Yangiliklar
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda boshqarmadagi mavjud ish oʻrinlarida ishlab kelayotgan 55 ta xodimdan 18 nafari (32.7%) soʻnggi 3 yildagi oliy maskanni bitirib kelgan yosh huquqshunoslar, shulardan 7 nafari bu yilgi bitiruvchilar boshqarma va tuman adliya boʻlimlarida oʻz ish faoliyatini boshladi. Boshqarma tomonidan yosh kadrlarga qaratib kelinayotgan alohida eʼtibor natijasida ular qisqa muddatlarda adliya sohasining barcha faoliyat yoʻnalishlarini oʻrganib olishmoqda. Shu maqsadda ular bilan doimiy ravishda oʻquv mashgʻulotlari hamda uchrashuvlar oʻtkazib borilmoqda.
Bugun ham soha tizimidagi yosh yuristlar bilan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan har bir yosh yurist kelajak uchun asqotadigan bilim va koʻnikmaga ega boʻldi.
Bugungi uchrashuv yosh yuristlarga katta ruhiy madad, motivatsiya berdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Eng asosiysi, yangi tashabbuslarni ilgari suruvchi muloqot maydoni boʻldi.

Viloyat boshqarma boshligʻi Shokir Saidov yosh yuristlarga faqatgina oʻz ustida tinimsiz ishlashi va harakatdan toʻxtamaslik lozimligi, oʻz ishining ustasi boʻlgan inson hayotda oʻz oʻrnini topishini qatʼiy taʼkidladi. Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda bugungi kunda huquqshunos kadrlarni oldiga qoʻyilayotgan talablar, qonunchilik hujjatlari bilan ishlash usullari boʻyicha fikrlar almashildi.
Uchrashuv qizgʻin savol-javob tarzida oʻtdi. Kelgusidagi yosh kadrlar bilan amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 19-iyuldagi tegishli buyrugʻiga asosan, Oybek Erdoshevich Yuldoshev Forish tuman adliya boʻlimiga, Aziz Salimovich Aminov Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimiga boshliq etib tayinlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Sh.Saidov mazkur tumanlarda boʻlib, sektorlar rahbarlari, davlat boshqaruvi idoralari masʼullari ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishlarda O.Yuldoshev va A.Aminovlarni barchaga tanishtirdi.
Viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi oʻz soʻzida global muhit islohotlari jarayonida huquqiy targʻibotni amalga oshirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish va ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar mohiyatiga alohida toʻxtalib bu borada faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilishi zarurligini qayd etdi.
Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi hududlar hayotida qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqiy targʻibotni faol amalga oshirish borasida adliya sohasining istiqboldagi vazifalari ijrosiga masʼuliyat bilan yondoshishlari yoʻlida O.Yuldashev va A.Aminovga yuksak ishonch bildirib, faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
2021-yil 24-oktyabrda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezident saylovlarida mavjud qonunchilik normalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash saylovlarni oʻtkazishga bevosita masʼul sifatida tanlab olingan 1572 nafar nomzodlarning huquqiy bilim va savodxonligiga bogʻliq. Ular uchun ikki bosqichda oʻtkaziladigan seminarlarning yuqori natijador boʻlishi qonunchilik sohasi uchun masʼul boʻlgan adliya idoralarining targʻibot koʻlami bilan mezonlashadi. Bu borada viloyat hokimining oʻrinbosari boshchiligida shtab tuzilib, shtabga barcha mutasaddi tashkilotlarning masʼullari biriktirilgani eʼtiborga molik.
Seminarlarni yuqori saviyada tashkil etishning moddiy taʼminoti sifatida har bir hududda tanlab olingan zamonaviy auditoriyalar jihozlanib, prokuratura, ichki ishlar, adliya, oliy taʼlim sohasidan jami 52 nafar trenerlar biriktirildi. Ular tomonidan joriy yilning 7-9-iyun kunlari oʻquv seminarning 1-bosqichi tashkil etilgan boʻlsa, endilikda siyosiy oʻquvlarning 2-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Viloyat adliya boshqarmasining masul xodimlari tinglovchilarga “Saylov qonunchiligi” boʻyicha bilim bermoqda. Darslar karantin qoidalariga amal qilingan holda, keys usulida tashkil etilgan. Hududiy seminarlarni ishchi guruhi bilan birga, viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi Shokir Saidov ham kuzatib, tinglovchilarga tegishli tavsiyalar berdi.
Oʻz navbatida, Adliya boshqarmasi va respublika miqyosidagi trener mutaxassislar bilan suhbatlarda saylovlarni yuqori saviyada oʻtkazish borasida kelishib olindi. Seminarlar davomida tinglovchilar uchun qoʻshimcha treninglar, savol javob, interfaol oʻqishlar rejalashtirilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi
Hayʼat majlisi videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan 81 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.
1374 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
129 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Xususan, mazkur yilda 2020-yil 1-yarim yilligiga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish 45 % ga koʻpaydi.
Kelib tushgan jami 60,1 mingta murojaatlarning 49,1 mingtasi yaʼni 82 foizi qonuniy hal etildi.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha 11,6 mingta taqdimnoma kiritildi, 4,8 ming nafar shaxslar maʼmuriy, 7,5 ming nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 352 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 125,8 mlrd. soʻmlik 7,8 mingta daʼvolar (arizalar) kiritilib, 120 mlrd. soʻmlik 6,5 mingta daʼvolar (arizalar) qanoatlantirildi.
Aholining huquqiy ongini oshirish boʻyicha 195 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish markazlari tomonidan 5,4 mln. dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Majlis davomida bugungi kunda adliya organlari faoliyatidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sohaga doir bildirgan fikrlari va koʻrsatmalarini bajarishga oid ishlar muhokama etildi.
Shu oʻrinda aytish joizki, 2021-yildagi Davlat dasturining 15-bandiga asosan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi 2021-yil 22-iyunda 390-son bilan qabul qilingan. Yigilishda “E-qaror” elektron tizimining ishga tushirilishi qogʻoz sarfining oldini oladi hamda hokim qarori, farmoyishi va kengash qarorlarini ishlab chiqishda inson omilining kamayishiga va korrupsiyani oldini olishga yordam beradi, fuqarolarimiz tomonidan hokimliklar qabul qilingan hujjatlari bilan Internet tarmogʻida tanishish imkoniyati yaratilishi aloxida takidlandi.
Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalariga taalluqli bulgan
“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
xamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonlari va tegishli Qarori mazmun-moxiyati xakida onlayn ishtirokchilarga kiskacha tushunchalar berib utildi.
Shuningdek, asosiy eʼtibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi. Soha xodimlariga kerakli tavsiyalar berildi va kelgusi rejadagi ishlar belgilab olindi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi targʻibot boʻlimi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahririda diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tizimi soddalashtirilmoqda, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinib, diniy taʼlim muassasasidan tashqarida diniy taʼlim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Bundan tashqari, diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasini olgach tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi joriy qilinmoqda. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi majlislar zalida tashkil etilgan seminarda viloyat adliya boshqarmasining masul xodimlari mavzu yuzasidan ishtirokchilarga batafsil malumot berdi.
Seminarda qonun bir nechta muhim yangiliklar va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishni oʻz ichiga olgan: Diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xizmatlar toʻliq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni koʻrib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, yaʼni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Bu bilan ortiqcha byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilishi alohida taʼkidlandi.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, Oʻzbekiston — koʻp millat va elatli mamlakat. Ularning oʻzaro tinch, totuv va hamkor faoliyat koʻrsatishi Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligini taʼminlashga xizmat qiladi. Seminarda fuqarolarning huquqlarini roʻyobga chiqarish va jamiyatda tinch-totuvlikni taʼminlashga, fuqarolarning munosib hayot kechirishiga shart-sharoit yaratishga davlatning kafil ekanligi masullar tomonidan alohida qayd etildi.
Mazkur qonun diniy bagʻrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshadi. Din ishlari qoʻmitasi tuman, shahar targʻibot rahbarlari ishtirok etgan seminar qizgʻin savol va javoblar tarzida davom etdi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
targʻibot boʻlimi
Jizzax viloyatidagi xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius litsenziyalarining to’xtatilganligi haqida
X A B A R
O’zbekiston Respublikasi “Notariat to’grisida”gi Qonunining
15 2-moddasiga asosan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining 2021 yil
19 iyuldagi 99-um-son buyrug’iga asosan:
G’allaorol tumanidagi xususiy amaliyot bilan shu’g’ullanuvchi notarius Abdiev Baxtiyor O’ktamovichнинг (litsenziya GZ № 0025 y 09.12.2020 y.) litsenziyasi 2021 yil 19 iyuldan 3 oy muddatga to’xtatildi.
Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida ikki mintaqa mamlakatlari oʻrtasida tinchlik va doʻstlik, ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
2021-yil 15-iyul kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo ishlari va Hamdoʻstlik masalalari boʻyicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv Lord Tarik Ahmadning joriy yil 15-16-iyul kunlari boʻlib oʻtayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga tashrifi davomida tashkillashtirildi.
Uchrashuv davomida adliya vaziri R. Davletov Lord Tarik Ahmad delegatsiyasini Adliya vazirligi faoliyati, huquq va adliya sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
Oʻzbekistonda huquq va adliya sohalarining rivojlanishida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining tutgan oʻrni va istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashildi.
Lord Tarik Ahmad Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng koʻlamli va yuqori ahamiyatli ekanligini taʼkidlab, Adliya vazirligining kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik
bilan aloqalar boʻlimi
Davlat organlari va xalq oʻrtasida samarali aloqani oʻrnatish murojaatlar yechimida oʻz ifodasini topmoqda. Doʻstlik tumani adliya boʻlimi tomonidan har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, aksariyat muammolar ijobiy hal etilmoqda. Bundan tashqari fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida targʻibot tadbirlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.