Yangiliklar
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Garchand oʻtgan 2020-yilda butun jahonda shu jumladan, yuritimizda ham koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq murakkab vaziyat vujudga kelgan boʻlsa-da, ushbu vazifani samarali bajarish choralari koʻrildi.
Jumladan, yurtboshimizning pandemiya sharoitida qabul qilingan 10 dan ortiq farmon va qarorlaridagi aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va yengilliklarni nazarda tutuvchi normalari monitoring tartibida oʻrganilib, natijasi davlat organlari va tashkilotlariga huquqni qoʻllash amaliyotini bir xilda taʼminlashlari uchun yuborildi.
“Adliya tadbirkorga doʻst”, “Jizzax eksportyorlari” guruhlari tashkil etildi
Oʻrnatilgan karantin cheklovlarini inobatga olgan holda, viloyatdagi 3 mingdan ortiq faol tadbirkorlar uchun telegramm messendjerida “Adliya tadbirkorga doʻst”, “Jizzax eksportyorlari” nomli guruhlari tashkil etilib, ularning muammolari va qonunchilik yuzasidan savollari tezkor tartibda hal etish choralari koʻrildi va ushbu ishlar hozir ham davom ettirilmoqda.
Shu bilan birgalikda, boshqarma tomonidan ushbu sohada 38 ta
(33 ta) idoralarda oʻrganishlar oʻtkazilib, 162 ta (85) qonun hujjatlari ijrosi tahlil qilindi, 49 ta (21) idoralardan statistik koʻrsatkichlar talab qilib olindi. Oʻrganish va tahlillar natijasida 8 mingdan (6 mingdan) ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 11 ta (9 ta) umumlashtirish materiallari mahalliy davlat hokimiyati organlariga, 4 ta umumlashtirish materiali prokuratura idoralariga tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuborildi hamda Adliya vazirligiga axborot-tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.
Masalan, Prezidentimizning 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni talablariga rioya etilishi tahlili natijasiga koʻra 2019-2020-yillarda viloyat boʻyicha 952,8 mln. soʻm qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrni qoplanmaganligi aniqlanib, natijasi yuzasidan hokimliklargi 2 ta taqdimnoma kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan hokimliklarning ushbu mazmundagi 17 ta qarorlari qonunga muvofiqlashtirildi.
Adliya vazirligi topshiriq xatiga asosan, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Qishloqqurilishinvest” MCHJ IK Jizzax viloyat filiali, Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha Injiniring kompaniyasi DUK Jizzax viloyat filiali, Jizzax mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati DUK, Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi DUK Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi.
Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi oʻrganilib, takliflar tayyorlandi
Oʻrganishlar va tahlil natijasi ushbu sohani tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisida”gi Nizomning aksariyat normalari amalda ishlamayotganligini, davlat xaridlari sohasida undan keyin qabul qilingan qonunchilik talablari va normalariga muvofiqlashtirilmaganligini hamda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmaganligini koʻrsatdi.
Shundan kelib chiqqan holda hamda Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi qiyosiy tahlili asosida tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Tahlillar natijasida 26 ta qonun hujjatida muammo va kamchiliklar aniqlanib, huquqni qoʻllash amaliyotidagi real muammolardan kelib chiqqan holda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 112 ta (103) takliflar tayyorlandi.
Huquqni qoʻllash amaliyotida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlarni bartaraf etish borasida davlat organlari va tashkilotlariga 62 ta (44 ta) taqdimnoma, 10 ta (10 ta) maʼmuriy taklif (maʼmuriy bayonnoma tuzish orqali), 92 ta (36 ta) ogohnomalar kiritildi.
Bayon etilganlar pandemiya sharoitida ham 2020-yilda 2019-yilga nisbatan muhim koʻrsatkichlarga erishilganligini, pirovardida koʻrilgan choralar natijasi xalqimizning ushbu ogʻir jarayonlardan omon-eson chiqib ketishiga ozgina boʻlsa-da hissa qoʻshganligi bilan ahamiyatlidir, albatta.
Jumladan, koʻrilgan choralar natijasida, davlat organlari va tashkilotlarining 88 ta noqonuniy qarorlari bekor qilindi,
124,7 mln. soʻm mablagʻ undirilishi belgilandi, 19 nafar mansabdor shaxslar intizomiy hamda 10 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Sudlarga jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan manfaatlarini koʻzlab 40 ta
3,7 mlrd. soʻmlik daʼvo ariza (ariza)lari kiritildi. Sud qarorlariga asosan, 2,3 mlrd. soʻm moddiy zarar va qarzdorliklar undirildi,
2 ta hokimlik qarorlari haqiqiy emas deb topildi.
“Fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak”
Adliya vaziri R.Davletov taʼkidlaganidek, har bir adliya xodimi ish faoliyatida “fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak” degan tamoyilga ogʻishmay amal qilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Jumladan, ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan jami 323 ta murojaatlar koʻrib chiqildi. Ushbu murojaatlarning 189 tasi qanoatlantirildi, 134 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Masalan, Jizzax shahar kichik sanoat zonasi ishtirokchisi boʻlgan “Keys Luck” MCHJ rahbari J.Xasanovning Prezidentimizning 2018-yil 9-yanvardagi PQ–3466-son “Tadbirkorlik subyektlarini kichik sanoat zonalariga jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan soliq imtiyozi qoʻllanilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqilib, boshqarma aralashuvi bilan 65,0 mln.soʻm miqdordagi aylanmadan olinadigan soliq imtiyozi tadbirkorga nisbatan qoʻllanilib,
Jizzax shahar Davlat soliq inspeksiyasi maʼlumotlar bazasiga qabul qilinishi hamda tegishli xulosa rasmiylashtirilishi taʼminlandi.
“BITUM OOO” MCHJ rahbari J.Abidovning “Jizzax yoʻl qurish-taʼmirlash” unitar korxonasidan 1,4 mlrd. soʻm asfalt-beton mahsulotlarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma yuzasidan qarzdorlikni undirishda amaliy yordam koʻrsatishni soʻrab yozgan murojaati yuzasidan Jizzax tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, ushbu qarzdorlik toʻliq undirilishi belgilandi.
Sharof Rashidov tumanida faoliyat koʻrsatgan “Barakat” f/x rahbari P.Xolmatovning fermer xoʻjaligi yer maydoni zaxiraga qaytarilganidan norozi boʻlib yozgan murojaati yuzasidan xoʻjalik yer maydoni noqonuniy zaxiraga qaytarilgani holati aniqlanib, tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan, tuman hokimining 2019-yil 26-yanvardagi 309-sonli qarorini “Barakat” f/x yer maydonini zaxiraga qaytarish toʻgʻrisidagi qismi bekor qilindi.
Yosh tadbirkorlar D.Xolmurotova hamda D.Rashidovalarning Jizzax shahar hokimligi tomonidan tadbirkorlik uchun ajratib berilgan yer maydoni zaxiraga qaytarib olinganidan norozi boʻlib yozgan murojaatlari oʻrganib chiqilib, hokimlik tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori talablari buzilganligi aniqlandi.
Natijada, kiritilgan taqdimnomaga asosan Jizzax shahar hokimining 2019-yil 19-dekabrdagi 3146-son qarori bekor qilindi.
Darhaqiqat, bunday misollarni juda koʻplab keltirish mumkin. Zotan, adliya xodimlari kamtar boʻlib, xalqimiz oldida qoʻli koʻksida boʻlib xizmat qilmogʻi lozim.
Pandemiya sharoitida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Biznes-Ombudsmanning Jizzax viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi vakil devoni masʼul xodimlari, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi, Jizzax viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiya oʻrtasidagi qoʻshma kelishuv asosida viloyatdagi 12 ta kichik sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolarini joyiga chiqqan holda uchrashuvlar tashkil etib, oʻrganib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Uchrashuvlarda asosan, mutasaddi davlat organlari va tashkilotlarining kichik sanoat zonalarining boʻlinish chegarasigacha zaruriy tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasining kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga oid ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilishi va modernizatsiya qilinishi taʼminlanmaganligi holatlari aniqlanib, tezkor chora-tadbirlar koʻrish uchun Jizzax viloyat hokimligiga oʻrganish maʼlumotlari kiritib borildi.
Prezidentimizning 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tartibga muvofiq 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
Mazkur qaror hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablariga soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringlar amalga oshirilib borildi.
