY,  Nurli yo‘l  qishlog‘ida yashovchi, 1998-yilda  Yangiobod tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali 1 nafar farzandi bor, mavsumiy ishchi, nizoli oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro  Raxmatov Jasur va  Raxmatova Zarnigor bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida, Z.Raxmatova oila qurgandan so‘ng xastalanib qolganligini, 1 nafar farzandiga qarash uchun imkoniyati yo‘qligi tufayli turmush o‘rtog‘i  J.Raxmatov va farzandini tashlab otasining uyiga ketganligini, ajrashish niyati yo‘qligini turmush o‘rtog‘i va farzanidini davolatishini malum qildi va mahalla xotin-qizlar faoli va raisiga ularni yarashtirish va doimiy nazoratga olish vazifasi yuklatildi.

10
"Qizil" toifaga kiritilgan hududlarda targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Sodir etilgan va aniqlangan jinoyatlar soni ko‘rsatgichi bo‘yicha "qizil" hududga kiritilgan G’allaorol tumanidagi "Madaniyat" MFYida tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman DSI, MIB tuman bo‘limi, tuman aholi Bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash bo‘limi tomonidan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va ularni bartaraf etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2021 yildagi PF-27-son farmoni bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi" Konsepsiyasi yuzasidan zarur choralar belgilash yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan 28.07.2022 yilda tasdiqlangan sayyor qabul jadvaliga asosan Madaniyat MFYda sayyor qabul tashkil etilib, unda MIB tuman bo‘limi, tuman DXM, DSI, bandlikka ko‘maklashish markazi, Mahalla va Nuroniylar bo‘limi ma’sul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 8 ta murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun bayonlashtirildi, 3 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.

09
“Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

"O'zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o'rtasida "Adliya ayoli" tanlovini tashkil etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 74 um-son buyrug'iga asosan, Adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish hamda faoliyatda tashabbuskorlik va yuqori natijalarga erishishga intilish samaradorligini oshirish maqsadida "Adliya ayoli " tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 4-avgust kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi binosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Adliya ayoli" tanlovining viloyat bosqichi yakuniga yetdi. Mazkur tanlov 3 bosqichda o'tkazilib, barcha tumanlardan jami 10 nafar nomzodlar bellashdilar. Birinchi shartda ishtirokchilarga bilim va tajribalarini sinovdan o'tkazish maqsadida huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari taqdim etildi. Test savollarini bajarish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir to'g'ri javob uchun bir ball berildi. Ishtirokchilarimiz ushbu bosqichni muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Ikkinchi shartda ishtirokchilar  ish faoliyatida duch keladigan hozirgi vaqtdagi dolzarb masalalarni inobatga olgan holda qonunchilikka o'z taklif va g'oyalarini bildirishdi. Ushbu shart uchun har bir ishtirokchiga 5 daqiqa vaqt ajratildi. Hakamlar hay'ati ishtirokchilar tomonidan ko'tarilayotgan muammoning dolzarbligi, berilayotgan taklif muammoni hal etish uchun maqsadga muvofiq yechim ekanligi hamda yangiligiga ko'ra baholashdi.
Uchinchi shartda ishtirokchilarning uy yumushlaridagi bekalik qobilyati sinovdan o'tkazildi. Ishtirokchilarning barchasiga bir xil turdagi xamir yoyish, chuchvara tugish vazifasi yuklatildi. Hakamlar hay'ati berilgan vazifaning turiga muvofiq ishtirokchilarni shartni qisqa muddatlarda hamda sifatli bajarilishiga ko'ra baholashdi.
Tanlov natijasiga ko'ra, 1-o'rinni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi "Inson huquqlarini himoya qilish" bo'lim boshlig'i Rahimova Mohinur, 2-o'rinni Jizzax shahar adliya bo'limi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazi" bosh yuriskonsulti Fayziyeva Nargiza, 3-o'rinni esa Yuridik texnikum o'qituvchisi Rasulova Tursunoy qo'lga kiritdilar. Tadbir so'ngida ishtirokchilar adliya boshqarmasi tomonidan  diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Jizzax viloyat Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi bosh yuristi Hakimova Rano, Jizzax Politexnika instituti Tillar kafedrasi mudiri Hamdamova Xanifa, "Bir qizga bir hunar" Jizzax viloyat Jamoat birlashmasi rahbari Adilova Farzona hamda viloyat Monomarkazi mutaxassislariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

08
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Saidov Shakir Kamalovich Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh. Saidov 1965 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1991 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 1991 yilda Sirdaryo tumani Xalq deputatlari kengashining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Sirdaryo tumani davlat notarial idorasi notarius-stajyori lavozimidan boshlab, 2000-2017 yillar oralig‘ida vazirlik tizimida turli rahbar lavozimlarda, 2017-2019 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Sh. Saidov shu kunga qadar Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U 25 yil davomida adliya organlarida samarali mehnat qilib, oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda o‘zining ilg‘or fikr, tashabbus va sadoqati bilan katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Tizimdagi xodimlarga ustoz sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ko‘plab shogirdlarni yetishtirdi.

