Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

07
Jizzaxda 49 yil erkak sifatida qayd etilgan fuqaro aslida ayol bo'lib chiqdi

Baxmal tumani adliya bo'limiga 1973 yil 23 martda tug'ilgan fuqaro Nurbekov O'lmasoy Eshmurodovna murojaat qildi. Ism-sharif g'alati eshitilayaptimi? O'lmasoyning aytishicha, unga berilgan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma xatolik, ya'ni jinsni erkak deb yozilishi natijasida ’’Nurbekov O'lmas Eshmurodovich’’ deb noto'g'ri qayd qilingan. 49 yildirki, uning jinsi va ismi sharifi hujjatda noto'g'ri qayd qilinganicha qolmoqda.

Adliya vazirligining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to'g'risidagi“ yo'riqnomasida FHDYO organlarining vazifalari, majbriyatlari keltirilgan. Ushbu Yo'riqnomaning 129-bandida, agar dalolatnoma yozuvida shaxsning ismi qisqartirilib erkalash shaklida yoki imloviy xato bilan yozilgan bo'lsa, dalolatnoma yozuviga ushbu shaxsning arizasiga asosan o'zgartirish kiritilishi” belgilab qo'yilgan. Dalolatnoma yozuviga o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga yetarli asoslar mavjud bo'lganda tegishli o'zgartirishlar kiritiladi va ariza beruvchiga yangi guvohnoma rasmiylashtirilib beriladi.

FHDYO organlari xodimlari o'z vazifalariga bee'tibor bo'lganligi uchun mas'ul xodimlarga ish beruvchi tomonidan ogohlantirishlar berilgan.

Tuman adliya bo'limi boshlig'i N.Qodirovning ma'lumot berishicha, hozirda fuqaroning ismi sharifi ’’Nurbekova O'lmasoy Eshmurodovna’’ deb, jinsi esa “ayol” deb to'g'ri qayd etildi va 49 yillik muammo bartaraf etildi.

06
Tezkor, qulay va samarali targʻibot

Jizzax teleradiokanali “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yuguruvchi titrlar orqali yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning aholi uchun dolzarb va qiziq boʻlgan asosiy jihatlari berib boriladi.
3 may soat 7:00, 13:00, 17:00, 19:00, 21:30 larda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori yuzasidan kerakli ma'lumotlar joylandi.

03
Profilaktika eng samarali yechim

Jizzax viloyat prokuraturasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalasi koʻrib chiqildi. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Sh.K.Saidov jinoyatchilik va huquqbuzarlikning barvakt oldini olishda huquqiy madaniyat va savodxonlikning o'rni xususida gapirib o'tdi. Bu borada mas'ul idoralar tomonidan huquqiy targ'ibot tadbirlarini manzilli va predmetli amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.

02
AHOLINI RO‘YXATGA OLISHDA MIGRATSIYANING TA’SIRI

Migrantlarni ro‘yxatga olishni rejalashtirish va amalga oshirishda, shuningdek, ularning tavsiflari va belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun konsepsiyalarni ishlab chiqarishda mamlakatning milliy huquqiy asoslari va xos bo‘lgan shartlari e’tiborga olinishi kerak. Umuman olganda, 2020 yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar asosiy migratsiya belgilari: tug‘ilgan mamlakati, fuqarolik mamlakati, avvalgi yashash joyi, kelish vaqti va migratsiya sababi, shuningdek  turli xil boshqa ichki migratsiya ma’lumotlari bo‘yicha ma’lumot to‘plash keng qamrovli qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ro‘yxatga olish doirasida migratsiya nuqtai nazaridan ikki xil jihat ajratilishi mumkin:
-xalqaro migrantlar va xalqaro migratsiya nuqtai nazaridan manfaatdor bo‘lgan boshqa guruhlarning soni va kelib chiqadigan oqimlarini xalqaro oqimlarning vaqtinchalik va geografik xususiyatlari haqida ma’lumot bilan o‘lchash;
-ichki migrantlarning soni va bundan tashqari oqimlarini ichki oqimlarning vaqtinchalik va geografik xususiyatlari haqida ma’lumot bilan o‘lchash.
Umuman olganda, xalqaro va ichki migratsiya oqimlari murakkab va ular ko‘lami jihatidan ham oshib bormoqda. Xususan, xalqaro migratsiya holatida muhojirlar oqimi sonini aniqlash kelib chiqadigan mamlakatlar va mezbon mamlakatlar yoki bir
necha xorijiy davlatlarni qamrab oladigan doiraviy oqimlar o‘rtasidagi ko‘plab oqimlarni hisobga olishni talab qilishi mumkin. Xalqaro migratsiya ko‘p millatli, ko‘p oqimli va ko‘p tilli jamiyatlarning shakllanishiga olib keladigan xilma-xillikni kuchaytiradi.
2022 yil 1 aprel holatiga viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 1912 nafarni tashkil etgan, ko‘chib ketganlar soni esa 2297 nafarni tashkil etgan, migratsiya saldosi  -385 tashkil etgan. Bunda, eng yuqori ko‘rsatkich Sh. Rashidov tumaniga to‘g‘ri kelyapdi: ko‘chib kelganlar soni 493 kishini tashkil etib, ko‘chib ketganlar soni esa 337 kishini tashkil etgan, migratsiya saldosi 156 kishini tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich Yangiobod tumaniga to‘g‘ri kelib: ko‘chib kelganlar soni 31 kishini tashkil etib, ko‘chib ketganlar soni esa 65 kishini tashkil etgan, migratsiya saldosi   -34 kishini tashkil etdi.