Qayd etilgan qonun hujjatlari huquqni qoʻllash amaliyotida “tuman-shahar adliya boʻlimlari bizning yuzimiz” tamoyiliga qatʼiy amal qilgan holda adliya boʻlimlari bilan birgalikda tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida “YERELEKTRON” AATga kiritilgan 3156 ta boʻsh yer uchastkalarining jozibador va talab yuqori boʻlgan 2475 tasi (78%) tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolar olishlari uchun auksion savdolariga chiqarilishi taʼminlandi (648 tasi sotilgan). Buning natijasida 200,0 mlrd. soʻmdan ortiq investitsiya kiritilishi hamda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishilgan.
Monitoringlar natijasida vakolatli organlarning 52 ta boʻsh yer uchastkalarini noqonuniy auksionga chiqarilishini rad qilinganlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda taʼsir choralari kiritildi.
Shuningdek, Nizom talablari buzilishi holatlari yuzasidan
107 ta taqdimnoma, 11 ta koʻrsatma, 109 ta maʼmuriy taklif, 121 ta ogohnoma, sudlarga 10 ta daʼvo ariza, viloyat hokimligiga esa tegishli chora-tadbirlar belgilashi uchun 6 ta umumlashtirish materiallari kiritildi.
Kiritilgan taʼsir choralari natijasida 15 nafar shaxslar intizomiy, 26 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 15 ta qarorlari bekor qilinib, 1 tasi qonunga muvofiqlashtirildi hamda sud qarorlariga asosan, ishlab chiqilgan arxitektura va rejalashtirish topshirigʻi uchun toʻlab berilmagan 167,5 mln. soʻm miqdordagi mablagʻlar qurilish idoralari hisobiga undirildi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 5 mingdan ortiq respondentlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, natijasi haqidagi maʼlumotlar “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimiga kiritildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining soʻrov xatlariga asosan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qoʻllanilishidagi muammolar yuzasidan yoʻnalishlar va uslubiy tavsiyalar berilib, amaliy yordam koʻrsatildi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega 7 ta organlarning 2020-yilning 6 oyi davomida koʻrib chiqilgan jami 11627 ta maʼmuriy amaliyotga doir hujjatlari qonuniyligi oʻrganib chiqildi. Natijasi boʻyicha 7 ta taqdimnoma
va 1 ta ogohnoma taʼsir choralari kiritilib, qonunbuzilish holatlari qayd etilgan umumlashma viloyat prokuraturasiga koʻrib chiqish uchun yuborildi.
Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida endi
Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va boʻlimlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilishdan iborat boʻlishi, shu maqsadda Adliya vazirligiga zarur vakolat va resurslar berilishi taʼkidlandi.
Ushbu ustuvor vazifaning ijrosini taʼminlash maqsadida,
2021-yilda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirishda mazkur yoʻnalishda tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi.
Eshbek Maxammadiyev,
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
boshligʻining birinchi oʻrinbosariQonun hujjatlari amaliyotga joriy etilmas ekan uning xalq uchun xech qanday qadr-qimmati boʻlmaydi. Avvalo aholi, mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro manfaati yoʻlida qabul qilinadigan qonun hujjatlari oʻzining ijrosi bilan goʻzal.
Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida ham aynan mana shu masalaga alohida urgʻu berildi. Bundan buyon, Adliya vazirligining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilish hicoblanadi. Tahlillarga koʻra soʻngi yillarda asosiy urgʻu qarorlarni bajarilishi ustidan nazorat qilishga qaratilgan edi. Endi mazkur masalada yangi tizim taklif etildi. Unga koʻra qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarining toʻgʻri va aniq mazmun va mohiyati viloyat, tuman (shahar) rahbarlariga bevosita yetkaziladi. Mazkur hujjatlarda belgilangan ijrochilar tomonidan ayrim masalalarda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda, adliya organlari tomonidan topshiriq toʻlaqonli tushuntirib berish choralari koʻriladi. Bunda, adliya organlariga zarur sharoitlar yaratiladi. Prezident yoki boshqa qonun hujjatlari bilan berilgan topshiriqni ijro etishda, ijrochi vazirlik va idoralar tomonidan ijroni taʼminlashda qiyinchiliklar yuzaga kelganda, adliya organlari ushbu topshiriqni ijrosi tashkil etishga koʻmaklashadi. Bundan tashqari, qonun hujjatlari talablarini ijro qilmaslik, normalarni oʻzboshimchalik bilan yoki notoʻgʻri talqin qilish, qonunni qoʻllashda subyektivlik, tor idoraviy yondashish holatlarini aniqlaydi va kelgusida yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi. Eng asosiy yangiliklardan biri, bu mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish vazifasi ham qoʻyilgan.
Bunda, “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” institutlaridan keng foydalaniladi. Yaʼni ijrosi bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha maʼlumot fuqarolar tomonidan xabar berish tizimi orqali yuboriladi. Kerak boʻlsa, mobil ilova ishga tushiriladi.
Yuqorida aytib oʻtilgan jarayonlar barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan televideniye orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” dasturlari yordamida yoritiladi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasida sarali mexanizm joriy etilgan. Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarda xodimlar uchun oʻz sohasiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targʻibot materiallarini yetkazish va targʻibot tadbirlarida bevosita hamkorlik qilish borasida koʻrsatma xatlari kiritilib, bu boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, bu borada OAV va ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalanishga aloxida eʼtibor qaratilmoqda. Boshqarma xodimlari tomonidan “Jizzax rahbarlari & Adliya” telegram kanali tashkil etilgan. Mazkur guruxga viloyat va tuman xududidagi barcha organ, tashkilot va muassasalarning rahbarlari aʼzoligi taʼminlangan boʻlib qonunchilikdagi yangiliklar, oʻzgarishlar tezkorlik bilan joylab boriladi. Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi orqali “Tv sharx”, “Adliya xabari” koʻrsatuvlari aynan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini mutaxassislar ishtirokida sharxlashga, sodda, xalqchil tilda aholiga yetkazishga qaratilgan dasturlar boʻlib, endilikda yana bir yangi tashabbus sifatida “Loyiha muhokamasi” deb nomlangan koʻrsatuv ham tashkil etildi.Mazkur koʻrsatuv xalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun hujjatlarini keng aholiga yetkazish, fuqarolarning muhokamada ishtirokini taʼminlash, ular tomonidan beriladigan takliflar sonini oshirishni maqsad qilib olgan. “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi koʻrsatuvning ilk soni sifatida efirga uzatildi.
Qonunlar jamiyatda soat mexanizmiday ishlashi kerak. Bu degani huquqiy soxada xech qanday kamchilik va muammo boʻlmasligi, soat koʻrsatgichlari vaqtni aniq koʻrsatgani kabi qonun hujjatlari ham aniq va puxta ishlanishi, shu bilan birga sohalarni, bu orqali mamlakatni taraqqiy etishiga xizmat koʻrsatishi lozim. Shu maʼnoda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmati xodimlarining faoliyati tanqidiy tahlil qilinganda, joriy yilda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 18 mingdan ortiq qaror va 2 296 ta farmoyishlar qabul qilingan boʻlib, ularning 178 tasi prokuratura va adliya organlarining protest va taqdimnomalariga asosan bekor qilingani maʼlum boʻldi. Mazkur qarorlar yuridik jixatdan mukammal ishlanmaganligi, hato va kamchiliklardan holi emasligi bunga asosiy sabablardan biri boʻlganligi, shuningdek yuridik xizmat xodimlarining bilim va maʼsuliyati aynan bu jarayonda katta ahamiyat kasb etishi endi kundek ravshan boʻlib qoldi. Demak, oldimizda turgan vazifalarimiz katta, maqsadlarimiz esa oliy.
Biz insonlarga huquqiy yangiliklarni shunday qiziqarli va noodatiy tarzda yetkazishimiz kerakki, xuddi mohir oshpaz kabi. Taomning chiroyli koʻrinishi ishtahani ochish bilan birga unga nisbatan qiziqishni oshiradi, rohatlanish xissini uygʻotadi. Yurist sifatida huquqiy bilimlarni taqdim etishning ham eng samarali va guzal usullarini oʻylab topishimiz kerakki, axborotga tashna boʻlib turgan inson ongi uni oʻzi uchun eng kerakli maʼlumot sifatida qabul qilsin va bir umr yodida qolsin.
