Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
Korrupsiyaga yo'q deng!

Jizzax shahar adliya bo'limida joriy yilning 18-iyul sanasida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o'tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i Musaxon Asatullayev nutq so'zlab xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo'lishga chaqirdi va korrupsiya-davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini, mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish kerakligini ta'kidlab o'tdi.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiyaga oid moddalari
birma-bir sharhlandi.


  210-modda. Pora olish

Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda;

v) tamagirlik yo‘li bilan;

g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

211-modda. Pora berish

Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish:

a) haq evaziga;

b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi xodimalarga tushuntirildi.

20
Zafarobod tumani adliya bo'limi tomonidan huquqiy tusdagi hujjatlarni "E-huquqshunos" elektron tizimiga biriktirish va ular bilan ishlash bo'yicha o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi

Davlat rahbarining  173-sonli  Qaroriga asosan  joriy yilning 1-avgustdan hududlardagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, aholi bandligiga ko'maklashish markazi, davlat soliq inspeksiyasi hamda  yana bir nechta davlat tashkilotlariga yuridik markaz tomonidan xizmat ko'rsatish belgilangan.
Ushbu qaror asosida, Joriy yilning 15-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi , Zafarobod tuman adliya bo'limi boshlig'i B.Ikromov hamda "UNICON-SOFT" MChJ ning "E-huquqshunos" elektron  hujjat almashish tizimiga ma'sul xodimlar ishtirokida elektron tizim bo'yicha yangidan qamrab olinishi nazarda tutilgan davlat tashkiotlari, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarning xodimlar ishtirokida o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.

20
Jismoniy va Yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo'yicha reja-grafikka asosida adliya boshqarmasi rahbariyatining Yangiobod tumanidagi Musiqa va san'at maktabida sayyor qabul o'tkazildi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan  tasdiqlangan Jismoniy va Yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo'yicha reja-grafikka asosan joriy yilning 14-iyul kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari E.Maxammadiyev rahbarligida boshqarma bo'lim boshlig'i B.Bozorov, Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi bosh maslahatchisi J.Karimov, tuman adliya bo'limi boshlig'i J.Abduholiqov ishtirokida Yangiobod tumanidagi Musiqa va san'at maktabida sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida jami 13 nafar fuqarolar qabul qilinib, ushbu murojaatlarning 4tasi fuqarolik pasportini olish masalasida, 2 tasi kadastr hujjatini rasmiylashtirish masalasida, 1 tasi nikoh tuzulganligi haqidagi guvohnoma olish va 5 tasi boshqa masalalarni tashkil etadi.
Shuningdek, 2 ta fuqaroning murojaati joyida hal etildi. 1 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafar fuqaroning murojaati ish yurituvga qabul qilinib, tegishli mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.  

20
Zafarobod tumani adliya bo'limi tomonida "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun hamda huququbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 15-iyul kuni  Zafarobod tuman adliya bo'limining tashabbusi bilan adliya bo'limi binosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda, "Odam savdosiga qarshi kurash to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish, hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Xususan, tadbirda "Odam savdosiga qarshi kurash to'g'risida"gi qonun loyihasi tadbir qatnashchilariga batafsil tushuntirib berildi va qonun loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu tadbirga tumanning "Uzun","Bo'ston" hamda "Samarqand" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqarolar, Yoshlar ishlari agentligi Zafarobod tuman bo'limi xodimlari, barcha mahalladagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, mahalla raislari va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar ishtirok etdi.

20
“30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

oriy yilning 14-iyul kuni Yangiobod tuman adliya bo`limi hamda tuman hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tumandagi 9225-“K”-son harbiy qismiga qarashli Xo’jamushkent chegara postida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun hamda “30-iyul Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Seminar davomida "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir","Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi" mavzular hamda yangi Konstitutsiya loyihasi yuzasidan berilgan takliflar yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan keng muhokamalar qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga sohaga oid qonunchilik hujjatlarini mazmun-mohiyat yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

19
Yuridik xizmatning faoliyati doirasi kengaymoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi 173-sonli qarori asosida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati kengaymoqda.

