Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

31
Sharof Rashidov tuman hokimining ham qarorlari endilikda “E- QAROR” tizimida imzolanadi.

Adliya vazirligi tomonidan hokimliklarda qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishni tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan Sharof Rashidov tumanida oʻquv-seminari tashkil etildi.




Tumandagi barcha davlat tashkilotlarining mazkur masalaga aloqador boʻlgan mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan seminarda elektron tizimdan foydalanish tartibi, uning afzalliklari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.


“E-qaror” elektron tizimini Respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirokini taʼminlash, shuningdek, qarorlar qabul qilinishida shaffoflikni taʼminlash orqali adolatni qaror toptirish, muayyan masalalardagi qarorlarni qabul qilishda korrupsiyaga yoʻl qoʻyilishini oldini oladi.

Seminar yakunida Sharof Rashidov tuman hokimining “E- QAROR” tizimida birinchi qarori imzolandi.



28
Jizzax shahrida “E-qaror” dasturi orqali shahar hokimi qarorlari qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi.

Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzolari viloyatimizning barcha hududlarida “E-qaror” dasturi ustida ish olib bormoqdalar.

Joriy yilning 26-may kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida hokimlik maʼsul xodimlari va shahar tashkilotlari masʼullari uchun xuddi shunday oʻquv seminar tashkil etildi.




Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazilishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 218-son Qarori ijrosi yuzasidan “E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi hamda shahar hokimi K.Xolmurodovning ilk bor “E-qaror” dasturida qarori qabul qilindi.




27
Endi qabul qilinayotgan hujjatlar bilan hamma tanishishi mumkin.

Doʻstlik tumani hokimligida Adliya vazirligi vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining tegishli bandlari ijrosiga bagʻishlandi.

Hujjatning 18-bandi Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga bagʻishlangan.




Unda Adliya vazirligi 2021-yil 1-mayga qadar normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarini bekor qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda aniq munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish boʻyicha takliflar kiritish belgilangan.

Shuningdek, 2021-yil 1-iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus “E-qaror” elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Adliya vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini tayyorlash, qabul qilish, hisobga qoʻyish va eʼlon qilish boʻyicha elektron axborot tizimini joriy etish, elektron tizimdan foydalanish, uni yuritish va unda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash, qabul qilinayotgan qarorlarni ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish va tegishli bazalar bilan integratsiya qilinadi.

Seminar davomida tumanning tegishli mutasaddilariga “E-qaror” elektron tizimida ish olib borish tartibi batafsil tushuntirib berildi.

26
PAXTAKOR TUMANIDA “E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI AMALDA

Paxtakor tumani hokimining qarorlari endilikda “E-qaror” tizimida imzolanadi.

Joriy yilnig 24-may kuni Paxtakor tuman hokimligi va tuman tashkilotlari masʼullari uchun  adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan  seminar-trening tashkil etildi. 
Paxtakor tumanida hokim qarorlarini qabul qilish jarayonini butunlay elektron shaklda amalga oshirilishi nazarda tutuvchi “E-qaror” elektron tizimini ishga tushirilib, u orqali tuman hokimining qarori qabul qilindi. 
Kunning birinchi yarmida sohaga aloqador barcha mutaxassislarga elektron tizimdan foydalanish, uning afzalliklari batafsil tushuntirilib, amaliy mashgʻulotlar yordamida bilimlar mustahkamlandi. Shundan soʻng, tuman xokimining qarori elektron tizim orqali imzolanib qabul qilindi.

25
Viloyatimizning barcha tuman hokimliklarida “Ye-qaror” dasturi orqali birorta qogʻoz ishlatilmasdan tuman hokimi qarorlari qabul qilinishi yoʻlga qoʻyila boshlandi.

Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzolari viloyatimizning barcha hududlarida “E-qaror” dasturi ustida ish olib bormoqdalar. 

Joriy yilnig 21-may kuni Zomin tuman hokimligi va tuman tashkilotlari masʼullari uchun oʻquv seminar tashkil etildi. Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazilishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 218-son Qarori ijrosi yuzasidan “E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Sohaga dahldor masʼul mutaxassislar tamonidan tizimda yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu yangiliklikning qulayliklari atroflicha tushintirib berildi. Qatnashchilar  tamonidan   berilgan   savollarga  atroflicha  javoblar berildi.





24
Yangiobod tumani hokimi qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlar qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish va shaffofligini taʼminlash, shu bilan birga, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida respublikamizda “E-qaror” elektron tizimi yoʻlga qoʻyilmoqa.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 218-son qarori asosida joriy etilayotgan ushbu elektron tizim orqali barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi va keng jamoatchilikka hokimliklar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.




Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimi masʼullari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Yangiobod tumani hokimligi va tashkilotlarining masʼul xodimlari ishtirokida oʻquv seminar tashkil etilib, unda “E-qaror” elektron tizimidan foydalanish, tizimga qaror loyihalarini joylashtirish va imzolash tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar tarzida tushunchalar berildi.




Shu kuni “E-qaror” elektron tizimida Yangiobod tumani hokimi I.Qarshiboyevning ilk qarori elektron raqamli imzo orqali imzolandi.

21
Forish tumanida “E-qaror” elektron tizimini ishga tushirilib, u orqali tuman hokimining qarori qabul qilindi.

Joriy yilnig 20-may kuni Forish tuman hokimligi va tuman tashkilotlari masʼullari uchun  adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan  seminar-trening tashkil etildi.



Hududda dastlab, adliya vazirligi ishchi gruhi tomonidan hokimliklarda qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishni tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tegishli soha vakillari oʻrtasida oʻquv-seminar tashkil etildi.

 Kunning birinchi yarmida sohaga aloqador barcha mutaxassislarga elektron tizimdan foydalanish, uning afzalliklari batafsil tushuntirilib, amaliy mashgʻulotlar yordamida bilimlar mustahkamlandi. Shundan soʻng, tuman xokimining qarori elektron tizim orqali imzolanib qabul qilindi.

20
Jizzax viloyatida birinchilardan boʻlib Baxmal tumanida “E-qaror” dasturi orqali tuman hokimi qarorlari qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi.

Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzolari viloyatimizning barcha hududlarida “Ye-qaror” dasturi ustida ish olib bormoqdalar.
Joriy yilnig 19-may kuni Baxmal tuman hokimligi va tuman tashkilotlari masʼullari uchun oʻquv seminar tashkil etilib, seminarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazilishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 218-son Qarori ijrosi yuzasidan “E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi hamda tuman hokimi M.Anarbayevning ilk bor “Ye-qaror” dasturida qarori qabul qilindi.

19
«Е-QAROR» ELEKTRON TIZIMI AMALDA

Adliya vazirligi tomonidan hokimliklarda qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilishni tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida ham oʻquv seminari tashkil etildi.

“E-qaror” elektron tizimini respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarimizning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirokini taʼminlash, bu orqali esa shaffoflik, adolatni qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurashish mumkinligini aloxida etirof etish mumkin. 

Kunning birinchi yarmida mazkur sohaga aloqador barcha mutaxassislar ishtirokida oʻquv seminarlari tashkil etilib, ularga elektron tizimdan foydalanish, uning afzalliklari batafsil tushuntirib oʻtildi.




Jizzax viloyat xokimining qarori ilk marotaba mazkur elektron tizim orqali imzolanib qabul qilindi. Ushbu tadbir tantanali tarzda jamoatchilik ishtirokida tashkil qilindi.




Kuzatuvchilar hamda shahar, tuman hokimlariga bu jarayon master klass vazifasini ham oʻtadi deb ayta olishimiz mumkin. Xalq manfaati, aholi farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan bu kabi yangiliklar jizzaxliklar tomonidan mana shunday koʻtarinki kayfiyatda qarshi olindi.




18
Jizzaxda saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha hududiy seminar-treninglar oʻtkazilmoqda

17-may kuni Jizzax davlat pedagogika institutida hududiy trenerlar uchun oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.


Jizzax viloyatida 95 nafar, shundan 52 nafari hududiy trenerlar, 8 nafari hududiy trenerlar zahirasi, 9 nafar hududiy shtab aʼzolari 26 nafar shahar va tumanlardan masʼullar uchun 17-21-may kunlari mashgʻulotlar oʻtkaziladi.




Bugun 17-may kuni Jizzax davlat pedagogika institutida hududiy trenerlar uchun oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.

Jizzax viloyatida 95 nafar, shundan 52 nafari hududiy trenerlar, 8 nafari hududiy trenerlar zahirasi, 9 nafar hududiy shtab aʼzolari 26 nafar shahar va tumanlardan masʼullar uchun 17-21-may kunlari mashgʻulotlar oʻtkaziladi.




Mazkur oʻqishlar joriy yilda mamlakatimiz siyosiy hayotidagi gʻoyat muhim siyosiy voqelik – Prezidentlik saylovini yuqori saviyada tashkil etish uchun saylov jarayonining asosiy tashkilotchilari boʻlgan saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishga jalb etilgan hududiy trenerlarning saylov qonunchiligi va jarayoni boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi.




Shuningdek, saylov jarayonidagi masʼul tashkilotchilarga mamlakatimizda Prezident saylovini oʻtkazish, uni saylov qonunchiligi va jahon standartlari asosida tashkil etish borasida zurur bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkonini yaratadi.