Said Raximov
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash borasidagi masʼuliyatini kuchaytirish, tegishli xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning oʻrnini yanada yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini taʼminlash holatini aniqlashning samarali mexanizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Jizzax viloyat hokimligida ishchi guruhi tomonidan qaror loyihasining mazmun-mohiyatini boʻlgʻusi ijrochilarga yetkazish boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent Davlat yuridik universiteti prorektori Axrorxon Xoshimxonov soʻzga chiqib xozirgi davr hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijrosini tashkil etish holatini oʻrganish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish lozimligini taqoza etayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birga mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad, pirovard natijalar hususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Har bir qonun hujjati ijrosi bilan goʻzal. Shu sabab uni yaratishda xalq fikri, fuqarolar manfaati ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tizimida sportning “mini futbol” turi boʻyicha joriy yilning 26-dekabr kuni “Boshqarma boshligʻi kubogi” musoboqasi oʻtkazildi.
Musoboqada viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlaridan tarkib topgan 1, 2, 3 va 4 guruh jamoalari oʻzaro baxs olib bordilar.
Murosasiz va keskin kurashlarga boy oʻtgan dastlabki baxsda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tarkibidan tashkil etilgan 1-guruh jamoasi gʻalaba qozonib, raqiblariga imkoniyat qoldirmadi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi T.Suyarov Boshqarma boshligʻining “Eng yaxshi oʻyinchi” faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.
Zomin tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi N.Oʻrazaliyev Boshqarma boshligʻining “Eng yaxshi darvozabon” faxriy yorligʻiga munosib boʻldi.
Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi B.Esanov Boshqarma boshligʻining “Eng chiroyli gol muallifi” faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi
Mirzachoʻl tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.Xalilovaning shikoyat arizasi bilan tuman adliya boʻlimiga qilgan yozma murojaati oʻrganib chiqilgan.
2020-yilning 4-noyabr kuni Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki” Mirzachoʻl tuman filialida “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqida”gi (22.12.1999-yil, roʻyxat raqam 858-son) Nizom talablariga rioya etilishi holati monitoring qilindi.
Filial tomonidan boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga oʻz vaqtida taqdim etmaslik hamda boʻsh ish oʻrinlarini yashirishda ifodalangan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyib, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid ravishda ish yuritganligi aniqlandi.
Xususan, “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqida”gi Nizomning 4-bandida boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga har oyning 5 sanasigacha, Nizomning 2-ilovasidagi shaklga koʻra hisobot oyining 30 (31) kun holatiga taqdim etilishi belgilangan. Shunday boʻlsada, filialning 2020-yil fevral oyi boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tuman Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilmagan.
Shuningdek, 2020-yilning yanvar, fevral, may, iyun, sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida mavjud boʻlgan ish oʻrinlari Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilmagan. Xususan, 2019-yilning 4-dekabr va 2020-yilning 4-yanvar kunlari ABKM ga taqdim etilgan maʼlumotlarda boʻsh ish oʻrni mavjud emasligi koʻrsatilgan boʻlsada, filialning buyruqlarni roʻyxatga olish daftarida 2020-yilning 21-yanvar kuni Dexqonov Xursanboy Davlatovichning “Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi” lavozimiga ishga qabul qilinganligi aniqlangan.
Shuningdek, filialning buyruqlarni roʻyxatga olish daftarida 2020-yil 10-fevral kuni Djurayev Oʻtkir Gʻulomjonovich 09-kb son buyruq bilan bosh yuriskonsult lavozimiga, 2020-yilning 24-fevral kuni Suyarov Ilxom Nasriddinovich 12-kb son buyruq bilan “Ichki nazorat xizmati menedjeri” lavozimiga ishga qabul qilinganligi belgilangan boʻlsada, AT “Xalq banki” Mirzachoʻl tuman filiali mansabdor shaxslari belgilangan tartibda ABKM ga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 229-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi aniqlanib,(Yuqoridagi qonunbuzilish holatlari yana 8 ta holatda takrorlangan) AT “Xalq banki” Mirzachoʻl tuman filiali mansabdorlarining harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ABKM ga maʼmuriy taklif yuborilgan.
Natijada, fuqaro O.Halilovaga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 03/847-son bilan 12 million soʻm kredit ajratilib, joriy yilning 24-dekabr kuni Davlat mehnat huquqi inspektori tomonidan AT Xalq banki Mirzachoʻl tuman filiali boshqaruvchisi Koʻchatov Akmalga BHM 10 barobari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan, homiy va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Yoshlar archasi" hamda "Mehrli yurak" hayriya loyihasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Maskur loyihada Jizzax viloyat adliya boshqarmasi ham bolajonlarga atalgan sovg'alari bilan ishtirok etdi. Bola huquqlari kafolatlangan yurtimizda ularning ijtimoiy himoyasiga ham davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida e'tibor qaratiladi.