01
"BOLA HUQUQLARI" PORTALI BAYRAM MEHMONI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlar ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirdi.

Eng asosiysi bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Adliya vazirligining "Bola huquqlari" portalidan joy olgan huquqiy o'yinlar bo'yicha bolajonlarning savodxonliklari sinovdan o'tkazildi. Ushbu viktorina orqali bolalar o'z bilimlarini mustahkamlash bilan birgalikda, yangi bilimlarga ham ega bo'lishdi. Berilgan savollarga eng ko'p to'g'ri javob bergan o'g'il-qizlarga maxsus sovg'alar, bola huquqlari aks ettirilgan axborot materiallari taqdim etildi.

30
Kun bilan hamnafas targ'ibot

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi "Kun bilan hamnafas" targ'ibot loyihasini amalga oshirmoqda. Unga ko'ra davlatimiz rahbarining har bir selektor yigilishi mavzusiga oid qonun hujjatlarini aholiga tushuntirib borish maqsadida tegishli davlat organlari mas'ul xodimlarini jalb etgan xolda ko'rsatuvlar tayyorlanib efirga uzatib borilmokda.

Bugungi mavzu: Sport ta'limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan.

27
Oila–muqaddas dargoh.

Oila bu muqaddas dargoh uni buzishga xech kimning xaqqi yo‘q. Oilani mustaxkamligini saqlab qolishda xar birimiz mas’ulmiz!
Joriy yilning 27 may kuni Oila va xotin-qizlar bo‘limida, bo‘lim boshlig‘i Sh.Mavlonova boshchiligida, Zafarobod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Ikromov, Zafarobod tuman Prokuratura yordamchi prokurori D.Tolipovlar ishtirokida, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish choralari ko‘rilib, ikki oila ajrim yoqasidan saqlab qolinib, yarashtirildi.

26
Sayyor tartibda davlat xizmatlari va huquqiy targ'ibot

Bugun G`allaorol tuman Adliya bòlimi, tuman FXDYo bo’limi va DXM hodimlari hamkorlikda  tuman markazidan 35 km uzoqlikda joylashgan Ko’kbuloq QFY hududida sayyor tartibda davlat xizmatlari va huquqiy targ'ibot tadbirlari òtkazildi.
Ushbu tadbirda 15 ta xonadonlarga kirib, aholini huquqiy savodhonligi oshirishga mòljallangan  40 ga yaqin flayer va brashular tarqatilindi. Shundan sòng Ko’kbuloq QFY binosida aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari kòrsatildi.  
Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bo’yicha aholiga tushunchalar berildi.

25
Kun bilan hamnafas targ'ibot

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi "Kun bilan hamnafas" targ'ibot loyihasini amalga oshirmoqda. Unga ko'ra davlatimiz rahbarining har bir selektor yigilishi mavzusiga oid qonun hujjatlarini aholiga tushuntirib borish maqsadida tegishli davlat organlari mas'ul xodimlarini jalb etgan xolda ko'rsatuvlar tayyorlanib efirga uzatib borilmokda.

Bugungi mavzu: Sport ta'limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan.

24
Huquqiy targ'ibot

Jizzax shahar Madad NNT huququy maslahat byurosi tomonidan 19 may 2022 yil kuni Jizzax "X.Olimjon" MFY xududida yashovchi fuqarolar bilan xukukiy mavzuda maslahat soati o'tkazildi. Fuqarolarning bergan savollariga javoblar berildi.