Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

25
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “YILNING ENG YAXSHI ADLIYA BOʻLIMI” tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi.

Komissiya tomonidan intiqlik bilan kutilayotgan natija eʼlon qilindi.

 
Ochiq va shaffof tarzda oʻtkazilgan tanlovda oʻz bilim va tajribalariga asoslangan holda har bir bosqich shartlaridan muvaffaqiyatli tarzda oʻtgan ishtirokchilar gʻolib deb topildi.

Tanlov natijalarga koʻra:

birinchi oʻrin – Andijon viloyatining Andijon shahar adliya boʻlimi;

ikkinchi oʻrin – Xorazm viloyatining Yangiariq tuman adliya boʻlimi;

uchinchi oʻrin – Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tuman adliya boʻlimiga nasib etdi.

  1-oʻrin sohibiga 15 000 000 soʻm;
  2-oʻrin sohibiga 10 000 000 soʻm;
  3-oʻrin sohibiga 7 500 000 soʻm taqdim etildi.

GʻOLIBLIK MUBORAK!!!

22
Hodim ishga tiklandi.

Fuqaro O.Mirzanovning 2020-yilning dekabr oyida Zafarobod tuman adliya boʻlimiga “Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimida uslubchi boʻlib 2020-yil sentyabr oyigacha ishlab kelganligi, lekin boʻlim mudiri tomonidan asossiz ravishda ishdan boʻshatilganligi” boʻyicha qilgan shikoyati oʻrganib chiqildi.

Shikoyatni oʻrganish davomida fuqaro O.Mirzanov Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirining 2020-yil 2-sentyabrdagi 93-son “Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandi asosan ishdan ozod etilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 101-moddasi talablariga koʻra, yaʼni ”mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olish jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasini mehnat shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnoma bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi"deb belgilangan.

Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimining 2018-20120-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 19-bandida “mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina Kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilishi” belgilangan.

Ushbu holatlar boʻyicha Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimiga” Qonun xujjatlari buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida” taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomaga koʻra fuqaro O.Mirzanov tuman xalq taʼlimi boʻlimining 24.12.2020-yildagi 153-son buyrugʻi bilan oldingi ish joyiga tiklandi.

Qonun buzilishlariga yoʻl qoʻygan Zafarobod tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri E.Tadjiyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va chora koʻrish uchun tuman ABKM ga yuborildi.

21
Mirzachoʻlda Uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy ongi hamda madaniyatini oshirish ishlari davom etmoqda

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4910 va PQ-4940-sonli qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini oʻzida aks ettirgan bukletlar tarqatilmoqda.
Albatta ushbu tadbirlar aholi har bir qatlamining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.

20
iloyat davlat soliq boshqarmasida 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidagi asosiy oʻzgarishlar mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni viloyat DSB boshligʻining birinchi oʻrinbosari Erkin Narmanov kirish soʻzi bilan ochib, huquqiy savodxonlik har bir davlat xizmatchisining  asosiy kasbiy sifati boʻlishi lozimligini taʼkidladi. Seminarda adliya katta maslahatchisi Shokir Xudoyqulov va viloyat adliya boshqarmasi xodimi Iroda Oblaqulova maʼruza qildilar. 

Seminar amaliy ruhda, savol-javoblar tarzida tashkil etildi. Soliq xizmati xodimlari tomonidan mehnat hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik meʼyorlarining  ijrosi kabi mavzularda qizgʻin muhokamalar oʻtkazildi.

19
Targʻibot tadbirlarida keng aholini qamrab olinmoqda.

Forish tuman adliya boʻlimi tomonidan “Lola” DMTTda ota-onalar va tashkilot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi yuzasidan maʼruza qilindi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga Prezident qarori asosida bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarni amalga oshirishda belgilangan imtiyoz, Vazirlar Maxkamasining 114- son qarori, shartnoma tushunchasi va uni tuzish tartibi, fuqarolarning boshqa xuquq va majburiyatlari boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ota onalarga bolalar taʼminoti uchun toʻlovlarni tarbiyachilarga bermaslik, tarbiyachilarga esa fuqarolardan naqd pul shaklida toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgri qabul qilmaslik, aksincha bank muassasalari orqali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

18
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi rahbariyatining joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali.

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun joylarda sayyor qabul o’tkazish jadvali tasdiqlangan bo’lib, shunga asosan boshqarma rahbariyati tomonidan joylarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan.




15
Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish pirovard maqsadimiz

Zomin tuman adliya boʻlimi boshligʻi M.Alimqulov tomonidan xalq deputatlarining Zomin tuman Kengashi 17-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa qilgan murojaatining mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi. Unda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda yoʻnalishidan kelib chiqib har bir davlat organlari va tashkilotlari oʻz oldilariga aniq reja va dastur tuzib olishlari kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, tuman xududidagi davlat organlari va tashkilotlari birinchi rahbarlarining normativ-xuquqiy xujjatlarning ijrosini tashkil etishdagi vazifa va majburiyatlari xamda axoli oʻrtasida olib borilishi lozim boʻlgan targʻibot tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

14
VATAN HIMOYASI - MARDLIK NAMUNASI

14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va Davlat hizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari erta tongdan farzandini mardlik va jasoratga undagan Ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish uchun toʻplanishdi. Bu anʼana yoshlar qalbida Ona Vatanga boʻlgan muhabbat, yurtga sadoqat kabi tuygʻularni shakllantirishga hizmat qiladi. Bayram tadbirlari barcha hududlarda turli targʻibot tadbirlari, uchrashuvlar shaklida davom etmoqda.


13
Endilikda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yanada takomillashtiriladi.

Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi hamda OʻzNNTMA Jizzax viloyati hududiy boʻlimi hamkorligida Prezident Murojaatnomasi: fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki, ularning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazorati institutining roli va ahamiyati" mavzusida seminar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyat hududiy boʻlimi, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Unda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorlikda faoliyat olib borishi, murojaatnomada keltirilgan vazifalarni birgalikda amalga oshirish mexanizmlarini yaratish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar oʻrtaga tashlandi.

12
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan reja-grafik ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.


Ushbu murojaatnomadan kelib chiqib, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat, aholini ijtimoiy himoyalash, iqtisodiyot va kommunal soha, investitsiyalarni jalb qilish va davlat boshqaruvi hamda sud tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarni jalb qilgan holda murojaatnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazdirish maqsadida adliya boʻlimi va Mirzachoʻl tuman hokimligi tomonidan reja-grafik ishlab chiqildi.

2021-yilning 8-yanvar kuni ushbu rejada koʻrsatilgan vazifalar ijrosi tuman tibbiyot birlashmasi va oilaviy poliklinikada amalga oshirilishi taʼminlandi.

Tadbirda qonunchilikdagi yangiliklarni mazmunini oʻzida aks ettirgan bukletlar tarqatilib, uchrashuv Oʻzbekiston 24 telekanalida efirga uzatish uchun tasvirga olindi.

Ulmas ABDIYEV

Mirzachoʻl tuman adliya boʻlimi boshligʻi