"Mehrli yurak" hayriya loyihasida 100 nafardan ortiq bolajonlarga homiy tashkilotlar va saxovatpesha insonlar tomonidan issiq kiyimlar beg'araz, sovg'a tariqasida topshirildi.
"Yoshlar archasi"da san'atkorlarning kuy qo'shiqlari bolajonlarga yuqori kayfiyat bag'ishladi! Endilikda "Mehrli yurak" loyihasi viloyatning har bir tumanida tashkil etilishi kelishib olindi.
Жиззах вилоят адлия бошқармаси бошлиғи томонидан тасдиқланган жисмоний ва юридик шахсларнинг вакилларини сайёр қабул қилиш бўйича режасига асосан бошқарма бошлиғининг биринчи ўринбосари Э.Махаммадиев томонидан 2020 йил 19 декабрь куни Зомин туманининг энг чекка қишлоқларидан бўлган "Дуоба" ҚФЙда сайёр қабул ўтказилди. Қабул жараёнида 22 нафар фуқароларнинг мурожаатлари тингланди.
Мурожаатларнинг аксарияти қиш мавсуми муаммолари билан боғлиқ бўлиб, суюлтирилган газ, электр энергияси таъминоти бўйича камчиликларни бартараф этиш борасида амалий ёрдам сўрашган. 14 нафар фуқароларга кадаср, кредит олиш тартиби, нафақа, моддий ёрдам ва шу каби масалаларда ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. Қолган мурожаатлар иш юритувига қабул қилиниб, ижобий ечим топишида амалий ёрдам берилиши режалаштирилди.
Шароф Рашидов туман адлия бўлими, Бош вазир қабулхонаси туман бўлими ҳамда мутасадди ташкилотлар иштирокида "Адлия тадбиркорга дўст" лойиҳаси доирасида тумандаги тадбиркорлар билан учрашув ташкил этилди. Унда товар белгисининг тадбиркорлик фаолиятидаги ўрни ва самараси, товар белгиларидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларига барҳам бериш борасида сўз борди. Қонунчиликдаги янгиликлар ва ўзгаришлар, белгиланган имтиёзлар ва имкониятлар батафсил тушунтирилди.
Шу билан бирга тадбиркорлик субъектларининг жойига чиқилиб улар билан юзма-юз кўришган холда манзилли тарғибот тадбирлари ташкил этилди. Тадбиркорларга ҳуқуқий маслаҳатлар берилди.
Коррупция иллати мамлакатни пароканда қилади. Шу сабаб тараққиётга эришишнинг энг тўғри ва қисқа йўли сифатида адолат, шаффофлик, тўғрилик эътироф этилади. Биз бугун бу борада қонунчиликни мустаҳкамлаш билан бирга, инсонлар онгида энг эзгу ғоялар, фикрлар ва муносабатларга бевосита салбий тасир ўтказаётган, худди ўпқон мисоли ён-атрофидаги барча фойдали амалларни ўз домига тортаётган бу иллатнинг томирини юлиб ташламас эканмиз, мақсадимизга эришишимиз мушкул. Бунинг учун эса халқимиз айниқса ёшлар онгида коррупцияга муросасизлик туйғусини шакллантириш лозим.
Жиззах шаҳридаги "Умид" ихтисослашган мактаб интернатида бўлиб ўтган тадбирда адлия бошқармаси ходимлари иштирок этиб, қонунчиликдаги янгиликлар, коррупцияга қарши кураш борасида сўнги пайтда олиб борилаётган кенг кўламли ислохотлар, ўзгаришлар хусусида тушунча берди. Ўқувчиларга коррупция иллати, унинг аянчли оқибатлари акс эттирилган видеоролик намойиш этилди. Бирор-бир ҳаракатни бажаришдан олдин унинг оқибати ҳақида чуқурроқ мулоҳаза қилиш лозимлиги таъкидланди.
Жиззах вилоят телерадиокомпанияси орқали эфирга узатиладиган "ТВ шарх" кўрсатуви Ўзбекистон Республикасининг “Васийлик ва ҳомийлик тўғрисида"ги Қонуни мазмун-моҳиятига бағишланди. Ушбу кўрсатув 20 декабрь куни соат 19:30 да эфирга узатилади.