Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
"Adliyadan gapiramiz" loyihasi

"Adliyadan gapiramiz" loyihasining ilk soni e'tiboringiz markazida. Mazkur dastur yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda tizim xodimlarining faoliyati haqida so'z yuritadi. Bugun adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlari bo'limi yetakchi maslahatchisi Abdurauf Abdushukurov. Mavzu esa Vazirlar Mahkamasining "Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarning xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori.

17
Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish nima beradi?

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.
Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.
Qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Xo‘sh, respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bizga nima beradi?
Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.
Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ishlatiladi.
Uchinchidan, aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
To‘rtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.
Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qo‘llaniladi.
Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.
Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta
va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.
Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

B.Mamayusupova,
Viloyat statistika boshqarmasi
Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi

17
Qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etish mexanizmlari

2020 yil 12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror bilan Jizzax viloyati bo'yicha ham “Ishga marhamat” monomarkazlarini tashkil etish ko'zda tutilgan bo'lib, Qaror ijrosi va monomarkaz faoliyati bilan to'liq tanishish maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Jizzax shahrida tashkil etilgan monomarkaz faoliyati o'rganildi.

Monomarkaz 2021-yilning 1-iyun sanasidan faoliyatini boshlagan bo'lib, mazkur monomarkazda ishsiz, band bo'lmagan aholini 4 ta soha bo'yicha 22 ta kasb-hunarga va 3 ta xorijiy tillar va 3 ta IT sohasi bo'yicha o'qitish tashkil etildi.

Monomarkazning yillik o'qitish quvvati 1575 nafar, bir vaqtning o'zida tinglovchilar sig'imi 490 nafarni tashkil qiladi. Monomarkaz faoliyat boshlagandan boshlab jami 3822 nafar fuqarolar jalb qilinib, 2768 nafari (68%) ayollar, 1054 nafari (32%) erkaklar. SHundan, ayollar daftaridagilar 302 nafar, yoshlar daftaridagilar 65 nafar, temir daftardagilar 4 nafar. Jami 1334 nafar tinglovchi monomarkazni bitirgan. Ushbu bitiruvchilarning 884 nafari (66%) 30 yoshgacha, 345 nafari (25%) 30-45 yoshgacha va 105 nafari (6%) 45-60 yoshgacha.

Mazkur qaror bilan mehnat organlari yo‘llanmasi bilan yuborilgan ishsiz fuqarolarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; boshqa fuqarolar uchun — fuqarolarning o‘z mablag‘lari yoki o‘z ishchilarini kasbiy malakasini oshirish uchun (kasbiy o‘qitish, qayta o‘qitishga) yuborgan ish beruvchilar yoki yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to'lanishi belgilangan.

Monomarkazda xozirgi kunda 718 nafar fuqarolar o'qishni davom ettirishmoqda. Ayni paytda turkiyalik mataxassislar 3 yunalish bo'yicha mashg'ulot olib borishmoqda. Xalq manfaati va inson qadri uchun qabul qilingan shu kabi qonun hujjatlari amaliyotga joriy etilishi ortidan aholi uchun juda katta imkoniyatlar yaratilishi bugungi tanishuv davomida yanada yorqinroq namoyon bo'ldi.

16
Jizzax shahar DXMda ID-kartalari rasmiylashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF–6269-son Farmoniga muvofiq, 2022-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va berish xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilishi belgilangan. 14-iyun kuni Jizzax shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartasini rasmiylashtirish va berish xizmati yo'lga qo'yildi. Endilikda mazkur xududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bevosita ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo'ladi.

15
Xodimlar mahoratini oshirish asosiy maqsadimiz

Hozirgi kunda yosh kadrlarga bo'lgan ehtiyoj katta. Vaholanki yosh avlod kelajagimiz poydevoridir. Bugun esa kadrlar salohiyatini oshirish, har tamonlama bilimli, yetuk xodimlarni tayyorlash uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar yuzasidan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi yetakchi maslahatchisi Sh.Sulaymonov tomonidan Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlarning huquqiy savodxonligi bo`yicha bilim va salohiyatini oshirish maqsadida targ'ibot ishlari olib borildi.