Joriy yilning 14 iyul kuni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, Mirzacho'l tuman adliya bo`limi hamda "UNICON-SOFT" MChJ ning "E-huquqshunos" elektron hujjat almashish tizimiga ma`sul xodimlari ishtirokida elektron tizim bo'yicha yangidan qamrab olinishi nazarda tutilgan davlat tashkilotlari, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarning xodimlari ishtirokida o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Seminar mashg'uloti davomida Adliya bo`limi va “UNICON-SOFT” MChJ ning mas'ul mutaxassislari tomonidan davlat tashkilotlari, ularning quyi tizimi tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy tusdagi hujjatlarni “E-Huquqshunos” elektron tizimiga biriktirish, ular bilan ishlash, ular bo'yicha huquqiy hulosalar olish tartibi va masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi.

18
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati yanada kengaymoqda.

Joriy yilning 15-iyul sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi majlislar zalida Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  18.03.2022 yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-173-sonli qarori ijrosi bo'yicha seminar tashkil etildi.
  Ushbu yig'ilishda qarorda ko'rsatilgan barcha tashkilot xodimlarining ishtirok etishi ta'minlandi.

  Seminar mashg‘uloti davomida “UNICON-SOFT” MChJning mas’ul mutaxassislari davlat tashkilotlari, ularning quyi tizimi tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy tusdagi hujjatlarni “E-Huquqshunos” elektron tizimiga biriktirish, ular bilan ishlash, ular bo‘yicha huquqiy xulosalar olish tartibi va masalalari haqida batafsil tushuncha berildi.

  Viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A.Shermatov tomonidan mazkur tizimning qulayliklari va ahamiyati xususida atroflicha yoritib berildi.

  Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan batafsil javob oldilar.

17
2022 yil 14-iyul kuni Sharof Rashidov tuman hokimligi majlislar zalida seminar-trening o‘tkazildi.

2022 yil 14-iyul kuni Sharof Rashidov tuman hokimligi majlislar zalida Sharof Rashidov tuman hokimi M. Xolbutayev Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi ma'sul hodimi A.Shermatov, “Unikon SOFT” MChJ ma'sul hodimi N.Irmatov, Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig'i I.Rashidov hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumanidagi Davlat soliq inspeksiyasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi, Qishloq xo‘jalik bo‘limi, umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar mas’ul xodimlari bilan seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyun kungi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori, 2022-yil 18-mart kungi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarori mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi. Qatnashchilarga “E-huquqshunos” elektron tizimi, uning imkoniyatlari, undan foydalanish va hujjatlar almashinuvi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shu bilan birga “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mas’ul xodimlarda ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

17
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi yangi tashkilotlarni qamrab olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarori bilan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi belgilangan.
Prezident qaroriga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan:

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

turizm va madaniy meros bo‘limi;

sportni rivojlantirish bo‘limi;

oila va xotin-qizlar bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
13-iyul kuni Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi, Baxmal tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi hamda "UNICON-SOFT" MChJning ma`sul  xodimlari ishtirokida yangi qo`shilayotgan tashkilotlarning rahbar va ma'sul xodimlari ishtirokida  o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Seminar mashg'uloti davomida “UNICON-SOFT” MCHJning mas'ul mutaxassislari davlat tashkilotlari, ularning quyi tizimi tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy tusdagi hujjatlarni “E-Huquqshunos” elektron  tizimiga biriktirish, ular bilan ishlash, ular bo'yicha huquqiy hulosalar olish tartibi va masalalari haqida batafsil tushuncha berildi.
Bundan tashqari, seminar davomida viloyat  Adliya boshqarmasi huquqiy xizmatlar bo`limi boshlig`i A.Shermatov tomonidan mazkur tizimning qulayliklari va ahamiyati aytib o`tildi hamda ishtirokchilarning tizim hamda huquqiy tusdagi savollariga javob berildi.

16
Yuridik xizmatning faoliyati doirasi kengaymoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi 173-sonli qarori asosida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati kengaymoqda.

Joriy yilning 14iyul kuni Jizzax viloyati adliya boshqarmasi, Do`stlik va Arnasoy tuman adliya bo`limlari hamda "UNICON-SOFT" MChJ ning "E-huquqshunos" elektron hujjat almashish tizimiga ma`sul  xodimlari ishtirokida elektron tizim bo'yicha yangidan qamrab olinishi nazarda tutilgan davlat tashkilotlari, umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarning xodimlari ishtirokida o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Seminar mashg'uloti davomida Adliya bo`limlari va “UNICON-SOFT” MChJ ning mas'ul mutaxassislari tomonidan davlat tashkilotlari, ularning quyi tizimi tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy tusdagi hujjatlarni “E-Huquqshunos” elektron tizimiga biriktirish, ular bilan ishlash, ular bo'yicha huquqiy hulosalar olish tartibi va masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi.