Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

16
Koreya mehnat qonunchiligi, huquqiy yordam va himoya

Koreya mehnat qonunchiligi, huquqiy yordam va himoya

KOREYA

15
Huquqshunoslik_fan_olimpiadasi

Ayni paytda otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining Yangiobod tuman bosqichi boʻlib  o`tmoqda.

Tanlov 8-9-10-11 sinflar o'rtasida tashkil etilib, tuman bosqichi 3 ta shart asosida tashkil etilib sinflar kesimida eng yuqori bal to'plagan ishtirokchi olimpiadaning hududiy bosqichi uchun yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Mazkur olimpiada Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan tuzilgan qo'shma qaror asosida ilk bora tashkil etilmoqda. Bu tashabbus yoshlar o'rtasida huquqshunoslik faniga bo'lgan qiziqishni oshirish, ular o'rtasida qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish kabi ezgu maqsadlarlarni o'zida jamlagani bilan ahamiyatlidir.

Mazkut olimpiada ayni paytda bir vaqtning o'zida viloyatimizdagi barcha otaliqqa olingan maktablarida o'tkazilmoqda.

14
Xodimlar o'rtasida psixologik trening

Jizzax shahar adliya boʻlimi xodimlari o'rtasida Jizzax shahar adliya boʻlimi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi bilan hamkorlikda malakali psixologlarni jalb qilgan holda psixologik mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Mazkur mashgʻulotlar malakali psixologlar tomonidan olib borilib, jamoaviy tadbirlar va psixologik treninglar, vaqtni samarali taqsimlash, toʻgʻri fikrlash va maqsad qoʻyish, unga intilish koʻnikmalarini shakllantirish, negativ fikrlardan halos boʻlib, foydali mashgʻulot bilan shugʻullanish kabi yoʻnalishlar qamrab olindi.

Ushbu tadbir xodimlarning bilim saviyasi hamda faoliyat samararorligini oshirishga koʻmaklashadi.

13
Kitob ulashing – bilim ko‘payadi!

Zafarobod tuman adliya bo‘limi binosidagi "Ziyo ulash" kutubxona burchagidan turli janrdagi kitoblar o'rin olgan. Bugunda hudud aholisiga beminnat xizmat qilib kelmoqda!

Ushbu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma’rifat ulashish imkonini yaratadi.

Ushbu loyihadan maqsad fuqarolar hamda adliya bo‘limi xodimlariga kitob mutola qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.

10
Adliya aralashgach...

Zarbdor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Toza hudud” davlat mussasasi Zarbdor tuman bo‘limida ishlayotgan fuqaro Sh.E va boshqa xodimlarning ish haqlari berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.Sh va jami 30 nafar xodimlarga 2025-yilning o'tgan oylari uchun jami 145 019 900 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hozirgi kuniga qadar to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan “Toza hudud” davlat mussasasiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritilib, jami 145 019 900 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xodimlarga to‘lab berilishi ta’minlandi.

09
“Men Vatanimning yuziman” aksiyasi doirasida targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

Adliya vazirligining tashabbusi bilan “Xorijda ham millat yuzi bo‘lib qolaylik” shiori ostida 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha aksiya e'lon qilingan.

Aksiya doirasida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan  joylarda turli uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Belgilangan mahallalarda navbati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida uyma-uy yurishlar davomida aholi bilan yuzma-yuz muloqonlar jarayonida chet elga ketish istagidagi fuqarolar bilan suhbatlashilib, xorijdagi fuqarolar uchun  muhim qoidalar hamda xorijiy davlatlar qonunchiligi va tartib-qoidalari haqida tushuntirishlar berib borilmoqda.

Shu bilan birga, “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida fuqarolarga mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

08
Fuqarolar bilan ishlash jarayonida ruhiy barqarorlikni ta'minlash sirlari

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan xodimlar o'rtasidagi psixologik trening mashg'ulotlari qiziqarli tus olmoqda.

Zarbdor, Paxtakor, Mirzacho'l va Arnasoy tumanlarida o'tkazilgan psixologik seminarlarda xodimlarning ishga, mehnat qilishga bo'lgan ishtiyoqini oshirish, maqsad qo'yish, ish vaqtini taqsimlash, o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, mativatsiya berish orqali kayfiyatini ko'tarish, fuqarolar bilan ishlash jarayonida chiroyli muomala qilish orqali ularni rozi qilish kabi ko'nikmalar yana bir bora mustahkamlandi.

Turli psixologik mashqlar bajarish orqali jamoadagi birdamlik, do'stona muhit, xodimlarning bir-biriga bo'lgan ijobiy munosabatlari sezilarli darajada o'zgaradi. Inson o'z ustida ishlashi, o'zini rivojlantirish orqali har tomonlama yutuqlarga erishishi va yon-atrofidagilarni ham mana shunday ezguliklarga undashga qodir.

07
Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi

07
HURMATLI FUQAROLAR!

DIQQAT

Agarda Siz Jizzax viloyat adliya tizimi xodimlari orasida oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovgʻa olish yoki ish jarayonida mehmondorchilik, qarz so‘rash, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘bat olish va shu ko‘rinishdagi korrupsiya alomatlarini shu bilan birga, odob- axloq qoidalarini buzganlik holatlarini, noqonuniy ishlar va xatti-harakatlarni sezsangiz boshqarmaning @jizzax_antikor_bot telegram boti orqali darhol xabar berishingiz so‘raladi.  

Sizning bu harakatingiz qonuniydir. Hurmatli fuqarolar, jamiyatda korrupsiya illatiga barham berish bilan bog‘liq fuqarolik burchingizni bajaring!

07
Davlat xizmatlarini qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq qilamiz?

Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin.

O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.

Ular birgalikda quyidagi mavzularni o‘zlashtirishdi:
Qisqa va ta’sirchan xabarlar yozish
Chiroyli vizuallar, reels va infografikalar yaratish
AI vositalaridan samarali foydalanish
OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.