Bog'lanish

Telefon
+998 72 221 50 50

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

26
Boshqarma boshlig'i kubogi viloyat bosqichi bo'lib o'tdi

Jizzax viloyat adliya tizimiga otaliqqa berilgan yoshlar o'rtasida "Boshqarma boshlig'i kubogi" musobaqalariga start berilgan edi. Avgust oyida musobaqaning tuman bosqichlari o'tkazilib, g'oliblar keyingi turga o'tishgan.

Sportning mini furbol, stol tennisi hamda shaxmat turlari bo'yicha tashkil etilgan "Boshqarma boshlig'i kubogi" baxslarining viloyat bosqichida eng kuchlilar jam bo'lishdi. Tomoshabinlar shiddatli va murosasiz o'yinlar guvohiga aylanishdi.

Otalliqqa olingan yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy, vatanparvarlik, kitobxonlikka keng jalb etish kabi tadbirlar bilan bir qatorda, ularni sportga yo'naltirish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishga mo'ljallangan musobaqalar ham muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Bugungi baxslarda ham sport yoshlarning turmush tarzidan keng joy olib borayotgani yaqqol namoyon bo'ldi.

Stol tennisi bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida g'oliblar aniqlandi. Shaxmat sport turi aralash holda olib borilib, unda ham eng kuchlilar aniqlab olindi.

Jamoaviy baxs hisoblangan mini futbol sport turida quyidagi komandalar g'oliblikni qo' lga kiritishdi.

1-o'rin Jizzax shahri jamoasi-3.000.000 so'm
2-o'rin G'allaorol tumani jamoasi-2.000.000 so'm
3-o'rin Paxtakor tumani jamoasi-1.500.000 so'm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlar o'rtasida o'zaro do'stona munosabatni tarbiyalaydi. Shu bilan birga vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

25
YOSHLAR BILAN MANZILLI ISHLASH TIZIMI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida joylarda  targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Arnasoy va Zafarobod tumanlarida adliya organlariga biriktirilgan maktablarda tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sayi-harakatlari alohida ta'kidlandi. "Huquq sinfi"ni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.

Bundan tashkari, o'quvchilarning savollaridan kelib chiqib yuridik texnikumda va yurisprudensiya yunalishida o'qish uchun qanday fanlarni puhta o'rganishi kerakligi, qabul jarayonlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Viktorina o'yinlari orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovgali taqdim etildi.

24
MANZILLI TARG'IBOT TADBIRLARI SAMARA BERMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Barcha joylarda bo'lgani kabi Jizzax shahar, Arnasoy, Yangiobod tumanlarida fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda.

Shu bilan birga,  Saylov qonunchiligi, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov jarayonlari bilan bogʻliq maʼlumotlar fuqarolarga tushuntirib borilmoqda.

Aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatilmoqda.

23
ADLIYA ARALASHGACH

Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U.Jangirov va boshqalarning Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasining TKTMP oilaviy shifokori U.Jangirov 2024-yil 29-fevraldan 2024-yil 1-aprelga qadar malaka oshirish kursida o‘qigan hamda uning xizmat safari amalga oshirganligi haqida 233-sonli xizmat safari guvohnomasi Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi hisobxonasiga taqdim etilgan bo‘lsada, biroq, ushbu xodimga 4 212 200 so‘m xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmagan.

Xuddi shunday, Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmaning tegishli buyruqlari bilan xizmat safariga yuborilgan 48 nafar xodimlarga jami 65 841 600 so‘m  xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudiga fuqarolar manfaatida da'vo arizasi kiritilib, pul mablag'lari to'lab berilishi ta'minlandi.

21
Adliya vaziri A.Toshqulov Jizzaxdagi xizmat safari davomida tadbirkorlar bilan ham uchrashdi

Paxtakor tumanidagi “Oltinko'l” hamda Sharof Rashidov tumanidagi “Yangihayot” mahallalarida tashkil etilgan uchrashuv davomida “mahalla yettiligi” bilan olib borilayotgan hamkorlik tadbirlari borasida ma'lumot berildi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi va muammolarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlarni yanada jonlantirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Paxtakor tumanidagi mashinasozlik va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga mo'ljallangan “World trading company” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Faoliyatida muammolar yuzaga kelmasligi uchun tadbirkorga huquqiy maslahatlar berildi.

Adliya vaziri Jizzax maxsus industrial zonasida tashkil etilgan yirik investitsiya loyihalaridan biri “BYD” mashina zavodida bulib, mazkur zavodda yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Tadbirkorlarning ishlab chiqarish hajmini bugungi talab darajasiga yetkazish borasidagi harakatlari davlatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganidan hursand ekanligini aytib o'tishdi.