Adliya vazirligi hamda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Saidov Shakir Kamalovichni ushbu tayinlov bilan mubor

07
Zafarobod tumani Madaniyat markazida "CHEKSIZ RIVOJ" nomli psixologik trening bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 3 avgust kuni Zafarobod tumani Madaniyat markazida, tuman ''Adliya bo'limi'' tashabbusi bilan "CHEKSIZ RIVOJ" nomli psixologik trening bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirokchilarni ruhiy holatini yaxshilash, sogʼlom fikrlash, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʼzini namoyon etish, sharoitlarini yaratish hamda oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʼz fikrini oʼzgalarga yetkaza bilish qobiliyatini va muzokara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.
Ruhiy va tabiiy erkinlikni his etish, oʼzaro munosabatlarda aloqa oʼrnata olishini shakllantirish borasida ham ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Treningda psixolog tomonidan tuzilgan savollarga ishtirokchilar tomonidan javoblar berildi.
Mashgʼulotlar yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik hissi – bizning oldimizda cheksiz quvvat va ichki boylik manbaiga yoʼl ochuvchi kuch hisoblanishi, yuragimizni nafratdan xalos qilib – kimdan xafa boʼlsak, barchani kechirish, oddiy hayot tarzini yuritish va nimaga ega boʼlsak, shuning qadriga yetish haqida tushuncha berilib, ularda bu hissiyotni uygʼotishga qaratilgan suhbat olib borildi.

06
Prezident hujjatlari hayotda va nazoratda

Zarbdor tumani hokimi, tuman xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori, Adliya bo‘limi mudiri va tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi "Andijon" va "Adirobod" MFYlarda "Obod kishloq" dasturining borishi bilan tanishdi hamda ishlarni sifatli bajarilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi

05
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas'ul xodimlarining “E-HUQUQSHUNOS” dasturida ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalari oshirilmoqda

Joriy yilning 28-iyul kuni Paxtakor tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari tominidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi tizimga yangi ulangan tashkilotlar jumladan  davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas'ul xodimlarining “e-huquqshunos” tizimida ishlash ko`nikmalarini oshirish yuzasidan amaliy seminar tashkil qilindi.

04
"Qizil" toifaga kiritilgan hududlarda targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Ma'lumki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakillantirishga alohida e'tibor qaratimoqda.
Xususan, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro maqsadli hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar masʼul davlat tuzilmalariga oʻz faoliyatini «Barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor gʻoya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Tahlillarga koʻra, tumanda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash maqsadida olib borilgan ishlarni aynan shunday yondashuvda tashkil etish natijasida, 2022 yilning 6 oyida oʻtgan yilning shu davriga qadar sodir etilgan ayrim turdagi jinoyatlar yaʼni, qotillik va nomusga tegish kabi jinoyatlar umuman sodir etilmadi, qolaversa oʻgʻirlik va tan jaroxati yetkazish, oʻzlashtirish jinoyatlari kamayishiga erishilgan.
Natijada, joriy yilning 4 oyida qizil hududga tushgan mahallalar “Buyuk Ipak yoʻli”, “Paxtakor”, “Doʻstlik” va “Oltinkoʻl” MFYlarni tashkil qilsa, 5 oyda “Buyuk Ipak yoʻli”, “Doʻstlik” va “Oltinkoʻl” MFYlar, 6 oyida “Buyuk Ipak yoʻli” , “Doʻstlik” va Oltinkoʻl” MFYlar qizil hududga tushgan. Ushbu hududlarda tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman IIB, mahalla va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 3 marta tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.

03
“30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan seminarlar tashkil etilmoqda

Yangiobod tumani 9225-“Z”-son harbiy qismiga qarashli Balandchaqir chegara postida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun hamda “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 24-iyul kuni esa Yangiobod tuman adliya bo`limi tomonidan tumandagi 9225-“Z”-son harbiy qismiga qarashli Xo’jamushkent chegara postida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasi hamda “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir","Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi" mavzular hamda yangi Konstitutsiya loyihasi yuzasidan berilgan takliflar yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan keng muhokamalar qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga chet elda harbiy xizmatga yollanganlik uchun javobgarlik belgilanganligi haqida hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarini mazmun-mohiyat yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

02
Biz odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashamiz!

Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.    
Aytish lozimki, bugungi kunga kelib odam savdosining avj olishiga, ya'ni insonni qandaydir bir buyum sifatida, ta'bir joiz bo'lsa insonni oldi-sotdining ob'ekti sifatida foydalanilishi, ularning huquq va erkinliklarining poymol etilishiga quyidagilar sabab bo'lmoqda:

odam savdosi kabi noqonuniy faoliyat turi bir yoki bir necha a'zolardan iborat guruhlarning serdaromad manbasiga aylanib borayotgani, ya'ni ularning hech qanday og'ir va mashaqqatli mehnatlarsiz mo'may daromad olishga urinayotganligi;

odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning soddaligi, o'zining, yaqinlarining taqdiriga va kelajagiga befarqligi, loqaydligida. Ya'ni eng oliy ne'mat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga nisbatan yengil va beparvolik bilan qarashlari oqibatida ushbu odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchilarning o'ljasiga, aniqrog'i ularning oson daromad manbaiga aylanib qolmoqdalar.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikni hamda xalqaro hamjamiyatni xabardor qilib borishga mo‘ljallangan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha media-reja”ning 2-5-bandlari, Jizzax viloyati Odam savdosiga va majburiy mexnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasining 2022-yil 26-iyundagi 01-1235-sonli, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi yig‘ilishining 2022-yil 6-maydagi 13-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan “30 kun – hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorda belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha NAZORAT REJASI” ning 40.45 –bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning iyul oyiga mo‘ljallangan targ‘ibot REJA-GRAFIGI tasdiqlangan.
Shuningdek tadbirda nazorat rejasining 31.35 bandi yuzasidan Sh.Rashidov tuman hokimligi binosida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda boshqa tashkilot orgonlari bilan birgalikda  Xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari to‘g‘risida keng tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Odam savdosi qurboniga aylangan 2 nafar fuqaroning umumiy holati o'rganildi hamda ularga amaliy yordam ko'rsatildi.