Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

01
"Tadbirkorlik kodeksi" muhokamasida barcha tadbirkorlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabaringiz bor Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qildi.

Kodeks bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni tartibga solish ko'zda tutilmoqda.
Mazkur qonun hujjatidan aholini ayniqsa tadbirkorlarni xabardor etish va ularning munosabatlarini, takliflarini o'rganish maqsadida Adliya vaziri o'rinbosari Alisher Karimov boshchiligida davra suhbati tashkil etildi.
Kodeks bilan tadbirkorlik sohasida yana qanday o'zgarishlar, yangiliklar, imtiyoz va imkoniyatlar belgilanishi borasida aniq ma'lumotlar berildi. Jizzaxlik tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga adliya vazirligi mutasaddilari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

30
Adliya va AOKA hamkorligi.

  Joriy yilning 24-iyun sanasida Jizzax shahar adliya bo'limi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi hamkorlikda Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga doir amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida seminar tashkil etildi.
Seminarni Jizzax shahar adliya bo'limi boshlig'i Musaxon Asatullayev ochib berdi, hamda konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish masalasida o'z fikrlarini bayon qildi. Shundan so'ng, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i Adilov Ulug'bek Shaharovich sohada amalga oshirilayotgan ishlar tog'risida seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.
     Seminar davomida Jizzax shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori Mamatov Sardor, Jizzax shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Doniyor Nizomov hamda Abdulaziz Raxmatovlarning ma'ruzalari tinglandi. Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi masalasida fikrlar almashindi.

     Taklif yuborishning bir necha muqobil imkoniyatlari yig'ilish ishtirokchilariga yana bir bor eslatilib, takliflar yuborishni keng ommaga targ'ib qilish kerakligi ta'kidlandi.

    meningkonstitutsiyam.uz veb-sahifasi;
    mahalla fuqaro yig‘inlari;
    Xalq deputatlari kengashlari;
    1341 call-markazi;
    pochta orqali (Konstitutsiyaviy komissiyaga xat yuborish bepul)
    Telegram-bot (@meningkonstitutsiyam_bot)

     Konstitutsiyaga berilayotga takliflar sonini oshirish maqsadida barcha tuman (shahar) gazeta va jurnallari taxririyati oldiga ushbu mavzuni yoritish masalasi qo'yildi.

28
Zarbdor tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan barcha Maktab kadrlarlar bilan ishlash mutaxassislari bilan birgalikda Zarbdor tuman Adliya bo‘limi  Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari targ‘ibot tadbirida  “E-huquqshunos” elektron tizimi yuzasidan o‘quv amaliy tushuntirish berib o‘tdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarori yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga oddiy va sodda qilib seminar treyning o‘tkazildi.

Shuningdek, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish va elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga yuboradi.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazning mas’ul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat almashish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishi yuzasidan tushuntirishlar berilib o‘tildi.

Elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazidan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlaydi.

Yuqoridagi masalalar yuzasidan seminar ishtrokchilariga aniq va qiziqarli qilib savol javob tariqasida fikr almashish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

27
Adliya bo'limi binosida sayyor sud tashkil qilindi.

Adliya bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari B.Azimov va boshqalarning (jami 12 nafar) murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, Sharof Rashidov tuman hokimining tegishli qarorlari bilan tuman hokimligi yer zahrasidagi maydonlari 1-yilga vaqtinchalik muddatga ijaraga berilgan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasi 6-qismida yer uchastikalar ijrosining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuvga binon belgilanishi va shartnomada mustaxkamlab qo‘yilishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, biroq o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga berilishi mumkinligi belgilangan bo‘lsada tuman hokimligi ma’sullari mazkur talabni qo‘pol ravishta buzganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha adliya bo‘limi 12 nafar fermerlar manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga Sharof Rashidov tuman hokimining ushbu fermer xo‘jaligiga chiqargan qarorlarning 2-bandini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish majburiyatini yuklash haqida da’vo arizalari kiritildi.
Kiritilgan da’vo arizalar yuzasidan 2022 yil 24 iyun kuni soat 11:00 da adliya bo‘limining faollar zalida Jizzax tumanlararo ma’muriy sud raisi A.O‘rinov ishtrokida sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilib, adliya bo‘limining da’vo arizasi qanoatlantirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari fermerlarga yer oid qonunchiliklar bo'yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

26
Biz birgamiz ijtimoiy loyihasi doirasida "Yangi nafas" yugurish marafoni Jizzaxda tashkil etildi.

Biz birgamiz ijtimoiy loyihasi doirasida "Yangi nafas" yugurish marafoni Jizzax shahrida ham tashkil etildi.
«Yangi nafas» yugurish marafoni nafaqat aholi orasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishga, balki yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
«1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz» shiori ostida 3 kilometr masofaga yugyrish bo'yicha o'tkazilayotgan mazkur musobaqa Jizzax viloyatida ham ko'tarinki ruxda boshlandi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron ishtirokchilarga sport kiyimlari ulashildi.
Quvonarlisi ular ham, xech kimdan kam emasliklarini marafon orqali namoyish etishlariga, ham ruhan ham jismonan kuchli ekanliklarini isbotlashga imkoniyat yaratildi.
Shu bilan birga xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan fleshmob ham tashkil etildi. Sog'lom turmush tarzini shakillantirish orqali bu illatga qarshi kurashish mumkin.
Eng quvonchlisi g'alaba nashidasi. Imkoniyati cheklanganiga qaramay kuchli iroda bilan harakat qilgan marafon ishtirokchilaridan eng yaxshi natija ko'rsatgan xavaskor sportchilarga Adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Ularning quvonchdan porlagan ko'zlarida hayotga, yashashga ishtiyoqni, ishonchni ko'rish mumkin.
Ajoyib taassurotlarga boy bo'lgan sport musobaqasi bir piyola choy ustida davom etdi. Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va xodimlari mazkur tadbirni a'lo darajada o'tishi uchun bor imkoniyatlarini sarfladilar. Birgalashib mana shunday ijobiy va hayrli natijaga erishildi. Barchaning kayfiyati a'lo. Sport-tinchlik, do'stlik elchisi deb bekorga aytilmagan. Marafon ishtirokchilariga yozilgan dasturxon atrofida bo'lib o'tgan raqs, o'yin-kulgu ular kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi.

25
Davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tartiblar mazmun mohiyati, ularni joriy qilish mexanizmlari to'g'risida seminar tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev huzurida 2022-yil 7-aprel kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishi 28-sonli BAYONI 22-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 2-choragi davomida davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha 24.06.2022-yilda  O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida Jizzax villoyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari markazi va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i V.Eshimov hamda Jizzax shahar adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti A.Rahmatov hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tartiblar mazmun mohiyati, ularni joriy qilish mexanizmlari to'g'risida, shuningdek, “Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini yanada kuchaytirish”, O‘zbekiston Respublikasining 445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Davlat xizmatlari ko`rsatish bo`yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tartiblar mazmun mohiyati, ularni joriy qilish mexanizmlari to`g`risida va xodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash bo`yicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Muhokama va savol-javoblar ko‘rinishida o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar mazkur jarayonda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

24
Mingchinor mahallasida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to'g'risida "gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat organlarining rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor qabullar tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi,tuman Adliya bo'limi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish Agentligi, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini o'rganish maqsadida  Mingchinor mahallasi 5-maktab binosida sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Tumanda o'tkazilgan sayyor qabulda ko'rilgan murojaatlarning sifatli o'rganib chiqilishini tashkil etish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ishlarni jadallashtirish "Mahallabay" qabullarni tashkil etish bunda, aholini murojaat qilishga eng ko'p majbur qilayotgan tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarini mahallaning o'zida bartaraf etish hamda muddat va mablag' talab qilinadigan masalalar yozib olinib mutasaddilar nazoratiga berildi.

23
“Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika institutida “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida “Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimligi, Adliya boshqarmasi rahbariyati, NNT vakillari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Latibjon Ahmadjonov kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Davra suhbatida ijtimoiy sheriklik munosabatlari hamda dolzarb masalalarni hal etishda davlat organlari va NNTlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, respublikada barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda NNTlarning tashabbuskorligi, faolligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganish, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib borish bo‘yicha takliflar bildirildi

22
Sharof Rashidov tumani faollar zalida huquqiy seminar tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax viloyati ma'muriy sudining sudiyasi Sh.Boliyev Jizzax tumanlararo ma‘muriy sud raisi A.O'rinov ishtirokida Sharof Rashidov tumani adliya bo'limi foallar zalida bo'limi xodimlari bilan seminar o'tkazildi.

Dastlab, seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2022-yil 29-yanvarda qabul qilingan PQ-107-sonli qarori va boshqa qonunchilikdagi yangiliklar, kiritilgan oxirgi o'zgarishlar va sud muhokamasi oshkoraligi mavzularida tushuntirish berdi.
Ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.

21
Zarbdor tumanida "E-huquqshunos" elektron tizimi yuzasidan o'quv amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan barcha maktab kadrlari bilan ishlash mutahassislari bilan birgalikda Zarbdor tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi I.Qayumov va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hodimlari A.Abduvaitov, F.Eshaliyevlar targ'ibot tadbirida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori va 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Zarbdor tumanidagi davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish bilan bog'liq barcha ma'lumot va jarayonlarni to'liq elektron ravishda yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi "E-huquqshunos" elektron tizimi yuzasidan o'quv amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori yuzasidan yig'ilish ishtirokchilariga oddiy va sodda qilib seminar treyning o'tkazildi.Bunda,"E-huquqshunos"elektron tizimi quydagi asosiy imkoniyatlari to'g'risida Zarbdor tuman adliya bo'limining Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hodimi F.Eshaliyev tomonidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyhalari namunalaridan erkin foydalanish va elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonida shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyhasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Yuridik xizmat ko'rsatish markaziga yuboriladi. Yuridik xizmat ko'rsatish markazining ma'sul hodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o'zaro hujjat almashish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishi yuzasidan chuntirishlar berib o'tildi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan seminar ishtirokchilariga aniq va qiziqarli qilib savol-javob tariqasida fikr almashish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.