Shu bilan birga, viloyat adliya boshqarmasining qayta rekonstruksiya qilinayotgan binosida olib borilayotgan tamirlash ishlari ko'zdan kechirildi. Xodimlarga yaratilayotgan bunday qulay sharoitlar ish sifatini oshirishi ta'kidlandi.

21
Adliya vazirining Jizzax viloyatiga xizmat safari davom etmoqda

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrgandi.

Xususan, adliya vaziri Doʻstlik tumani “Qahramon” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Hududdagi kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birga, mahalla qoshida aholiga xizmat koʻrsatish maqsadida "Mahalla servis" MChJ faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, xonadonlar uchun zarur boʻlgan yer haydash, yuk tashish, oʻtin yoʻrish, uy ta’mirlash, ekinlarni dorilash va shu kabi koʻplab xizmat turlarini koʻrsatuvchi texnika va asbob uskunalar borligi haqida ma’lumot berildi.

Navbatdagi manzil 1-sonli umamta’lim maktabi boʻldi. Mazkur maktabda tumanidagi huquq tartibot organlarining tashabbusi asosida “Huquq sinfi” tashkil etilgan. Oʻquvchilarni huquq faniga qiziqtirish maqsadidagi bu loyiha doirasidagi sinf xonasi toʻliq huquqiy ma’lumotlar aks ettirilgan jihozlar bilan toʻldirilgan.

Shu bilan birga, tumandagi turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan “SENTEZ DOʻSTLIK TEXTILE ACCESSORIES” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Mazkur korxonada 100 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Uchrashuv davomida investorlar bilan suhbatlashildi, muloqot davomida tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar, imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirildi.

Huddi shu kabi tadbirlar Zafarobod tumanidagi “Birlik” mahallasida ham tashkil etildi.

20
Adliya vaziri Jizzaxda tizim yoshlari bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida tizim yoshlari bilan uchrashdi.

Hududda 74 nafar yoshlar faoliyat yuritadi, bu umumiy xodimlar sonining 30 foizidir. Ular adliya tizimining barcha yoʻnalishlarida samarali mehnat qilishmoqda, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida.

Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan ochiq muloqotda yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Adliya vaziri tomonidan yoshlarga tavsiya va maslahatlar berildi.

Yoshlar adliya tizimda oʻz faoliyatini olib borayotganligidan, ularga qaratilgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini, bunday ishonch hamda masʼuliyatni oqlash, aholiga sifatli huquqiy xizmatlar koʻrsatish, qonun ustuvorligini taʼminlash uchun sidqidildan mehnat qilishlarini aytib oʻtdi.

Shuningdek, adliya vaziri Jizzax viloyat davlat arxivida boʻlib, hujjatlarning saqlanish sharoitlari hamda tizimdagi yangiliklar, raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

20
Baxmal tumani hokimligida ekspress-trening tashkil etildi

Hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida navbatdagi ekspress-trening Baxmal tumanida o‘tkazildi.

Trening ishtirokchilariga davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yangiliklar, sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmi, vazifalar, reja va amaldagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarning shakllanishi, baholash tartibi tushuntirildi, sektorlar faoliyatining 2024 yilning birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatchilariga faoliyatda tizimli natijadorlikka erishish, vaqtdan samarali foydalanish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanishiga barcha mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

19
“Oila maktabi” faoliyati davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 15- son majlis bayonida belgilangan “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” faoliyatini olib borish va unda maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish yuzasidan tuman adliya bo'limi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman bosh imom xotibi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari bilan hamkorlikda “Oila maktabi” maxsus oʻquv kursida navbatdagi  yosh nikohlanuvchilar oʻqitildi.

Yosh nikohlanuvchilar oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish yuzasidan biriktirilgan oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilib,oʻquv jarayonida yosh kelin-kuyovlarga maxsus sertifikatlar berildi.

18
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida adliy bo‘limiga yoshlarning tashrifi tashkil qilindi.

Tashrif buyurgan maktab bitiruvchi yoshlariga Davlat xizmatlari markazi, Adliya bo’limi, YXKM va FHDYo xodimlari tomonidan har bir soha yuzasidan tushunchalar berildi. O’quvchi yoshlar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari batafsil javob berishdi. O‘quvchi yoshlar adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot beruvchi huquqiy bekatlar va koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida maktab o‘quvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik ta'limni davom ettirish hamda kelajakda adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida mutaxassislar tomonidan taqdimotlar ham qilindi.

Sharof Rashidov tuman adliya bo‘limi