14
Huquqiy savodxonlik zamon talabi

Paxtakor tuman adliya bo'limining davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi davlat tashkilotlari xodimlariga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishborasida targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Har bir samarali natijaga yuzma-yuz suhbat, bir-biri bilan munosababga kirishish, tushunmovchiliklarni birga tahlil etish orqali erishish mumkin. Xodimlar bilan ichki kommunikasiyani o'rnatmasdan turib tashqi olam bilan aloqaga kirishish, faoliyat doirasida biror-bir yutuqqa erishish qiyin masala. Shu sabab har doim xodimlarning bilimini oshirish, ularga imkoniyatlar yaratish orqali ko'zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyatda huquqiy savodxonlikning yuqori bo'lishi esa o'z navbatida barcha sohalar taraqqiyotida munosib o'ringa ega.Tuman tibbiyot birlashmasi va tuman suv oqova korxonasi xodimlari bilan bo'lgan uchrashuvlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"ga farmoni hamda "Davlat xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o'tildi.

13
ADLIYA SPARTAKIADASI

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Adliya spartakiadasi o'tkazilmoqda.
Spartakiadada vazirlik Markaziy apparati hamda hududiy adliya organlari xodimlari quyidagi sport turlarida o'zaro bellashmoqda:
➖mini-futbol;
➖stol tennisi;
➖shaxmat;
➖badminton;
➖armrestling va boshqa bir nechta sport turlari jam bo'lgan.
Mazkur spartakiadada Jizzax viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
Natijalarga ko'ra ayni vaqtga qadar kamondan o'q otish sport turi bo'yicha jamoamiz birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Qolgan sport turlari bo'yicha ham ularga omad tilaymiz!
Ilk bor o'tkazilayotgan bunday sport bayrami yuqori saviyada tashkil etilganligi bilan ahamiyatlidir.

Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida do'stona munosabatni shakillantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish maqsadini o'zida mujassam etgan bu musobaqaning tashkilotchilariga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz

10
Yoshlar oyligi doirasida "galstuksiz kun"

Jizzax davlat pedagogika institutida Yoshlar oyligi doirasida bir-biridan ajoyib tadbirlar tashkil etildi. "Galstuksiz kun"-bu iborani eshitib bu uchrashuvga kimlar kelishi darrov ko'z oldingizda namoyon bo'ladi. Nufuzli davlat tashkilotlarining aynan rahbarlari bilan ko'rishishni umid qilasiz. Mazkur tadbirda ham huddi shunday bo'ldi. Talaba yoshlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda Jizzax shaxar hokimi K. Xolmurodov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov hamda institut rektori Sh.Sharipov talaba yoshlarning taklif, tashabbuslariga, g'oya hamda loyihalariga o'z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda ularni qo'llab quvvatlashga hamisha tayyor ekanliklarini qayd etishdi. Erkin, ochiq va dildan qurilgan suhbat davomida rahbarlar o'z hayot yo'llari, ish faoliyatida yuzaga kelgan qiyinchiliklari, bularning barini sabr-toqat, bilim va tajriba bilan yengib o'tib, xozirda mana shunday havas qilarli darajaga erishganini hikoya qildilar.

09
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi yana bir yangi loyihani amalga oshirmoqda.

"Adliyadan gapiramiz"-mazkur loyixada tizim xodimlari adliya organlarining vazifa va funksiyalarini o'z faoliyatlari misolida tushuntirib berishadi. Har haftaning chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalarimiz orqali lavhalarimizni kuzatib borishingiz mumkin.                                                                                                                  

08
TIJORAT BANKLARI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA SHOXOBCHALARINI JOYLASHTIRISHI MUMKIN

Tijorat banklari  (https://lex.uz/docs/5971599)uchun ajoyib yangilik. Endi siz viloyatdagi 13 ta Davlat xizmatlari markazlarida o‘z shoxobchangiz faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan tijorat banklari Jizzax viloyat adliya boshqarmasiga joriy yilning 20 iyuniga qadar (72 2215050 (3550) murojaat qilishlari mumkin.