Yangiliklar
Jizzax davlat pedagogika institutida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Motivatsiya bekati” tadbiri tashkil etildi. Unda DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bobur Umurzakov va viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Ergashev ishtirok etdi. Talabalar bilan uchrashuv avvalida mehmonlar institut rektori Sh.Sharipov boshchiligida “Talabalar do‘stligi uchun” deb nomlangan bannerga o‘z dil izhorlarini yozib qoldirishdi.
Shundan so‘ng “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hovlisiga ko‘chatlar ekildi.

Jizzax viloyatining barcha hududlarida Bayrogʻimiz qabul qilingan sana katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Milliy gʻururimiz hosoblangan davlat ramzi-bayrogʻimizni vatanimizning dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnina ega boʻlishida munosib hissasi bor. Yuksaklarda xilpirab turgan bayrogʻimiz oʻzbek millatining togʻdey gʻururiga uxshaydi. Shu sabab u faxr-iftihorimiz ramzidir. Viloyat Adliya boshqarmasi hamda yuridik hizmat ko'rsatish markazlari xodimlari bilan birgalikda #bayrogʻimfaxrim xeshtegi ostida Jizzax shahri boʻylab turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Unda yoshlarning milliy ramzlarimizga boʻlgan hurmat-ehtiromi yuqori ekanligi bevosita namoyon boʻlmoqda.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharx” koʻrsatuvining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Ushbu koʻrsatuv 21-noyabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.
2 - noyabr kuni Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi boʻyicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun:
- BHMning 70 foizi miqdorida toʻlov;
- 20 AQSH dollari miqdorida konsullik yigʻimi;
- 20 AQSH dollari miqdorida haqiqiy harajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim undiriladi.
Ushbu Nizomning mazmun-mohiyati yuzasidan Huquqiy targibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i Jahongir Ishonqulov Jizzax radiosining " Diyor intervyu" eshittirishida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan “TV sharx” koʻrsatuvining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlanadi. Unda Paxtakor tumani yuridik hizmat koʻrsatish markazi boshligʻi D.Joʻraboyeva hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimi F.Suyunov ishtirok etdi. Ushbu koʻrsatuv 14-noyabr kuni soat 19:30 da efirga uzatiladi.
Sharof Rashidov tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi 11 ta davlat tashkilotlariga “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi Nizom asosida xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda. Qonunchilikka koʻra, markazlarga yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyishi belgilab berilgan. Shu sabab “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali kelib tushgan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimining 2021-yil 22-oktyabr kungi “Jizzax maxsus savdo grand” MCHJ bilan 13/13-sonli jami 124 682 010 soʻmlik hamda 13/32-sonli jami 36 769 530 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari oldi-sotdi shartnomalari loyihalari koʻrib chiqildi.
Ushbu loyihalarga “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 71 moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentyabrdagi PQ 3953 Qaror talablari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish vakolati yoʻqligi sababli viza quyilishi rad etildi. Maktabgacha taʼlim boʻlimiga Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 626-sonli, 2021-yil 30-iyundagi №407-sonli Qaror talablariga muvofiq ishlash lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Biroq, MTB shartnomalarga markazning ijobiy xulosasini olmasdan, oʻzining yuqori turuvchi organi yuristkonsultidan shartnomaga viza olib Sharof Rashidov tumani Gʻaznachilik boʻlinmasidan oʻtkazishga erishgan.
Vaholanki, qonunchilik talablariga koʻra, yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda, qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar haqiqiy emas deb topish uchun asos hisoblanadi.
Shunga ko'ra, aniqlangan ushbu qonun buzilish holati yuzasidan tuman prokuraturasiga mazkur tashkilotga nisbatan tegishli ta'sir chorasi koʻrilishi boʻyicha taklif kiritildi.
To'ra Tashqulov
Sharof Rashidov tuman yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Aholi muammolarini o‘rganish va hal etishda viloyat adliya boshqarmasi, shahar hamda tuman bo‘limlarining harakatlari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi mas'ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Navbatdagi qabul Nurafshon MFY da bo‘lib o‘tdi. Qabulda 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 6 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi va 4 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Vazirlar Mahkamasining Qarori hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob'ektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ilg‘orjon Rashidov sayyor qabul davomida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘limi
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatiladigan Tv sharx koʻrsatuvinining bu galgi soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi. Ushbu koʻrsatuv 7-noyabr kuni soat 19:30 da namoyish etildi.
Ma'lumki, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biridir.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitusiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma'muriy munosabatlari ma'no-mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Lekin faqat davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining sub'ektlari hisoblanadi, chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi”.
Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga so‘zning keng ma'nosida yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma'naviy buzilish holatidir. Mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas'uldirlar.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li – davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e'tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va lisenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta'minlashga qaratish lozim.
Abdug‘ani Israilov
G‘allaorol tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorlikda “Bizning jamoa korrupsiyadan holi” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi. Yurtimizda qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Seminarda huquqiy targ‘ibot va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i J.Ishonqulov korrupsiyaga oid yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, jumladan, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, bunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilanligini seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.
O‘quv seminar erkin savol javoblar bilan yakunlandi.
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi