Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

25
Saylov-xalqimizning kelajakka bo‘lgan munosabatini namoyon etadi.

Shu kunlarda yurtimizda prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, saylovni jahonning eng ilg‘or tajribalari asosida o‘tkazish, ayni jarayonda saylovchilar, xususan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida  amaliy ishlar bajarilmoqda. Shu ma’noda, Sharof Rashidov tumanidagi majlislar zalida adliya bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida “Prezident saylovi-kelajakni tanlash huquqi” va “Demokratik davlatda saylovning o‘rni” mavzularida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda barcha mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi. Ta’kidlandiki, yurtimizning yangi tarixi solnomasidan munosib o‘rin oladigan keyingi besh yil jahon hamjamiyati tomonidan milliy davlatchiligimizning mustahkamlanishi, demokratik an’analarning rivojlanish bosqichi sifatida e’tirof etilayotgani barchamizni behad mamnun etadi. Haqiqatan ham ushbu davrda fuqarolarning siyosiy jarayonlar, davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etishining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Ayni jarayonda saylov qonunchiligi yangilandi, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar yangicha talablarga muvofiq tarzda isloh etildi.



Bundan tashqari, Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“ gi Qonun hamda  ”Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Prezident qarori mazmun-mohiyati haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘nggida mutaxassislar tomonidani qatnashchilarni qiziqtirgan barcha masalalar va savollarga atroflicha javob berildi.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

24
TV-SHARH

“TV Yurist”

“O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksi”

Forish tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Abdulaziz Rahmatov

23
“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Huquqiy targ‘ibot bo‘limi yetakchi maslahatchisi Qizlarxon Saidovaning “Mas’uliyat va javobgarlik” nomli maqolasi chop etildi.

“Jizzax haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Huquqiy targ‘ibot bo‘limi yetakchi maslahatchisi Qizlarxon Saidovaning “Mas’uliyat va javobgarlik” nomli maqolasi chop etildi.

20
Saylov qonunchiligi targ‘iboti

Jizzax viloyatida saylov jarayonlarini qonunchilikka mos tarzda uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun uchastka saylov komissiyasi a’zolari hamda viloyat adliya boshqarmasi Mirzacho‘l adliya bo‘limi xodimlari hamkorlikda saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarning saylov qonunchiligi bo‘yicha malakasini oshirish, ularning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmasini yanada yuksaltirish bo‘yicha bir qator zarur tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bugun Mirzacho‘l tumanining katta majlislar zalida saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar va boshqa tashkilotchilarning saylov qonunchiligi bo‘yicha malakasini oshirish tizimining uchinchi bosqich seminar-trening darslari bo‘lib o‘tdi. Aytib o‘tish kerak, bu kabi keng qamrovli seminar-treninglar butun Jizzax viloyati bo‘ylab bir necha bosqichda o‘tkazilmoqda.

Seminarda tinglovchilar olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ahamiyatli jihati shundaki, tinglovchilarni saylov kuniga qadar kamida uch marta takror o‘qitish rejalashtirilgan edi va har birining yakuni bo‘yicha bugun onlayn test topshirildi. Natijalar tahlil qilindi. O‘quv seminarini viloyatdagi barcha tumanlar onlayn kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Diqqatga sazovor yana bir jihati shundaki, o‘quv dasturining mavzulari bo‘yicha yuqori malakali ekspertlar tomonidan 5-10 daqiqalik videodarslar tayyorlandi va o‘quv jarayonida tinglovchilarga taqdim etildi. Tinglovchilar mazkur videorolikni ko‘rish orqali saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish xonalarini jihozlash, saylov kuni ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish, “Bir saylovchi - bir ovoz” tamoyiliga amal qilish, kuzatuvchilar bilan ishlash, saylov natijalarini hisoblab chiqarish kabi nazariy bilimini amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlab oldi. Maqsad esa aniq, komissiya a’zoligiga nomzodlarning saylov qonunchiligiga oid nazariy bilimini mustahkamlash barobarida ularni saylovni qonunga muvofiq to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishga o‘rgatish, ya’ni amaliy ko‘nikmasini chuqurlashtirishdir.



Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

19
“Zafar yo'lidan” gazetasining navbatdagi sonida Zafarobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining “Yoshlarga madad-kelajak ustuni” sarlavhali maqolasi nashr qilindi.

“Zafar yo'lidan” gazetasining navbatdagi sonida Zafarobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining “Yoshlarga madad-kelajak ustuni” sarlavhali maqolasi nashr qilindi.

18
Samarali sayyor qabul.

Tasdiqlangan reja grafikka asosan tuman hokimlari bilan adliya boshqarmasi boshlig‘ining hamkorlikdagi sayyor qabullari davom etmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Do‘stlik tumanida o‘tkazildi.



Tuman hokimi Sh.Darvishev bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning tuman darajasidagi muammoli masalalari o‘rganilib, joyida hal etilishi ta’minlandi.



Sayyor qabul davomida kam ta’minlangan oilalarga yer ajratish, yer-mulk solig‘i, bankdan kredit olish, uy-joyni rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati, ishga joylashish kabi masalalar bo‘yicha qilingan murojaatlarga tegishli qonunchilik hujjatlari bilan asoslangan holda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.



Sayyor qabulda 40 dan ortiq fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tuman sektorlari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi. 8 ta fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. Fuqarolarning 12 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi. 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.



Huquqiy axborot va ma’rifat bo‘limi

17
Huquqshunos olimlar - huquqiy targ‘ibotda

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mazkur siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlari boshlanib ketgan. Saylovlar huquqiy demokratik davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, uning halkaro mezonlar, umumetirof etilgan tamoyillar asosida o‘tishi islohotlarning samarasiga, fuqarolar haq-huquqlarini ta’minlanishiga xizmat kiladi. Shu ma’noda, 2021 yil 8 fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligidagi o‘zgartirishlar haqida suhbat Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti Bekzod Narimonov bilan “zoom” programmasida  bo‘lib o‘tdi.

16
Sayyor qabullarda aholi muammolari yechim topmoqda.

Baxmal tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Qodirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash borasida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirgan ayollar ishtirokida tumandagi O‘rmonchi MFY da joriy yilning 12 avgust kuni sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda tuman mutasaddi tashkilotlari vakillari ham qatnashdi.

Jarayonda fuqarolar asosan elektr energiya, tabiiy gaz, moddiy yordam, nafaqa, sog‘liqni saqlash, ish bilan ta’minlash, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, aliment, mol-mulkni ajratish masalalarida murojaat qilgan 12 nafar ayollarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 8 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi. Shuningdek, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha 4 ta murojaat nazoratga olindi.

Sayyor qabul yakunida ishtirokchilarga qiziqtirgan savollari yuzasidan qonunchilik hujjatlari asosida huquqiy maslahatlar berildi.

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

13
HARBIYLARGA HUQUQIY DARS

Joriy yilning 10 avgust kuni Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Uchtepa qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun “Prezidentlik saylovlari - kelajakni tanlash huquqi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zaro muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilarga “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi. Suhbatlarda  jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham so‘z bordi.


Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

12
Ijroning nazorati-endi elektron tizimda

“Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash yuzasidan adliya organlarining aniq vazifa va mas’uliyati belgilangan. Shu munosabat bilan har haftaning chorshanba kuni adliya xodimlari uchun viloyat va tuman hokimliklariga ushbu tizimda ishlashga ko‘maklashish kuni etib belgilangan.



Bugungi tadbirda adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov va boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirok etib, viloyat hokimligining rahbar va xodimlariga zarur ko‘rsatma hamda uslubiy ko‘maklar berdi.


 Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi