Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

09
Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi 59816 harbiy qism harbiy xizmatchilari o'rtasida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan hamda konstitutsiyaviy islohotlar doirasida tadbir tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi 59816 harbiy qism harbiy xizmatchilari o'rtasida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan "Harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila madaniyatiga, axloq odob qoidasiga rioya qilish" mavzusi hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi yuzasidan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni. Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni","Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir" mavzularida kiritilayotgan o`zgartirishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, Tadbirda Jizzax viloyati Harbiy prokuraturasi adliya mayori O.Haydarov hamda YPX xodimi Mayor  A.Xudoyqulov hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat ishchi organi, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi xodimi Sh.Sulaymonovlar tomonidan tushunchalar berildi.

08
Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 07.07.2022-yil kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Jizzax viloyat Bosh boshqarmasida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i v.b Sh.Sulaymonov tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-son Farmoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi yuzasidan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", “Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari”, “O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir”, “Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi”, “Oila, otalik, onalik, bolalikning davlat muhofazasi – Yangi Konstitutsiyada mustahkam kafolatlar” mavzularida kiritilayotgan o`zgartirishlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Suhbat davomida tadbir qatnashchilaridan Konstitutsiyaning yangi loyihasi yuzasidan  takliflar tinglandi va fikr almashildi.

08
Yangiobod tumanida Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan keng jamoatchilik muhokamalari bo‘lib o‘tdi.

Yangiobod tumanida Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan keng jamoatchilik muhokamalari bo‘lib o‘tdi.
ngiobod tumani Balandchaqir MFYdagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muassasa xodimlari va ota-onalar ishtirokida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i J.Abduxoliqov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari S.Abdurahmonova, Balandchaqir MFY raisi A.Karimov hamda deputat O.Begmatovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga keng tushunchalar berib, Konstitutsiyaning barcha bo‘limlari, boblari va moddalarini keng muhokama qilish asnosida amalga oshirilayotganligi va buni fuqarolardan kelib tushayotgan takliflar misolida ham ko‘rishimiz mumkinligini ta’kidladilar.
Binobarin, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan fuqarolarning fikr va takliflarini qabul qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur jarayonlarda nafaqat huquqshunos mutaxassislar, balki keng jamoatchilik ham faol ishtirok etmoqda. Tadbirda "Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlari himoyasi kafolatlarining mustahkamlanishi", "Mehnat qilish huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat ijtimoiy himoyasi, pensiya, nafaqa, ish haqi tizimining mustahkamlanishi", "Ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi – yangi Konstitutsiyada ekologiya masalasi", "Yangi Konstitutsiyada shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsning erkin harakatlanish kafolatlari, shaxsni himoya qilish borasidagi yangiliklar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" mavzulari dorasida  keng fikr almashildi.
Mazkur jarayonlardan ko‘rishimiz mumkinki, fuqarolarimiz yurtimizda bo‘layotgan islohotlarga, keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emaslar.
Shuningdek, yig‘ilishda ta’kidlandiki, Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilmoqda. Bu esa Yangi O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzining yanada ortishi va xalqimiz farovonligining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

07
Do‘stlik tumani hokimligida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini targ‘ib qilishga qaratilgan huquqiy tadbir o‘tkazildi.

Do‘stlik tumani hokimligida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini targ‘ib qilishga qaratilgan huquqiy tadbir o‘tkazildi.
Do‘stlik tumani hokimligida "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan huquqiy targ`ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda amaldagi Konstitutsiyaning yangi loyihasiga muvofiq  hujjatning muqaddima qismi va 64 ta moddasiga 200dan ortiq o'zgartirish va qo'shimchalar, 6 ta yangi modda kiritilishi rejalashtirilayotganligi aytib o'tildi.
Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o`zgartirishlar, xususan, "Mehnat qilish huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat ijtimoiy himoyasi, pensiya, nafaqa, ish haqi tizimining mustahkamlanishi",  "Yangi Konstitutsiyada shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsning erkin harakatlanish kafolatlari, shaxsni himoya qilish borasidagi yangiliklar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" kabi mavzular doirasida kiritilayotgan yangi normalar mazmun-mohiyati to`g`risida fikr almashildi.  
Shuningdek, tadbir davomida Yangi Konstitutsiya loyihasining 27-moddasiga katta e'tibor qaratilib, quyidagicha qo`shimchalar kiritilganligi haqida ma'lumot berildi. Yangi Konstitutsiya loyihasining 27-moddasiga ko'ra: shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirilayotgani, har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o‘z sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega ekanligi, har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga egaligi, har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga egaligi, ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilanayotgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg`otdi. Tadbirda tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Ra’no Fozilova, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, tumandagi bir qator muassasalar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda  Do’stlik tuman adliya bo‘limi xodimi M.Atamurodov Konstitutsiya bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Targ‘ibot tadbirida ishtirokchilarning Konstitutsiya loyihasi moddalari bo‘yicha takliflari ham eshitildi.

06
Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan navbatdagi o'quv-seminar, targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i I.Rashidov va yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan 2022-yil 5-iyul kuni tuman Musiqa va san'at maktabining majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-sonli qarori asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab yuridik xizmat ko‘rsatilishi munosabati bilan tuman qishloq xo'jaligi, oila va xotin-qizlar, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko'maklashish markazi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarilarining "E-huquqshunos" tizimi bilan ishlovchi xodimlariga tizimda ishlash bo‘yicha tushuntirish berish maqsadida seminar tashkil etildi. Unda seminar qatnashchilariga yuridik tusdagi hujjatlarni markazga jo‘natish tartibi, tegishli xulosa olingan hujjatlarni imzolash jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlar berdilar.
Shuningdek, asosiy qomusimiz bo’lmish Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni jamoatchilik orasida to‘g‘ri talqin qilib, yetkazishda maktab rahbarlarining, ziyolilarning o‘rni muhimligi ta'kidlab o‘tildi. Zero, bu borada joylardagi ziyoli qatlam sifatida umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlarining o'rni alohida ahamiyatga ega.
Vaholangki, so‘nggi paytlarda xalq muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasini noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchrab turgani, biz Adliya tizimi xodimlariga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklamoqda.

05
Jizzax shahar adliya bo'limi DXM xodimlari fuqarolar xizmatida.

Jizzax shahar adliya bo'limi DXM xodimlari Jizzax shahrida yashovchi guruh nogironligi bo’lgan fuqarolarga sayyor xizmat ko’rsatib, davlat organlari va tashkilotlari xalqqa xizmat qilishi lozimligi tamoyili asosida faoliyat olib bormoqda.

05
Arnasoy tuman Tibbiyot birlashmasida "Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari" mavzusi doirasida suhbat tashkil etildi.

Arnasoy tuman Tibbiyot birlashmasida "Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari" mavzusida suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida tibbiyot sohasiga doir keng o'zgarishlar ayniqsa Konstitutsiyamizning 40-moddasiga kiritilayotgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Yangi Konstitutsiya loyihasining 40-moddasiga quyidagicha qo`shimchalar kiritilgan: "Har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.  Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi".
Arnasoy tuman adliya bo`limi davlat xizmatlari markazi xodimi Sh.Uskanov tomonidan 40-moddaning mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berdi.  

04
"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Davr — o'zgarishlarni talab qilmoqda. Bu esa, konstitutsiyaviy islohotlar bilan amalga oshiriladi. Umuman olganda, xorijiy amaliyotda konstitutsiyaviy o'zgarishlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, nisbatan yangi qabul qilingan Konstitutsiyalarda asosiy normalar sifatida  ekologik muammolarni bartaraf etish, qadriyatlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmaslik, millatlararo totuvlik, xavfsizlik, inson qadri hamda umuminsoniy qadriyatlarni yuqori qo'yish kabi umuminsoniy, demokratik normalar o'rin olgan.

O'zbekiston Respublikasida ham Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni muhim bosqichga kirdi. Shuni aytishimiz joizki, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar «inson-jamiyat-davlat» prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy Konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.
Joriy yilning 25-iyunidan mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi. Mazkur islohotlar avvalo “Inson qadri uchun” xizmat qilishini keng jamoatchilikka sodda, xalqchil tilda yetkazish adliya organlarining ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu bois joylarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, adliya organlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, oliy o'quv yurtlari professor-o`qituvchilari, mutaxassislari ishtirokida Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalarning mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, 02.07.2022-yilda Jizzax davlat Pedagogika universiteti madaniyat saroyida   Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari A.Qodirov va hamkor tashkilotlar, talabalar ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda KOnstitutsiyamizga kiritilayotgan asosiy o'zgartirishlar, jumladan, "Yangi Konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari", "Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat ijtimoiy himoyasi, pensiya, nafaqa, ish haqi tizimining mustahkamlanishi", "Yangi Konstitutsiyada shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsning erkin harakatlanish kafolatlari, shaxsni himoya qilish borasidagi yangiliklar", "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni. Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir", "Oila, otalik, onalik, bolalikning davlat muhofazasi – Yangi Konstitutsiyada mustahkam kafolatlar" mavzularida batafsil tushunchalar berilib, moddalarga kiritilayotgan o`zgartirishdan maqsad nima ekanligi seminar ishtirokchilariga yetkazib berildi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov tomonidan Konstitutsiyaning 29-, 63- hamda 101-moddalari yuzasidan o'z takliflarini bildirdi. Natijada 63-moddaga berilgan taklif  ijobiy qabul qilinib, albatta o`zgartirish kiritish lozimligi takidlandi.

03
Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tuman-shahar adliya bo'limlari tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 28-iyunda tasdiqlangan "Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” rejasi Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman-shahar adliya bo'limlari tomonidan joylarda targ'ibot- tashviqot ishlari olib borildi. Xususan, “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan, Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tuman xalq ta’limi bo‘limi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tuman kadastr palatasi binolarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda asosiy g'oya O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shartligi, unga hurmatsizlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, ushbu tadbir yuzasidan G‘allarol tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan #g‘ururimgerbim, #faxrimgerbim xeshteglari ostida maxsus viderolik tayyorlandi.
Yangiobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida, Sharof Rashidov adliya bo‘limi tomonidan tuman Sanitariya-epidemalogik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limida, Zafarobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Axborot-texnik markazida davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarinining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbatlari, seminar va uchrashuvlar o‘tkazildi.

02
Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasida.

Ta’kidlash joizki, xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek Davlatimiz Rahbarining Komissiya a’zolari bilan uchrashuvida "Insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmokda. Konstitutsiyaga o‘zgartishlar "inson-jamiyat-davlat" prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.
Shu munosabat bilan G’allaorol tumani hokimligida, tumandan Oliy Majlis qonunchilik Palatasiga saylangan deputat, Oliy Majlis Senati a’zosi, tuman adliya bo‘limi boshlig'i O.Xasanov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari  ishtirokida qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik Palatasi deputati, Senati a’zosi va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i xalqimiz tomonidan berilgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy  tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning tegishli moddalariga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati tadbir qatnashchilariga tushuntirib berildi.